• 1-qism: Port xavfsizligini sozlash
  • 2 -qism: Port xavfsizligini tekshiring
  • Nazariy ma’lumot
  • Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/12
    Sana24.07.2024
    Hajmi0,57 Mb.
    #268420
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    1 TOPSHIRIQ

     
    Ishni bajarish tartibi 
    1 -qism: Port xavfsizligini sozlash 
    2 -qism: Port xavfsizligini tekshiring 
    Ushbu harakatda siz kommutatorda jadvaldagi variant asosida port xavfsizligini 
    sozlaysiz va tekshirasiz. Port xavfsizligi portga trafikni yuborish uchun ruxsat 
    berilgan MAC manzillarini cheklash orqali portga kirishni cheklashga imkon beradi. 
    1-qism: Port xavfsizligini sozlash 
    a. S1 uchun buyruq satrini oching va Fast Ethernet portlarida port xavfsizligini 
    yoqing. 
    b. Maksimal qiymatni qurilma jadval bo’yicha Fast Ethernet portlariga kira oladigan 
    qilib o'rnating. 
    c.Qurilmaning MAC-manzili dinamik ravishda o'rganilishi va joriy konfiguratsiyaga 
    qo'shilishi uchun portlarni himoyalang. 
    d. Qolgan ishlatilmagan portlarni o'chirib qo'ying.
    2 -qism: Port xavfsizligini tekshiring 

    Port xavfsizligini yoqilganini ishlash holatini kerakli buyruqlar bilan 
    tekshirish. Dasturdagi kompyuterlarni tarmoqdan uzib , ulash bilan tekshirib 
    chiqing. 

    Bajargan ishingizni hisobotoni electron faylini tayyorlang va tizimga yuklang. 
     
     
     


    3–AMALIY ISH 
    MAVZU: REZERVLASH PROTOKOLLARI-STP, PVSTPNI 
    SOZLASH. 
    Ishdan maqsad: 
    STP (spanning-tree protocol), RSTP protokollari sozlash 
    va ishlash tamoyillari bo`yicha amaliy ko`nikmaga ega bo`lish. 
    Nazariy ma’lumot 
    STP protokoli OSI modelining kanal pog`onasi protokoli bo`lib, IEEE 802.1d 
    standartida asosida tavsiflangan. STP protokoli 1985 yilda Radia Perlman 
    tomonidan ishlab chiqilgan. Protokolning quyidagi spetsifikatsiyalari mavjud: 
    PVSP+, RSTP, MSTP, SPM. 
    STP protokolining asosiy maqsadi Ethernet tarmog`idagi ixtiyoriy 
    topologiyada bir-biriga bog`langan bir nechta kommutatorlar o`rtasidagi kanalda pet 
    (petel) hosil bo`lishini oldini olishga qaratilgan. STP protokoli tarmoqda 
    kommutatorlar bir-biri bilan bog`lanishlarning mantiqiy daraxtini yaratishga 
    asoslangan. Daraxtning yuqori qismida ildiz kommutator (Root switch) va undan 
    keyingi filial (otvetvleniya), ya’ni ildiz bo`lmagan kommutatorlar joylashadi. 
    Kommutatorlar bir-biri bilan bog`langan holatda, asosiy magistral kanalni ishlatib, 
    boshqa kanallarni fizik jihatdan bog`lab, lekin mantiqiy jihatdan avtomatik bloklab 
    qo`yish imkoniyatini beradi (4.1-rasm). Daraxtni qurish jarayoni quyidagi 
    bosqichlardan iborat: 

    Ildiz kommutatorni tanlash (root switch); 

    Ildiz portlarni tanlash (root port); 

    Belgilangan portlarni tanlash (designated port). 


    1-rasm. STP protokolidagi port turlari 
    Tarmoqda asosiy bo`lgan ildiz kommutatorni tanlashda kommutatorlarning 
    eng kichik imtiyoz (prioritet) qiymati yoki uning ID qiymati asosida tanlanadi. Bu 
    yerda ID qiymati kommutatorning MAC manzili anglatadi, ya’ni eng kichik qiymati 
    tarmoqda ildiz kommutator hisoblanadi. Kommutatorlar har 2 soniyada bir-biriga 
    Hello BPDU kadrlarni jo`natib qaysi biri ildiz kommutatorligini belgilab olishadi.
    Qo`shnilardan olingan kadrlarning imtiyoz va ID identifikator qiymatlarini 
    taqqoslanadi va ularning qiymatlari yuqoriroq bo`lsa, u ildiz lavozimiga da’vo 
    qilishni to`xtatadi va g`olibga Hello BPDU xabarini tarqatishni boshlaydi. Shuni 
    bilishimiz kerakki, imtiyozlar taqqoslanganda ular teng qiymat bo`lib qolsa, u holda 
    ularning ID taqqoslash orqali ildiz kommutator tanlanadi.
    Multiple Spanning Tree Protocol (MSTP) IEEE 802.1s standartida 
    tavsiflangan va keyinchalik IEEE 802.1Q-2003 bilan qo`shimchalar kiritilgan. 
    MSTP protokoli bir nechta STP protokoli nusxasini qo`llab-quvvatlash maqsadida 
    IEEE 802.1w (RSTP) standartini takomillashtirilgan ko`rinishi. U tarmoqni tezroq 
    ishlashini, VLAN sozlangan tarmoqda yuklamani balanslash imkoniyatini 
    ta’minlaydi. 802.1s MSTP standartiga qo`shimcha 802.1Q standartida qo`shimcha 
    kiritilgan. 

    Download 0,57 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari

    Download 0,57 Mb.
    Pdf ko'rish