|
Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiynomidagi toshkent axborot
|
Sana | 21.07.2024 | Hajmi | 130,82 Kb. | | #268132 | Turi | Referat |
Bog'liq kiberxavfsizlik
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIYNOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
«Akademik yozuv » fanidan
“ Kiber xafsizlik tushunchasi va uning vazifalari” mavzusida
tayyorlagan
REFERAT
Topshirdi: Tursunov Jasur
Qabul qildi:_____________
Toshkent-2024
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Zamonaviy axborot dunyosi
Kiberxavfsizlik
Axborotlarni himoyalash usullari
Xulosa
Fydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kiberxafsizlik atamasi endi kirib kelgan atama emas , lekin ba’zilarimiz bu nimani anglatishini yoki nima uchun bunday deb atalishini bilmasligimiz mumkin. Shunday qilib, kiberxavfsizlikning ma’nosini to’liq tushunish uchun keling, so’zni ikki qismga ajratamiz: “kiber” va “xavfsizlik”. “ Kiber ” atamasi odatda kompyuterlar, axborot texnologiyalari yoki internet bilan bog’liq narsalarni anglatadi. Buni yaxshiroq tushunish uchun uni kompyuterlar va internetga tegishli maxsus so’z sifatida tasavvur qiling.
Xavfsizlik – bu xavf yoki tahdiddan xoli bo’lish va xavfsiz bo’lish holatini anglatadi. Shunday qilib, agar ikkita so’zni birlashtirsak, “kiberxavfsizlik” kompyuterlarni, tarmoqlarni va internetga ulangan har qanday qurilmani har qanday xavf yoki tahdiddan xavfsiz saqlashni anglatadi.
Nima uchun kiberxavfsizlik muhim? Kiberxavfsizlik bizning davrimizda,
ayniqsa sodir bo’layotgan barcha texnologik yutuqlar bilan chambarchas bog’langan. O’z resurslarini ularni xohlaydigan boshqa mamlakatlardan himoya qilish uchun hech qanday armiyasi yo’q mamlakatni tasavvur qiling. Mamlakat zaif bo’lishi shubhasiz, to’g’rimi? Siz shunday mamlakatda yashashni xohlarmidingiz?Kiberxavfsizlik sohasiga kirish uchun dasturlashni bilish kerakmi? Siz endigina kiberxavfsizlik sohasiga qadam qo’yayotganingizda dasturlash ilmini mukammal tarzda bilishingiz zarur emas. Ammo keyinchalik bu soha bilan astoydil shug’ullanishni boshlasangiz, sizga albatta dasturlashni o’rganish hamda bilish talab etiladi. Chunki shunday murakkab kiber jinoyatlar mavjudki, ularning oldini olish yoki qarshi turish uchun siz professional dasturchi bo’lishingiz shart.
Zamonaviy axborot dunyosi
Axborotni ishlash, uzatish va to‘plashning zamonaviy usullarining rivojlanishi foydalanuvchilar axborotini yo‘qolishi, buzilishi va oshkor etilishi bilan bog‘liq tahdidlarning ortishiga olib kelmoqda. Shu sababli, kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligini ta’minlash axborot texnologiyalari rivojining yetakchi yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Axborot xavfsizligi hayotda mavjud timsollarga asoslanadi. Hayotda qonuniy faoliyat olib boruvchi shaxslar mavjud, ular 1.1-rasmda Alisa va Bob timsolida aks ettirilgan. Biroq, hayotda qonuniy faoliyat yurituvchi insonlarning faoliyatiga qiziquvchi, ularning ishlariga xalaqit beruvchi insonlar ham mavjud va ular 1.1-tasvirda Tridi timsolida tasvirlangan. Tridi timsoli barcha g‘arazli niyatlarni amalga oshiruvchi shaxslarni ifodalaydi.
