Ўзбекистон республикаси олий ва




Download 1.46 Mb.
bet25/39
Sana29.07.2022
Hajmi1.46 Mb.
#25014
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
Elektr stansi
008 Деж шофер ОДП Ўзбек 2020.1 июль, Dadaizm - Vikipediya, MAVZU, 65, 1.ocr, 01-1-19-сонли хат, geomet 215, sertifikat med institut, 3 tomonlama shartnoma 2023, Robomaktab uz, Majmua nutq o\'stirish 2023-sirtqilar uchun, Ideal-rezyume-formulasi, Savod o\'rgatish darslarida dam olish daqiqalari tashkil etish. R-hozir.org (Автосохраненный), KIRISH
Ulash vaqti tv.v - ulashga berilgan komanda vaqtidan boshlab to zanjirda tok paydo bo‘lguncha ketgan vakt.
7. Nominal uzish tokidagi tiklanuvchi kuchlanish parametrlari tiklanuvchi kuchlanish tezligi, normalangan egri chiziq, amplitudadan oshib ketuvchi hamda tiklanuvchi kuchlanish koeffisienti.
Nominal kuchlanishi 110 kV va undan yuqori bo‘lgan o‘chirgichlar nominal uzish tokidan katta bo‘lmagan q.t. tokida uzoq bo‘lmagan (o‘chirgich o‘rnatilgan joydan 0,5-5 km bo‘lgan) q.t. ni uzishi kerak.
Yoy so‘ndiruvchi qurilmali kontakt tizim, tok o‘tkazuvchi qismlar, korpus izolyatsion konstruksiya va yuritma mexanizmi o‘chirgich hisoblanadi.
Konstruktiv xususiyati va yoy so‘ndirish usuliga qarab quyidagi o‘chirgichlar bo‘ladi: moyli bakli (katta hajmdagi moyli), kam moyli (kichik hajmdagi moyli), havo, elegaz, elektromagnit, avtogaz, vakuumli o‘chirgichlar, normal rejimdagi toklarni uzish uchun mo‘ljallangan yuklama o‘chirgichlari maxsus guruhga kiritiladi.
o‘chirgichlar o‘rnatilishiga qarab yopiq joyga, ochiqqa o‘rnatiladigan hamda komplekt taqsimlash qurilmalariga o‘rnatiladigan bo‘ladi. Uzishdagi (ts.v) tez ishlash darajasiga qarab: o‘ta tez ta’sir etuvchi ts.v = 0,06-0,08 s; ta’siri tezlashgan ts.v = 0,08-0,12 s; tez ta’sir etmaydigan ts.v = 0,12-0,25 s o‘chirgichlarga bo‘linadi.
Moyli bakli o‘chirgichlardagi moy yoyni so‘ndirish va tok o‘tkazuvchi qismlarni izolyatsiyalash uchun xizmat qiladi.
10 kV gacha bo‘lgan kuchlanishlarda (35 kV gacha bo‘lgan ayrim o‘chirgichlarning turlarida) o‘chirgich bitta bakka ega bo‘lib, unda uchala fazaning hamma kontaktlari bo‘ladi, kuch-lanish katta bo‘lganda har qaysi faza uchun o‘zining baki bo‘ladi.
50-rasmda yoyni so‘ndirish uchun maxsus qurilmaga ega bo‘lmagan bakli o‘chirgich sxemasi ko‘rsatilgan. o‘chirgichning po‘lat baki 1 boltlar yordamida quyma cho‘yan qopqoq 3 ga mahkamlab osib qo‘yilgan. Qopqoq orqali oltita chinni izolyator 4 o‘tgan bo‘lib, ularning tok o‘tkazuvchi sterjenlarining uchiga qo‘zg‘almas kontaktlar 7 mahkamlangan. Qo‘zg‘aluvchan kontaktlar 8 kontakt ko‘prik yoki traversada turadi. Ularga harakat o‘chirgich qopqog‘i ostiga joylashgan yuritma mexanizmidan izolyatsiyalangan tortqi yordamida beriladi. Ulanganda traversa ko‘tarilgan bo‘ladi va kontakt ko‘prik qo‘zg‘almas kontaktlar orasidagi zanjirni tutashtiradi. Bunda uzuvchi prujina 5 siqilgan bo‘ladi. o‘chirgich ulangan holatda yuritmaning ilmoki yordamida ushlab turilib, u val 6 bilan bog‘langan bo‘ladi
Avtomatik ravishda yeki qulda uzganda ilmok bo‘shaydi va prujina ta’sirida traversa pastga tez tushadi (harakat tezligi 1,5-2,7 m/s ga yetadi). Bunda o‘chirgichning har bir qutbidagi ikkala nuqtada zanjir uziladi. Hosil bo‘lgan yoylar moy 2 ni parchalab, uni bug‘lantiradi, 70% gacha vodorodi bo‘lgan gaz-bug‘li pufak hosil bo‘ladi. Pufak ichidagi bosim 0,5-1 MPa ga yetadi, bu gazlarning ionsizlash qobiliyatini oshiradi. Yoy 0,08-0,1 s vaqt o‘tgach so‘nadi. Bakning devorlarida muhofazalovchi izolyatsion qoplamlar 9 bor.
