Ўзбекистон республикаси олий ва




Download 1.46 Mb.
bet24/39
Sana29.07.2022
Hajmi1.46 Mb.
#25014
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
Elektr stansi
008 Деж шофер ОДП Ўзбек 2020.1 июль, Dadaizm - Vikipediya, MAVZU, 65, 1.ocr, 01-1-19-сонли хат, geomet 215, sertifikat med institut, 3 tomonlama shartnoma 2023, Robomaktab uz, Majmua nutq o\'stirish 2023-sirtqilar uchun, Ideal-rezyume-formulasi, Savod o\'rgatish darslarida dam olish daqiqalari tashkil etish. R-hozir.org (Автосохраненный), KIRISH
10-MA’RUZA: HIMOYA APPARATLARI
Rеja:
1.Past kuchlanishli himoya apparatlar.
2. Eruvchan saklagichlar.
a) Umumiy ma’lumotlar
o‘chirgich bu kommutasion apparat bo‘lib, tokni ulash va uzish uchun xizmat qiladi.
o‘chirgich elektroqurilmalarda asosiy kommutasion apparat hisoblanib, u istalgan rejimlarda: uzoq muddatli yuklamada, o‘tayuklanishda, qisqa tutashuvda, salt ishlashda, asinxron ishlashda zanjirlarni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. Qisqa tutashuv toklarini uzish va mavjud q.t. ga ulash eng og‘ir ma’suliyatli operatsiya hisoblanadi.
Yuqori kuchlanishli o‘chirgichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
istalgan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish (o‘nlarcha amperdan nominal uziladigan tokkacha);
tez ta’sir etish, ya’ni uzish vaqtining eng kichik bo‘lishi;
avtomatik qayta ulash uchun yaroqliligi, ya’ni o‘chirgichllar uzilgan zahoti qayta tez ulash;
110 kV va undan yuqori o‘chirgichlar uchun faza (qutb) bo‘yicha boshqarish imkoniyati;
kontaktlarini qarash va reviziya qilish qulayligi;
yong‘in va portlashga xavfsizligi;
transportirovka qilish va uni ishlatish qulayligi.
Yuqori kuchlanishli o‘chirgichlar uzoq vaqt nominal tok Inom ga va nominal kuchlanish Unom ga chidashi kerak.
o‘chirgichlar quyidagi parametrlar bilan xarakterlanadi:
1. Nominal uzish toki Iuz.nom - operatsiyalarning berilgan vakti va berilgan shartlarda tiklanayotgan kuchlanishning eng katta ish kuchlanishiga teng bo‘lgan kuchlanishida, o‘chirgichning uzish qobiliyatiga ega bo‘lgan paytidagi q.t. ning eng katta toki (ta’sir etuvchi qiymati). Uziluvchi nominal tok kontaktlarining ajrash vaktidagi davriy tashkil etuvchining ta’sir etayotgan qiymati bilan aniqlanadi (q.t. toki davriy va aperiodik tashkil etuvchilardan iborat).
2. Uzish tokidagi aperiodik tokning tashkil etuvchisining ruxsat etilgan nisbiy miqdori βnom 49-rasmdagi egri chiziqdan aniqlanadi:

βnom ning normalangan miqdori kontaktlarning ajrash momenti uchun quyidagicha aniqlanadi:

3. Ekspluatatsiyada o‘chirgich mavjud q.t. ga bir necha marta ulanib keyin uzishi mumkin, shu sababli o‘chirgichlar uchun aniq operatsiyalar sikli beriladi. Agar o‘chirgichlar avtomatik qayta ulash (APV) uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda quyidagi sikllar ta’minlanishi kerak:


APV siz o‘chirgichlar quyidagi siklga bardosh berishi lozim:

bunda O-uzish operatsiyasi; VO-ulash va tezda uzish operatsiyasi; 180-sekundlardagi vaqt oralig‘i; tb - APV li o‘chirgichlar uchun kafolatlangan minimal toksiz pauza vaqti (yoy so‘nishidan to keyingi ulashdagi tok kelguncha bo‘lgan vaqt). APV li o‘chirgichlar uchun.
0,4-1,2 s; BAPV li o‘chirgichlar uchun 0,25-0,4 s oralig‘ida bo‘lishi kerak.
Q.t. ning parron o‘tuvchi toklaridagi turg‘unlik - termik turg‘unlik toki It va parron o‘tuvchi tok chegarasi Ipr.s - ta’sir etuvchi qiymati, Ipr.s - amplituda qiymati bilan xarakterlanadi, bu toklarga o‘chirgich ulangan holatda, keyingi ishlashiga xalaqit qiluvchi buzilishlarsiz, bardosh beradi.
5. Nominal ulash toki - q.t. toki bo‘lib, unda tegishli yuritmaga ega bo‘lgan o‘chirgich kontaktlarni payvandlanmay va Unom da boshqa buzilishlarsiz hamda berilgan siklda ulash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kataloglarda shu tokning ta’sir etuvchi qiymati va amplituda qiymati Iul.nom berilgan bo‘ladi.
o‘chirgichlarni loyihalashda quyidagi shartlarga amal qilinadi:

6. Uzishning o‘z vaqti ts.v - uzishga berilgan komanda vaqtidan boshlab to yoy so‘ndiruvchi kontaktlarning ajrashigacha bo‘lgan vaqt.
Uzish vaqti to.v - uzishga berilgan komanda vaqtidan boshlab to hamma qutblarda yoy so‘nguncha bo‘lgan vaqt.

Download 1.46 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Download 1.46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва

Download 1.46 Mb.