Tarmoq bog‘lanishni tekshiring To‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanishni exo so‘rov jo‘natish orqali tekshiring. a. PC-A kompyuterdan kommutatorning SVI interfeysining administrativ manziligi exo so‘rov jo‘nating
C:\Users\User1> ping 192.168.1.100
PC-A kompyuter S1 kommutatorning MAC manzilini ARP protokoli yordamida olishi kerak. Birinchi
paket uzatmada kutish vaqti tugashi mumkin. Lekin exo – so‘rov amalga oshmasa, qurilmaning bazaviy
sozlanishidagi nosozlikni tekshiring va sozlang.
S1 kommutatorni uzoqdan boshqarishni tekshiring. 1.5 Rasm. CMD buyruqlar oynasida ssh protocol bilan kommutatorga ulanish
Topshiriq 1.Cisco pascet tracer dasturida lokal tarmoq quring. (kompyuter, kommutator, kabel)
•
kommutatorning asosiy vlan interfeysi orqali ip manzil bering (bunda har bir talaba
jurnaldagi tartib raqamini ip manzil yozadi, masalan 10 tartib raqamdagi talaba ip
manzilni 192.168.1.10 deb yozadi)
•
kompyuter uchun IP- manzilni o‘rnating. Masalan 192.168.1.20
•
Telnet protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang
•
telnet yordamida uzoqdan boshqarishni testlang
•
SSH protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang
•
qurilmaning konfiguratsiyasini ko‘rsating
•
kommutatorning hozirgi konfiguratsiyasini saqlang.
2. Bajargan ishingizni hisobotini elektron faylini Hemis tizimiga yuklang
2-AMALIY ISH MAVZU: KOMMUTATORDA PORT XAVFSIZLIGI (PORT SECURITY)NI SOZLASH
Ishdan maqsad: Kommutatsiya jadvallari to`ldirilishiga yo`naltirilgan
hujumlardan, tarmoqni himoya qilish imkonini beruvchi kommutatorning “port-
security” funksiyasini sozlash bo`yicha amaliy ko`nikmalarga ega bo’lish.
Qisqacha nazariy ma’lumotlar Port-security funksiyasi kommutatorning biror bir porti orqali tarmoqqa faqat
ko`rsatilgan qurilmalar kirishini sozlashga imkon beradi. Ushbu portga kirishga
ruxsat berilgan qurilmalar MAC-manzillar bo`yicha aniqlanadi. MAC-manzillar
dinamik yoki tarmoq administrator tomonidan qo`lda sozlanishi mumkin. Bundan
tashqari Port-security funksiyasi portga ulanuvchi tugunlar sonini cheklashga
imkoniyat yaratadi, bu esa portga MAC-manzillar sonini ko`rsatish orqali amalga
oshiriladi, shu jumlardan kommutatorni himoyalash hisoblanadi (2.1-rasm.).
2.1-rasm. Kommutatorda Port Security funksiyasining ishlash tartibi
MAC-manzillarga cheklov kiritishning ikkita usuli mavjud:
1.
Statik – administrator qaysi manzillar kirishini ko`rsatadi;
2.
Dinamik – administrator nechta manzil kirishini ko`rsatadi va kommutator
qaysi manzillar shu vaqtda ko`rsatilgan port orqali murojat qilayotganini eslab
qoladi.
Windows OS da Ethernet adapterining MAC-manzilini
ipconfig /all buyrug`i
yordamida aniqlanadi. Quyidagi 2.2-rasmga kompyuterning MAC-manzili 00-18-
DE-C7-F3-FB ko`rinishda keltirilgan.
2.2-rasm. Kompyuter qurilmasining MAC-manzilini ko`rish
Kommutator qurilmasining MAC-manzillar jadvalini ko`rish uchun