g) IEM da boglovchi transformatorlarning soni va kuvvatini tanlash




Download 1.46 Mb.
bet32/39
Sana29.07.2022
Hajmi1.46 Mb.
#25014
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
Bog'liq
Elektr stansi
008 Деж шофер ОДП Ўзбек 2020.1 июль, Dadaizm - Vikipediya, MAVZU, 65, 1.ocr, 01-1-19-сонли хат, geomet 215, sertifikat med institut, 3 tomonlama shartnoma 2023, Robomaktab uz, Majmua nutq o\'stirish 2023-sirtqilar uchun, Ideal-rezyume-formulasi, Savod o\'rgatish darslarida dam olish daqiqalari tashkil etish. R-hozir.org (Автосохраненный), KIRISH
g) IEM da boglovchi transformatorlarning soni va kuvvatini tanlash
Generatorli kuchlanish shinalariga ega bo‘lgan elektrostansiyalarda shu shinalarni yuqori kuchlanishli shinalar bilan bog‘lash uchun transformatorlar o‘rnatish ko‘zda tutiladi. Bunday bog‘lanish hamma generatorlar ishlaganda normal rejimdagi energosistemaga ortiqcha quvvatni berish uchun hamda generatorlardan birini planli yoki avariyali uzishda 6-10 kV li kuchlanishda iste’molchilarning ta’minotini rezervlash uchun zarur bo‘ladi.
Boglovchi transformatorlarning soni odatda ikitadan oshmaydi va quyidagi mulohazalar asosida tanlanadi:
BTQning yig‘ma shinalarining seksiyasi uch va undan ortiq bo‘lganda, ikkita bog‘lovchi transformator o‘rnatiladi. Bu simmetrik sxema tuzishga hamda generatorlardan biri uzilganda, seksiyalar orasidan quvvat o‘tishini kamaytirishga imkon beradi. Energotizimga IEM dan energosistemaning aylanuvchi rezerv quvvati (energotizimning umumiy belgilangan quvvatining 10-12%) bilan taqqoslasa bo‘ladigan miqdordagi katta quvvat berilganda, ikkita transformator o‘rnatish lozim. Bu holatda ortiqcha quvvatni energosistemaga ishonchli uzatiladi.
BTQ bir-ikki seksiyadan tashkil topganda, energosistemaga berilayotgan quvvat esa katta bo‘lmagan boshqa hollarda, bitta bog‘lovchi transformator o‘rnatish yetarli.
Boglovchi transformatorlar energosistemaga generatorlarning hamma aktiv va reaktiv quvvatidan, minimum yuklama davrida, hatto dam olish kunlarini qo‘shib, generator kuchlanishidagi taqsimlagich qurilma va o‘z ehtiyoji yuklamalarini olib tashlagandagi quvvatni uzatishni ta’minlashi lozim.
85-rasmda IEM ning elektr energiyasini uzatish sxemasi keltirilgan bo‘lib, unda generator va yuqori kuchlanishdagi yig‘ma shinalar shartli ko‘rsatilgan.
Transformatorlar orqali uzatiladigan quvvat generatorlarning, yuklamalarning va o‘z ehtiyojidagi iste’molchilarning cos  qiymatlari turlicha bo‘lishini hisobga olinib aniqlanadi:



(20)

bunda - yig‘ma shinalarga ulangan generatorlarning umumiy aktiv va reaktiv quvvati; Ryu, Qyu - generator kuchlanishdagi aktiv va reaktiv yuklama; Ru.e, Qu.e - o‘z ehtiyojining aktiv va reaktiv yuklamasi.
Bog‘lovchi transformatorlar orqali uzatiladigan quvvat ge-neratorlarning ishlash rejimi bilan iste’molchilarning yuklamasi grafigi asosida o‘zgaradi. Shu quvvatning kattaligini generatorlarning ishlab chiqaradigan quvvatining sutkali grafigi va iste’molchilar bilan IEMning o‘z ehtiyoji uchun yuklama grafiklari asosida aniqlash mumkin. Bunday grafiklar bo‘lmasa, transformator orqali uzatilayotgan quvvatni uch rejimda aniqlanadi:
minimal yuklamalar rejimida, Ryu. min, Qyu. min (20) ga. qo‘yib, S1 aniqlanadi; maksimal yuklamalar rejimida (Ryu. max, Qyu. max) S2 aniqlanadi; avariya rejimida, eng katta quvvatli generator uzilganda ( kattaligi o‘zgaradi) S aniklanadi. Tanlangan trancformatorlarning quvvati hisoblangan kattalik S1; S2, S3 larning har biridan katta bo‘lishi kerak.
Normal rejimda bog‘lovchi transformatorlar o‘ta yuklamamasligi lozim.
Transformatorlardan biri ishdan chiqsa, ikkinchisi tegishlicha ruxsat etiladigan o‘ta yuklamada qisqa muddat ichida avariyali yuklamalanishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, bog‘lovchi transformatorlar ener-gosistemaga quvvat beruvchi rejimda kuchaytiruvchi hamda energosistemadan quvvatni uzatishda pasaytituvchi bo‘lib ishlashi mumkin. Reversiv ish kuchlanishi yuklama ostida boshqariladigan transformatorlarni qo‘llashni talab etadi.
Transformatorlar, agar IEM da 6-10 kV yuklamadan tashqari, transformatorning umumiy yuklamasini kamida 15% ni tashkil etuvchi 35 kV li kuchlanishdagi yuklama bo‘lib (84, b rasm), energosistema bilan bog‘lanish 110 kV kuchlanishda amalga oshirilsa, uch chulg‘amli bo‘lishi mumkin.
Umumiy yuklamaning 15% idan kichik bo‘lgan 35 kV li yuklamada 35/6-10 kV li ikki chulg‘amli transformatorlar o‘rnatiladi.
Uch chulg‘amli transformatorlar yuqorida ko‘rsatilgan uchta rejimda (20) bo‘yicha aniqlanadigan kichik kuchlanishli chulg‘amnint yuklamasiga qarab aniqlanadi.

Download 1.46 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Download 1.46 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



g) IEM da boglovchi transformatorlarning soni va kuvvatini tanlash

Download 1.46 Mb.