1 – AMALIY ISH
MAVZU: TARMOQ QURILMALARIDA DASTLABKI XAVFSIZLIK
SOZLAMALARINI O
‘
RNATISH-TELNET, SSH
Ishdan maqsad :
Kommutator
qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari,
masofadan kirishni ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini
sozlash
qoidalarini tadqiq qilishdan iborat.
Nazariy qism
Cisco IOS
qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line
Interface) ga kirishning bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar
keltirilgan:
–
Console
–
Telnet yoki SSH
–
Port AUX
Console port
— Konsol porti Cisco qurilmasini
sozlash uchun tashqaridan
kirishni ta’minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning
afzalligi shundan iboratki, qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan
ham
kirish mumkin, masalan, tarmoq qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi
holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda, kompyuterning maxsus kabeli
(RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi
va sozlash ishlari amalga
oshiriladi.
TELNET
(terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat qilish
uchun mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854
da yozilgan.
TELNET
protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro ishlashni
ta’minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‘rinishdagi
aloqada
ishlatiladi.