• ) Nimstansiyadagi transformatorlarning soni va quvvatini tanlash
  • d) KES, GES va AES dagi boglovchi transformatorlarining soni va quvvatini tanlash




    Download 1.46 Mb.
    bet33/39
    Sana29.07.2022
    Hajmi1.46 Mb.
    #25014
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
    Bog'liq
    Elektr stansi
    008 Деж шофер ОДП Ўзбек 2020.1 июль, Dadaizm - Vikipediya, MAVZU, 65, 1.ocr, 01-1-19-сонли хат, geomet 215, sertifikat med institut, 3 tomonlama shartnoma 2023, Robomaktab uz, Majmua nutq o\'stirish 2023-sirtqilar uchun, Ideal-rezyume-formulasi, Savod o\'rgatish darslarida dam olish daqiqalari tashkil etish. R-hozir.org (Автосохраненный), KIRISH
    d) KES, GES va AES dagi boglovchi transformatorlarining soni va quvvatini tanlash
    Quvvatli KES, GES va AES larda energosistemaga elektr energiyani berish ikkita, ayrim holda esa uchta kuchaytirilgan kuchlanishlarda amalga oshiriladi (84-rasm, b, v).
    Turli kuchlanishdagi taqsimlash qurilmalari orasidagi bog‘lanish, odatda, avtotransformatorlar yordamida amalga oshirilib, ularning qo‘llanilishi yuqorida ko‘rib chiqilgan qator afzalliklarga asoslangan.
    Avtotransformatrlarning quvvati yuqori va o‘rta kuchlanish - dagi taqsimlash qurilmalari orasida o‘tadigan quvvatning maksimal kattaligi asosida tanlanib, u og‘irroq, rejim asosida aniqlanadi. O‘rta kuchlanishli TQ dan energosistema bilan bog‘langan yuqori kuchlanishli TQga quvvat berish hisoblanadigan xususiy rejim bo‘lishi mumkin. Bunda O‘K shinalaridagi minimal yuklamani hisobga olish lozim. O‘K shinalaridagi yuklama maksimal bo‘lganda hamda shu shinalarga ulangan bloklardan biri uzilganda, quvvatni yuqori kuchlanishli TQ dan o‘rta kuchlanishli TQ ga uzatish eng og‘ir rejim bo‘lishi mumkin.
    Bog‘lovchi transformatorining soni energosistemaning tutashgan rayoni sxemasidan aniqlanadi. Energosistemada yuqori va o‘rta kuchlanishli liniyalar o‘rtasida qo‘shimcha aloqalar mavjudligida, stansiyada bitta avtotransformator o‘rnatilishi mumkin. Agar energosistemada bunday bog‘lanish bo‘lmasa, u holda ishonchlilikni oshirish uchun ikkita avtotransformator o‘rnatiladi.
    Avtotransformatorlarni generator bilan bir blokda o‘rnatish ham mumkin (84- rasm, v). Bu holda avtotransformatorlarning quvvati qulaylik koeffisientini hisobga olib tynlanadi. Ma’lumki, past kuchlanishli chulg‘am avtotransformatorning tipoviy quvvatiga qarab hisoblanadi:

    bunda SNOM— avtotransformatorning katalog bo‘yicha nominal quvvati; kfoy- foydali koeffisienti.
    Past kuchlanishli chulg‘amning quvvati generatorning to‘liq quvvatiga qarab hisoblanganligiuchun, u quyidagicha anihlanadi:

    bundan



    (21)

    kfoy - koeffisienti avtotransformatorning transformatsiya koef-fisienti nVS (15) ga bog‘liq bo‘lib, u 0,33 - 0,667 oralig‘ida bo‘ladi.
    Generator bilan bir blokda ishlayotgan avtotransformatorning quvvati tegishlicha quyidagini tashkil etadi:

