Kommutatorda Telnet konfiguratsiyasini sozlash
Kommutator telnet orqali kirishga ruxsat berishi uchun, ya’ni uzoqdan
boshqarish uchun virtual bog‘lanish kanali (vty) ni sozlash kerak. Agar vty paroli
qo‘yilmasa telnet orqali qurilmaga kirib bo‘lmaydi. Kommutator CLI oynasiga
quyidagi buyruqlar kiritiladi va telnet sozlanadi.
Switch(config)#line vty 0 15
Switch(config-line)#password 12345
Switch(config-line)#login
Switch(config-line)#exit
Switch(config)#enable password 12345
Switch(config)#end
Switch#
Admin kompyuteridan kommutatorga bog’lanish va masofadan boshqarish
uchun kompyuter buyruqlar satrida “telnet 192.168.1.100” teriladi. Parol
kiritishimizni talab qilganda parolni kiritamiz va Enter tugmasini bosamiz.
Kommutatorga buyruq kirtishimizda ham parol so’raydi, parolni kiritamiz va
Enterni bosamiz.
1.3-rasm. Admin kompyuteridan buyruqlar satri bilan kommutatorga bog’lanish