|
Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat taransport universiteti
|
bet | 8/13 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 31,53 Mb. | | #263390 |
Bog'liq e.shBuldozer (ing. bulldozer — katta qismlarni maydalash) — 1) tuproq, qum, shagʻal, mayda tosh, togʻ jinslari va boshqa toʻkma materiallarni 200 m gacha masofaga surish va toʻplash, zovur va chuqurlarni tuproq bilan toʻldirish, yerni tekislash, axlat va chiqindilarni yigʻish, aerodrom, yoʻl va maydonlarni qordan tozalash uchun moʻljallangan mashina. Yoʻl qurilishi, gidrotexnika inshootlari (toʻgʻon, damba va boshqalar) qurilishi, qishloq xoʻjaligida ishlatiladi. B. yerni kesib suradigan moslama, rama, moslamani koʻtaribtushiruvchi gidravlik yoki chigʻirli (arqonblok tizimli) mexanizmlar va ularni boshqarish tizimlaridan iborat.
B.larning quyidagi xillari bor: a) kesib suruvchi moslama (otval)ming ishlash usuliga qarab, otvali buriladigan va otvali burilmaydigan; b) otvalini boshqarish mexanizmiga qarab, gidravlik; arqon (tros)blok tizimli; v) traktorning yurish qismiga qarab, gʻildirakli va gusenitsali; 2) mashinasozlikda — metallni qizdirib yoki sovuqlayin bukib, turli shakldagi detallar tayyorlanadigan gidravlik yoki krivoship mexanizmli qurilma (press). B. koʻplab mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarning temirchilikshtamplash sexlariga oʻrnatiladi. Krivoship mexanizmli B. staninasining yoʻnaltiruvchilari / da polzun 2 (rasm) yuradi. Egish shtamplari polzunga va stanina tiraklari 3 ga bolt 4 lar bilan mahkamlab qoʻyiladi. Gidravlik B.ning polzuni suyuqlik taʼsirida harakatlanadi.
Biz 2-kusrda qurilish matiriallarini urgandik shu urganganimni hozirda amaliyotda yanada mustahkamlayapman bulardan,chaqiqtosh (shag`al)ni labaratoriyada bir qancha xossalarini urgangan edik , chaqiq tosh (shag`al)ni to`kma haqiqiy zichliklarini .
CHaqiq tosh (shag`al)ning to`kma zichligini bilishdan maqsad uni massasi malum bo`lsa hajmini hisoblash mumkin uni qancha joyga qanaqa qalinlikda to`shasa qancha joyga yetishini bilish mumkin.
Chaqiq tosh (shag`al)ning haqiqiy zichligini bilishdan maqsad uni to`shagandan keyin qancha zichlikkacha zichlash mumkinligini aniqlash mumkin
Shagʻal — togʻ jinslarining nurashidan hosil boʻladigan qattiq qurilish materiali. Paydo boʻlishiga koʻra, daryo, dengiz, koʻl, togʻ va jar toshlariga boʻlinadi. Shakliga koʻra, qirrador, tuxumsimon, nayzasimon va yassi xillari farqlanadi. Daryo va dengiz Sh.lari toza hamda silliq, togʻ, qoʻl va jar Shlari qirrador, turli aralashmalar bilan ifloslangan qarab, mayda (5—20 mm), oʻrtacha (20—40 mm) va yirik (40—150 mm) toshlarga boʻlinadi. Oʻlchami 150 mm dan katta boʻlgan toshlar harsangtosh deb ataladi. Sh.lar yoʻl qurilishida, beton quyish ishlarida qoʻllaniladi. Beton quyish uchun eng maqbul xom ashyo qirrali Sh. hisoblanadi. Bu tosh ezilgan tosh, qazib olingan xom ashyolardan yoki toshdan yasalgan tosh bloklarni ezish orqali ishlab chiqariladi. Tabiiy kuchlar tomonidan togʻ jinslari vaqti-vaqti bilan chayqatib yuborilganda shagʻalni yaratishi mumkin. Shagʻal yoki ohaktosh, sayoz, oʻrta yoki yirik qismlar. Eng koʻp talabga ega boʻlgan shagʻal oʻrta kattalikdagi, kichik va katta boʻlganlar esa kam talabga ega.
Ohaktosh va dolomitlar toʻrtdan uch qismini tashkil qiladi va granitlar faqat toʻrtdan biri.
Bunday shag’al tosh quyidagi holatlarda ishlatiladi:
• beton elementlarni yaratishda yordamchi material sifatida (yengil va ogʻir); • beton buyumlarning chidamlilik xususiyatlarini yaxshilash; • obodonlashtirish uchun; • yoʻllarni yaratish, ularni taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish; • turli xil kompozitsiyalarni, shu jumladan akvariumlar, terrariumlar, yashash burchaklar va boshqalarni loyihalash uchun; • tomni qurish uchun issiqlik izolyatori sifatida; • quduqlarni tozalash uchun (filtr sifatida); • temir yoʻllarni qurishda va taʼmirlashda.
Odatda kichik shagʻal kichik sayohlarni jalb qilish uchun ishlatiladi, masalan, kichik hordiq chiqarish markazida yoki mahalla yonida. Shagʻalni ishlatish bilan boqqa solingan kichik yoʻllarni mukammal koʻrinadi.
|
| |