Ushbu hayotiy senariy Alisaning onlayn banki (AOB) deb ataladi. Bunga ko‘ra, Alisa onlayn bankning biznes faoliyatini amalga oshiradi. Mazkur senariyda Alisaning xavfsizlik muammosi nima?
Alisaning mijozi bo‘lgan Bobning xavfsizlik muammosichi? Alisa va Bobning xavfsizlik muammolari bir xilmi? Tridi nuqtai nazaridan qaraganda qanday xavfsizlik muammolari mavjud? Ushbu savollarga keyingi qismlarda javob berib o‘tiladi.
Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash va axborot xavfsizligiga tegishli bo‘lgan ayrim tushunchalar bilan tanishib chiqaylik. Kiberxavfsizlik hozirda yangi kirib kelgan tushunchalardan biri bo‘lib, unga berilgan turlicha ta’riflar mavjud. Xususan, CSEC2017 Joint Task Force manbasida kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif berilgan:
Kiberxavfsizlik
Kiberxavfsizlik – hisoblashlarga asoslangan bilim sohasi bo‘lib, buzg‘unchilar mavjud bo‘lgan sharoitda amallarni to‘g‘ri bajarilishini kafolatlash uchun o‘zida texnologiya, inson, axborot va jarayonlarni mujassamlashtiradi. U xavfsiz kompyuter tizimlarini yaratish, amalga oshirish, tahlillash va testlashni o‘z ichiga oladi. Kiberxavfsizlik ta’limning mujassamlashgan bilim sohasi bo‘lib, qonuniy jihatlarni, siyosatni, inson omilini, etika va risklarni boshqarishni o‘z ichiga oladi.
Tarmoq sohasida faoliyat yuritayotgan Cisco tashkiloti esa kiberxavfsizlikka quyidagicha ta’rif bergan: Kiberxavfsizlik – tizim, tarmoq va dasturlarni raqamli hujumlardan himoyalash amaliyoti. Ushbu kiberhujumlar odatda maxfiy axborotni boshqarishni, almashtirishni yoki yo‘q qilishni; foydalanuvchilardan pul undirishni; normal ish faoliyatini buzishni maqsad qiladi. Hozirda samarali kiberxavfsizlik choralarini amalga oshirish insonlarga qaraganda qurilmalar va ularning turlari sonining kattaligi va buzg‘unchilar salohiyatini ortishi natijasida amaliy tomondan murakkablashib bormoqda.
Kiberxavfsizlik bilim sohasining zaruriyati birinchi meynfreym kompyuterlar ishlab chiqarilganidan boshlab paydo bo‘la boshlagan.
Bunda mazkur qurilmalarning va ularning vazifalarining himoyasi uchun ko‘p sathli xavfsizlik choralari amalga oshirilgan. Milliy xavfsizlikni ta’minlash zaruriyatini oshib borishi kompleks va texnologik murakkab ishonchli xavfsizlik choralarini paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Hozirda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan har bir mutaxassisning kiberxavfsizlikning fundamental bilimlariga ega bo‘lishi talab etiladi. Kiberxavfsizlik fani sohasining tuzilishini quyidagicha tasvirlash mumkin (1.2-rasm).
Kiberxavfsizlikni fundamental atamalarini aniqlashda turli yondashuvlar mavjud. Xususan, CSEC2017 JTF manbasida kiberxavfsizlikning quyidagi 6 ta atamasi keltirilgan: Konfidensiallik – axborot yoki uni eltuvchisining shunday holatiki, undan ruxsatsiz tanishishning yoki nusxalashning oldi olingan bo‘ladi. Konfidensiallik axborotni ruxsatsiz “o‘qish”dan himoyalash bilan shug‘ullanadi. AOB senariysida Bob uchun konfidensiallik juda muhim.
Ya’ni, Bob o‘z balansida qancha pul borligini Tridining bilishini istamaydi. Shu sababli Bob uchun balans xususidagi ma’lumotlarning konfidensialligini ta’minlash muhim hisoblanadi.
