v) Elektrostansiya va stansiyalardagi elektr energiyani uzatish (berish) sxemasi




Download 1.46 Mb.
bet31/39
Sana29.07.2022
Hajmi1.46 Mb.
#25014
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
Elektr stansi
008 Деж шофер ОДП Ўзбек 2020.1 июль, Dadaizm - Vikipediya, MAVZU, 65, 1.ocr, 01-1-19-сонли хат, geomet 215, sertifikat med institut, 3 tomonlama shartnoma 2023, Robomaktab uz, Majmua nutq o\'stirish 2023-sirtqilar uchun, Ideal-rezyume-formulasi, Savod o\'rgatish darslarida dam olish daqiqalari tashkil etish. R-hozir.org (Автосохраненный), KIRISH
v) Elektrostansiya va stansiyalardagi elektr energiyani uzatish (berish) sxemasi
Elektr energiyani uzatish sxemasi asbob-uskunalar tarkibidan (generator, transformatorlar soni) va turli kuchlanishdagi taqsimlash qurilmalari (TQ) o‘rtasida yuklamaning taqsimlanishiga bog‘liq.
IEM da elektr energiyani uzatishning struktura sxemasi 83-rasmda ko‘rsatilgan. Odatda bunday stansiyalar 6-10 kV li generator kuchlanishidagi iste’molchilarga ega bo‘lib, bosh taqsimlash qurilmasi (BTQ) qurishni taqozo etadi. Energosistema bilan bog‘lanish 110, 220 kV li yuqori kuchlanish liniyalari orqali amalga oshiriladi, shuning uchun IEM da BTQ dan tashqari yuqori kuchlanishli taqsimlash qurilmasi (TQ YuK) quriladi.
Agar IEM yaqinida energiya ko‘p sarf qiladigan korxona mavjud bo‘lsa, u holda ularni 35 va undan yuqori kV li liniyalar orqali ta’minlash mumkin. Bu holda EMT da o‘rta kuchlanishli taqsimlash qurilmasi (TQ o‘K) nazarda tutiladi (83-rasm, b).
IEMga 100, 250 MVt li kuchli generatrrlar o‘rnatilganda, ularni BTQga ulash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Bu q. t. toklarining ancha ortishiga, binobarin, BTQning hamma apparaturasining og‘irligi bilan tannarxining oshishiga olib kelgan bo‘lardi. Bundan tashqari, ma’lumki, kuchli generatorlar 13,8-20 kV li nominal kuchlanishga ega bo‘lib, iste’molchilar esa BTQdan, odatda, 6-10 kV li kuchlanish bilan ta’minlanadi. Bularning hammasi IEMning kuchli generatorlarini yuqori kuchlanishli TQ ga generator - transformator bloki sxemasi bo‘yicha bevosita ulashni - maqsadga muvofiq qiladi (83-rasm, v).
Turli kuchlanishdagi taqsimlash qurilmalari bir-biri bilan ikki chulg‘amli yoki uch chulg‘amli transformatorlar (avtotransformatorlar) orqali bog‘lanadi.
8-rasmda elektrostansiya (KES, GES, AES) larning elektr energiyani asosan oshirilgan kuchlanishda berishiiing sxemasi berilgan.
Bunday elektrostansiyalarning yaqinida iste’molchilarning bo‘lmasligi, generator kuchlanishidagi taqsimlash qurilmalari qurmaslikka imkon beradi. Har bir generator, ko‘pincha, generator kuchlanishidagi uchirgich o‘rnatmay, bevosita oshiruvchi transformator bilan biriktiriladi. Bunday ulash blokli ulash deb yurytiladi. Generator - transformatr bloklarining parallel ishlashi yuqori kuchlanishda amalga oshirilib, bunda taqsimlash qurilmasi ko‘zda tutiladi (84-rasm, a). Agar elektr energiya yuqori va o‘rta kuchlanishda uzatilsa, u holda ular orasidagi bog‘lanish aloqa transformatori (avtotransformatori) (84-rasm, b) yoki generator blokiga ulangan avtotransformator (84-rasm, b) orqali bo‘ladi.
Ikki chulg‘amli transformatorlari bo‘lgan nimstansiyada elektr energyyani qabul qilish va uni iste’molchilarga uzatish sxemasi 82-rasm, a da ko‘rsatilgan. Elektr energiya energosistemadan nimstansiyaning yuqori kuchlanishli TQ ga kelib, transformatsiyalanadi va iste’molchilar orasida past kuchlanishli TQ da taqsimlanadi.
Uzelli nimstansiyalar iste’molchilyrni ta’minlabgina qolmay, balki energosistemaning ayrim qismlarini bir-biriga ulaydi. Bunday hollarda nimstansiyada TQ PK dan tashqari, yuqori va o‘rta kuchlanishdagi TQ quriladi va uch chulg‘amli transformatorlar yoki avtotransformatorlar o‘rnatiladi.
Stansiya va nimstansiyalarning u yoki bu sxemalari ikki-uch variantning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini qiyoslash asosida tanlanadi.



Download 1.46 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Download 1.46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



v) Elektrostansiya va stansiyalardagi elektr energiyani uzatish (berish) sxemasi

Download 1.46 Mb.