50-rasmda ko‘rsatilganidek, o‘chirgichning bakiga moy to‘la quyilmay, balki qopqoq tagida havo yostig‘i qoldiriladi. Bu yoyni so‘ndirish jarayonida hosil bo‘ladigan, yuqori bosimdan kelib chiqadigan o‘chirgich qopqog‘iga beriladigan kuchli zarbiy kamaytirish uchun kerak.
Agar moy sathi keragidan ancha past bo‘lsa, u holda gazlar qopqoq tagiga kuchli qizigan holda keladi; bu vodorod bilan havo aralashmasining portlashiga olib keladi.
Ko‘rib chiqilgan o‘chirgichda yoyni so‘ndirish uchun maxsus qurilma bo‘lmaganligi uchun, uning uzish qobiliyati yuqori emas. Bu konstruksiyadagi o‘chirgichlar 6-10 kV li (VMB-10, VME-6, VME-10, VS-10) qurilmalarda qo‘llaniladi, biroq hozirgi paytda ular kam moyli o‘chirgichlar tomonidan siqib chiqarilmoqda. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli tashqi qurilmalar uchun bakli moyli o‘chirgichlar konstruksiyasining soddaligi sababli hozirgi paytda ham yetarli darajada keng qo‘llanilmoqda. Ko‘rib chiqilgan oddiy o‘chirgichlarga nisbatan ular maxsus qurilmalar o‘chirish kameralariga ega.
Ishlash prinsipi bo‘yicha yoy so‘ndiruvchi qurilmalarni uch guruhga bo‘lish mumkin:
avtopuflagichli, bularda yoy zonasida gazning katta tezlikda harakatlanishi va yuqori bosim hosil bo‘lishiga yoyda ajraladigan energiya sabab bo‘ladi;
moyni majburiy puflash yo‘li bilan— bularda ajrash joyiga moy maxsus gidravlik mexanizmlar yordamida yuboriladi;
magnit yordamida moyda so‘ndirish, bularda yoy magnit maydon ta’sirida tor kanal va tirqishlarga yo‘naltiriladi.
Avtopuflagichli yoy so‘ndiruvchi kurilmalar eng samarali va oddiy hisoblanadi. Shuni aytib o‘tish kerakki, avtopuflash qurilmasi yoydagi tok qancha katta bo‘lsa, shuncha samaraliroq ishlaydi. Kichik toklarni uzishda gazlarning bosimi uncha katta bo‘lmasligi mumkin, shu sababli puflash yetarli bo‘lmay, yoyni so‘ndirish cho‘ziladi. Shunga ko‘ra avtopuflashli ba’zi so‘ndiruvchi qurilmalar kichik toklarning so‘nishini ta’minlaydigan qo‘shimcha moyni majburiy puflash bilan to‘ldirilgan.
Qattiq kameralar ko‘rinishidagi yoy sundiruvchi qurilmalar, odatda, yuqori kuchlanish kirishining tok o‘tkazuvchi sterjenining pastki uchiga mahkamlanadi. Ayrim o‘chirgichlarda yoy so‘ndiruvchi kamera shtanganing pastki qismiga mahkamlanadi. Kamerada o‘chirgichning nominal kuchlanishiga qarab bir yoki bir nechta uzilishlar bo‘lishi mumkin. Kuchlanish qancha yuqori bo‘lsa, uzilish shuncha ko‘p talab etiladi. Asosiy uzilishlar orasidagi kuchlanishni bir xil taqsimlash uchun ularga parallel shuntlovchi qarshiliklar ulanadi. Asosiy uzilishlarda yoy so‘ngandan so‘ng, shuntlovchi qarshiliklardan o‘tayottan tok, odatda, kameradan tashqarida yordamchi uzilishda so‘ndiriladi.
Yoy so‘ndiruvchi qurilmalarda izolyatsiyalovchi plastinkalar va chiqish teshiklari yordamida ish kanallari hosil qilinib, ular orqali moy va gazlar harakatlanadi (puflash). Kanallarning joylashuviga qarab kameralar ko‘ndalang, bo‘ylama va qarama-qarshi ko‘ndalang puflovchi kameralarga bo‘linadi.
Bakli o‘chirgichlarda qizdiruvchi qurilma xam ko‘zda tutilgan bo‘lib, u havo haroratlari past bo‘lganda (-15°S va undan past) ulanadi. Moyning qovushoqligi ortganda o‘chirgichning qo‘zg‘aluvchan qismlarining surilish tezligini kamaytirmaslik maqsadida shunday qilinadi.
Bakli o‘chirgichlarning asosiy kamchiligi, moy hajmining katta bo‘lishidir. Bakli o‘chirgichlarning ulash vaqtini kamaytirish uchun pnevmatik va pnevmogidravlik yuritmalar qo‘llaniladi.

Download 1.46 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Download 1.46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва

Download 1.46 Mb.