Yaxlitlik – axborotning buzilmagan ko‘rinishida (axborotning qandaydir qayd etilgan holatiga nisbatan o‘zgarmagan shaklda) mavjud bo‘lishi ifodalangan xususiyati. Yaxlitlik axborotni ruxsatsiz “yozish”dan (ya’ni, axborotni o‘zgartirishdan) himoyalash yoki kamida o‘zgartirilganligini aniqlash bilan shug‘ullanadi. AOB senariysida Alisaning banki qayd yozuvining yaxlitligini Trididan himoyalash shart.
Masalan, Bob o‘zining akkauntida balansning o‘zgarishidan yoki Alisa akkauntida balansning oshishidan himoyalashi shart.
Shu o‘rinda konfidensiallik va yaxlitlik bir xil tushuncha emasligiga e’tibor berish kerak. Masalan, Tridi biror ma’lumotni o‘qiy olmagan taqdirda ham uni sezilmaydigan darajada o‘zgartirishi mumkin.
Foydalanuvchanlik – avtorizatsiyalangan mantiqiy obyekt so‘rovi bo‘yicha axborotning tayyorlik va foydalanuvchanlik holatida bo‘lishi xususiyati. Foydalanuvchanlik axborotni (yoki tizimni) ruxsatsiz “bajarmaslik”dan himoyalash bilan shug‘ullanadi. AOB senariysida AOB web saytidan Bobning foydalana olmasligi Alisaning banki va Bob uchun foydalanuvchanlik muammosi hisoblanadi. Sababi, mazkur holda Alisa pul o‘tkazmalaridan daromad ola olmaydi va Bob esa o‘z biznesini amalga oshira olmaydi. Foydalanuvchanlikni buzishga qaratilgan hujumlardan eng keng tarqalgani – xizmat ko‘rsatishdan voz kechishga undovchi hujum (Denial of service, DoS).
Risk – potensial foyda yoki zarar bo‘lib, umumiy holda har qanday vaziyatga biror bir hodisani yuzaga kelish ehtimoli qo‘shilganida risk paydo bo‘ladi. ISO “risk – bu noaniqlikning maqsadlarga ta’siri” sifatida ta’rif bergan.
Masalan, universitetga o‘qishga kirish jarayonini ko‘raylik.
Umumiy holda bu jarayonni o‘zi risk hisoblanmaydi. Faqatgina abituriyent hujjatlarini va kirish imtihonlarini topshirganida, u o‘qishga kirishi yoki kira olmasligi mumkin. Bu o‘z navbatida qabul qilinish yoki qabul qilinmaslik riskini yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Kiberxavfsizlikda yoki axborot xavfsizligida risklarga salbiy ko‘rinishda qaraladi. Hujumchi kabi fikrlash – bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni oldini olish maqsadida qonuniy foydalanuvchining hujumchi kabi fikrlash jarayoni.
Tizimli fikrlash – kafolatlangan amallarni ta’minlash uchun ijtimoiy va texnik cheklovlarning o‘zaro ta’sirini hisobga oladigan fikrlash jarayoni.
Bundan tashqari quyidagi tushunchalar ham kiberxavfsizlik sohasini o‘rganishda muhim hisoblanadi.
Axborotni himoyalash usullari
Axborot xavfsizligi – axborotning holati bo‘lib, unga binoan axborotga tasodifan yoki atayin ruxsatsiz ta’sir etishga yoki ruxsatsiz undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Yoki, axborotni texnik vositalar yordamida ishlanishida uning maxfiylik (konfidensiallik), yaxlitlik va foydalanuvchanlik kabi xarakteristikalari (xususiyatlarini) saqlanishini ta’minlovchi axborotning himoyalanish darajasi holati.