    Generator bilan bir blokda ishlayotgan avtotransformatorning quvvati oshirilsa, 84- rasm, v da ko‘rsatilgan bog‘lanish shemasidan foydalanish effekti kamayadi. Bu sxemada avtotransformator kombinatsiyalangan rejimda ishlaydi, ya’ni elektr energiyani past kuchlanishli tomondan yo yuqori kuchlanishli yoki o‘rta kuchlanishli tomonga uzatadi hamda o‘rta va yuqori kuchlanishli TQ orasidagi quvvatning biridan ikkinchisiga o‘tishini ta’minlaydi. Kombinatsiyalashgan rejimlar chulg‘amlarning yuklamalanishini qattiq kontrol qilishni talab etadi.
    Avtotransformatorlarning ulanishdagi u yoki bu usulini uzil-kesil, tanlash texnik-iqtisodiy jihatdan hisoblanib asoslangan bo‘lishi lozim.
    ye) Nimstansiyadagi transformatorlarning soni va quvvatini tanlash
    Nimstansiyalarda ko‘pincha ikkita transformator yoki avtotransformator o‘rnatiladi. Bo‘ holda transformatorlarnini quvvati to‘g‘ri tanlansa, transformatorlardan biri avariya paytida uzilganda ham iste’molchilarni elektr bilan ishonchli ta’minlash mumkin.
    Qo‘sh transformatorli nimstansiyalarda yuklama hisoblangan kattalikka yetmay ekspluatatsiya qilinayotgan dastlabki yillarida bitta transformagor o‘rnatish mumkin. Bu davrda iste’molchilarni o‘rta yoki past kuchlanishli tarmoqlar bo‘yicha elektr bilan ta’minlashni rezervlashga erishish lozim; Qeyinchalik yuklama hisoblangan kattalikka yetganda, ikkinchi transformator o‘rnatiladi. Agar transformatorlardan faqat bittasi o‘rnatilganda O‘K va PK tarmoqlari bo‘yicha rezervlashni ta’minlash mumkin bo‘lmasa yoki nimstansiyaning hisoblangan to‘liq yuklamasig‘a ekspluatatsiyaga tushirilganiga uch yil to‘lmasdan erishish ehtimoli bo‘lsa, bu holda nimstansiya oxirgi sxema asosida, ya’ni ikkita transformator bilan quriladi.
    Uchinchi kategoriyadagi muhim bo‘lmagan iste’molchilarni ta’minlash uchun, agar ishdan chiqqan transformatorni yangisiga almashtirish yoki o‘zini remont qilish uchun bir sutkadan ortiq vaqt sarflanmasa, yakka transformatorli nimstansiyalar qurilishi mumkin.
    Ikkinchi kategoriyadagi iste’molchilarni ta’minlash uchun markazlashgan ko‘chma rezerv transformator mavjud bo‘lsa yoki qo‘lda yoxud avtomatik ulanadigan, O‘K yoki PK tarmog‘idan ta’minlanadigan boshqa rezerv manba mavjud bo‘lsa, yakka transformatorli nimstansiyalar qurishga ruxsat etiladi.
    Markazlashgan rezerv transformatori sanoat korxonalarink elektr bilan ta’minlash sxemalarida keng qo‘llaniladi. Bu holda sexlarda yakka transformatorli nimstansiyalar quriladi va bitta rezerv transformator ko‘zda tutiladi, u kerak bo‘lganda sexlarning biridagi istalgan nimstansiyaga o‘rnatiladi. Bular tarmoq rayoni uchun ham ko‘zda tutilishi mumkin bo‘lib, unga yilning xohlagan vaqtida istagan nimstansiyaga rezerv transformatorni olib o‘tish imkoniyatini beradigan yer osti yo‘llari bilan ulangan bir necha yarim stansiyalar kiradi.
    Umumiy yuklamada, hatto quvvati katta bo‘lmagan birinchi kategoriyadagi iste’molchilar bo‘lsa, yakka transformatorli nimstansiyadan foydalanish mumkin, agar PK tomonida avtomatik ulanadigan rezerv ta’minlash manbai (ko‘chma va stasionar elektr stansiyalar, akkumulyator batareya va boshqalar) mavjud bo‘lsa.
    Transformatorlarning quvvati, birinchi transformatorning ishga tushishidan boshlab, nimstansiyani ekspluatatsiya qilishning beshinchi yiliga hisoblangan yuklamasi bo‘yicha tanlanadi. Yakka transformatorli nimstansiyadagi transformatorning quvvati quyidagi shart asosida tanlanadi.



    (22)

    bunda Rmax - nimstansiyaning hisoblangan 5 yillik davriga mo‘ljallangan umumiy aktiv yuklamasi, sos  - yuklamaning quvvat koeffisienti.
    Transformatorning nominal quvvatini tanlashda, yuklama grafigi bilan sovituvchi muhitning temperaturasiga qarab, uning sistematik o‘ta yuklamalanishi mumkinligini hisobga olish lozim. Agar transformator faqat (22) sharti bo‘yicha tanlangan bo‘lsa, u holda qisqa muddatli (0,5-1 soat) pik yuklama grafigida transformator uzoq vaqt davomida to‘liq yuklamalanmaydi. Bunday rejimda ishlash tejamli bo‘lmaydi, nimstansiyaning belgilangan quvvati esa keragidan ortiq bo‘ladi.
    Transformatorlarning soni n > 1 bo‘lganda har birining quvvati quyidagi shartdan olinadi:



    (23)

    bu yerda Rmax - yuqoridagining o‘zi; k1-2 - birinchi va ikkinchi kategoriyadagi iste’molchilarning yuklamada qatnashish koeffisienti; kab - transformatorning ruxsat etiladigan avariya o‘ta yuklanish koeffisienti.
    Bu formulaga soz  bilan koeffisient k1-2 ning o‘rtacha qiymatini qo‘yib, shuningdek, transformatorlarning avariya va sistematik ruxsat etilgan o‘ta yuklamalanishini hisobga olib, ikki transformatorli nimstansiyalar uchun quyidagini olamiz:



    (24)

    (24) shart asosida olingan transformatorlar normal rejimda transformatorlarning optimal yuklamalanishi (0,6-0,7) Snom da xamma iste’molchilarni energiya bilan ta’minlaydi, avariya rejimida ishlayotgan yakka transformator esa iste’molchilarni, ruxsat etiladigan avariya va sistematik o‘ta yuklamalanishini hisobga olib, energiya bilan ta’minlaydi.
    PK chulg‘amiga sinxron kompensatorlar ulangan avtotransfor-matorlarning quvvatini tanlashda, avtotransformator umumiy chulg‘amining yuklamasini (16) bo‘yicha tekshirish lozim.

    500 kV gacha va unga teng YuK chulg‘amli transformator va avto-transformatorlar mumkin qadar uch fazali qilib olinadi.
    Tegishli quvvatdagi uch fazali transformatorlar bo‘lmagandagina bir fazali transformatorlar gruppasi o‘rnatiladi. Bitta gruppa bir fazali transformatorlarni o‘rnatishda bitta rezerv faza ko‘zda tutiladi. Qator hollarda juft uch fazali transformator (avtotransformator) larni qo‘llash iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lishi mumkin.

    Download 1.46 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




    Download 1.46 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    d) KES, GES va AES dagi boglovchi transformatorlarining soni va quvvatini tanlash

    Download 1.46 Mb.