Axborotni himoyalash – axborot xavfsizligini ta’minlashga yo‘naltirilgan choralar kompleksi. Amalda axborotni himoyalash deganda ma’lumotlarni kiritish, saqlash, ishlash va uzatishda uning yaxlitligini, foydalanuvchanligini va agar, kerak bo‘lsa, axborot va resurslarning konfidensialligini madadlash tushuniladi.
Aktiv - himoyalanuvchi axborot yoki resurslar. Yoki, tashkilot uchun qimmatli barcha narsalar.
Umumjahon axborot globallashuvi jarayonlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini nafaqat mamlakatlar iqtisodiyoti va boshqa sohalariga joriy etish, balki axborot tizimlari xavfsizligini ta’minlashni ham taqozo etadi. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi xalqaro xavfsizlik tizimiga Markaziy Osiyoda birinchilardan bo`lib qo`shildi. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo`yicha aloqa axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasi tamonidan quyidagi choratadbirlar amalga oshiriladi: Ma’lumotlar uzatish, telekommunikatsiya tarmoqlari, teleradioefir, hamda axborot tizimlarida axborot xavfsizligini ta’minlashni takomillashtirish va rivojlantirish bo`yicha davlat siyosatini yuritish; Axborot xavfsizligiga oid qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarining yaratilishini tashkil qilish va bunda ishtirok etish; Axborot tizimlari komplekslari, resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlash; Davlat organlarining axborot tizimlari va resurslari axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishga ko`maklashish; Davlat axborot tizimlari va resurslarining axborot xavfsizligini ta’minlash yuzasidan monitoring natijalari to`g’risidagi statistik ma’lumotlarni axborotlashtirish va telekommunikattsiya texnologiyalari davlat qo`mitasiga belgilangan tartibda taqdim etish; Telekommunikatsiyalar tarmoqlarining operatorlari va provayderlari bilan hamkorlik qilish, davlat organlarining kompьyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasidagi qonun buzilishlarining oldini olish masalalari bo`yicha birgalikdagi ishlarini tashkil etish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish; Internetning milliy foydalanuvchilarini Internet tarmogi milliy segmentida axborot xavfsizligida paydo bo`layotgan tahdidlar to`g’risida o`z vaqtida xabardor qilish, shuningdek axborotlarni muhofaza qilish bo`yicha konsultattsiya xizmatlari ko`rsatish; qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikattsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qilishda huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilish; Internet tarmogi milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo`yicha o`zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Axborotni tegishli xukuklarga ega blmagan shaxslar yoki jarayonlar orkali tarmokdan ruxsat etilmagan xolda olishga yul kuymaslik; Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o`rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo`llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.
Xavfsizlikning asosiy yo`nalishlari Axborot xavfsizligi. Axborot xavfsizligining dolzarblashib borishi, axborotning strategik resursga aylanib borishi bilan izohlash mumkin. Zamonaviy davlat infratuzilmasini telekommunikatsiya va axborot tarmoqlari hamda, turli xildagi axborot tizimlari tashkil etib, axborot texnologiyalari va texnik vositalar jamiyatning turli jabhalarida keng qo`llanilmoqda.
Iqtisodiy xavfsizlik. Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan yangi tarmoq vujudga keldi. «Milliy axborot resursi» tushunchasi yangi iqtisodiy kategoriya bo`lib xizmat qilmoqda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar axborot xavfsizligiga xam ta’sir ko`rsatmoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va uning asosida jahon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo`lmoqda.
Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlaridan bo`lib, mamlakatning mudofaa potentsialining axborot tarkibi va axborot resurslari hisoblanmoqda. Xozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va harbiy texnikalar juda ham kompьyuterlashtirilib yuborildi. SHuning uchun xam ularga axborot qurollarini qo`llash ehtimoli katta.
Ijtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot – kommunikatsiyalar texnologiyalarining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo`llanishi inson psixologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» ta’sir ko`rsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi. Ekologik xavfsizlik. ekologik xavfsizlik – global masshtabdagi muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurs tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o`tish faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yo`lga qo`yish mumkin. Axborot xavfsizligi deb, ma’lumotlarni yo`qotish va o`zgartirishga yo`naltirilgan tabiiy yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta’sirlardan xar qanday tashuvchilarda axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf faqatgina konfidenttsial (maxfiy) xabarlar va xujjatlarni o`girlash yoki nusxa olishdan iborat bo`lsa, hozirgi paytdagi xavf esa kompьyuter ma’lumotlari to`plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan ularning egasidan ruxsat so`ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu xarakatlardan moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot zaxiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta’minlovchi qatьiy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotning egasiga, foydalanuvchisiga va boshka shaxsga zarar etkazmokchi bo`lgan nohuquqiy muomaladan xar qanday xujjatlashtirilgan, ya’ni identifikattsiya qilish imkonini beruvchi rekvizitlari qo`yilgan xolda moddiy jismda qayd etilgan axborotximoyalanishi kerak. Axborot xavfsizligi nuqtai nazaridan axborotni quyidagicha turkumlash mumkin: maxfiylik — aniq bir axborotga fakat tegishli shaxslar doirasigina kirishi mumkinligi, ya’ni foydalanilishi qonuniy xujjatlarga muvofik cheklab qo`yilib, xujjatlashtirilganligi kafolati. Bu bandning buzilishi o`rtasilik yoki axborotni oshkor qilish, deyiladi; konfidenttsiallik - inshonchliligi, tarqatilishi mumkin emasligi, maxfiyligi kafolati; yaxlitlik— axborot boshlangich ko`rinishda ekanligi, ya’ni uni saqlash va uzatishda ruxsat etilmagan o`zgarishlar qilinmaganligi kafolati; bu bandning buzilishi axborotni soxtalashtirish deyiladi; autentifikatsiya — axborot zaxirasi egasi deb e’lon qilingan shaxs xaqiqatan xam axborotning egasi ekanligiga beriladigan kafolat; bu bandning buzilishi xabar muallifini soxtalashtirish deyiladi; apellyattsiya qilishlik — etarlicha murakkab kategoriya, lekin elektron biznesda keng qo`llaniladi. Kerak bo`lganda xabarning muallifi kimligini isbotlash mumkinligi kafolati.
YUqoridagidek, axborot tizimiga nisbatan quyidagicha tasnifni keltirish mumkin: ishonchlilik — tizim meyoriy va ayrim tabiiy xollarda rejalashtirilganidek o`zini tutishlik kafolati; aniqlilik — xamma buyruqlarni aniq va to`liq bajarish kafolati; tizimga kirishni nazorat qilish — turli shaxs guruxlari axborot manbalariga xar xil kirishga egaligi va bunday kirishga cheklashlar doim bajarilishlik kafolati; nazorat qilinishi — istalgan paytda dastur majmuasining xoxlagan kismini tulik tekshirish mumkinligi kafolati; identifikattsiyalashni nazorat qilish— xozir tizimga ulangan mijoz aniq o`zini kim deb atagan bulsa, aniq o`sha ekanligining kafolati; qasddan buzilishlarga to`sqinlik — oldindan kelishilgan me’yorlar chegarasida qasddan xato kiritilgan ma’lumotlarga nisbatan tizimning oldindan kelishilgan xolda o`zinitutishi.
Xulosa
Hozirda tashqi kommunikatsiya orqali ruxsatsiz foydalanishga atayin qilingan urinishlar bo`lishi mumkin bo`lgan barcha buzilishlarning 10%ini tashkil etadi. Bu kattalik anchagina bo`lib tuyulmasa ham, internetda ishlash tajribasi ko`rsatadiki, qariyb har bir Internet-server kuniga bir necha marta suqilib kirish urinishlariga duchor bo`lar ekan. Xavf-xatarlar tahlil qilinganida tashkilot korporativ yoki lokal tarmog’i kompьyuterlarining xujumlarga qarshi turishi yoki bo`lmaganida axborot xavfsizligi buzilishi faktlarini qayd etish uchun etarlicha himoyalanmaganligini hisobga olish zarur
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Eshquvvat o’g’li M.S, Zafar qizi Z.B AREAS OF APPLICATION OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE ISSN: 2181-4027_SJIF: 4.995 Volume-27, Issue-2, February-2023. 61-64.
2. Eshquvvat o’g’li M.S, Naim o‘g‘li M. D, Xamrobek o’g’li N.N, DATA MININGDA CRISP-DM METODOLIGIYASI TASNIFI Часть-11_ Том-1_ Декабрь-2023 43-46.
3. Файзиев Б.М., Бегматов Т.И., Санаев М.Э. ОБРАТНАЯ ЗАДАЧА ПО ОПРЕДЕЛЕНИЮ КИНЕТИЧЕСКОГО КОЭФФИЦИЕНТА В МОДЕЛИ ФИЛЬТРАЦ II TOM TATU SF MA’RUZALAR TO‘PLAMI 9 aprel 2022-yil 11-13.
4. Файзиев Б.М., Бегматов Т.И., Санаев М.Э ИДЕНТИФИКАЦИЯ КОЭФФИЦИЕНТА КИНЕТИКИ В МОДЕЛИ ФИЛЬТРАЦИИ СУСПЕНЗИИ В ПОРИСТОЙ СРЕДЕ 144-145.
5. Файзиев Б.М., Бегматов Т.И., Санаев М.Э. ИДЕНТИФИКАЦИЯ КОЭФФИЦИЕНТА КИНЕТИКИ В МОДЕЛИ ФИЛЬТРАЦИИ СУСПЕНЗИИ В ПОРИСТОЙ СРЕДЕ ХАЛҚАРО ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АНЖУМАН МАТЕРИАЛЛАРИ 2022 йил, 11-12 май 360-361.
6. Eshquvvat o'g'li.M.S, Shodiyor o'g'li.Sh.J, Raxmonqul o'g'li.A.T, MA'LUMOTLARNI SINFLASHTIRISHDA BIRCH ALGORITMI AHAMIYATI Часть-11_ Том-1_ Декабрь -2023 39-42.
7. Eshquvvat o'g'li.M.S, Elmurza o'g'li.Z.B, Anvar o'g'li.B.A DATA MININGDA SEMMA METODOLIGIYASI TASNIFI Часть-11_ Том-1_ Декабрь -2023 35-38.
8. Naim o‘g‘li M. D., Abdishukur o'g'li S. A. THE NUMPY LIBRARY OF THE PYTHON PROGRAMMING LANGUAGE IS AN OPTIMAL SOLUTION FOR WORKING WITH ARRAYS //JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH. – 2022. – T. 2. – №. 13. – S. 195-197.
9. Naim o’g’li M. D., Baxtiyor o‘g’li E. S. DATA SCIENCE METHODOLOGY IN LEARNING PROGRAMMING //JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH. – 2022. – T. 2. – №. 13. – S. 207-210.
10.Amanbayevna A. S., Naim o’g’li M. D. GEOMETRIC MODELING AND VISUALIZATION OF SELF-SIMILAR STRUCTURES BASED ON FRACTAL THEORY //JOURNAL OF INNOVATIONS IN SCIENTIFIC AND EDUCATIONAL RESEARCH. – 2022. – T. 2. – №. 13. – S. 187-188.
11.Ernazarov, A. E. Features of defining goals and objectives in training. Society and innovations-Obshchestvo i innovatsii-Society and innovations.
12.Ergashevich, E. A. AJMR. AJMR.
13.Artikovich, A. S., Arulmoly, C., Kiruthika, A., Mody, P., Elopra, P., Kamsi, R.,& Ergashevich, E. A. AJMR. AJ
|
| |