• Bajardi: _______________________________________________ Qabul qildi:_____________________________________________ TOSHKENT 2023
  • Temirbeton konstruksiyalar
  • Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti




    Download 118.36 Kb.
    bet1/2
    Sana31.10.2023
    Hajmi118.36 Kb.
    #91572
      1   2
    Bog'liq
    TEMIRBETON MI
    Taqdimot (2), 10 ASOS, slayd tafakkur borasidagi nazariyalar, 4-top 16, MURAKKAB TEXNOLOGIK OBYEKTLARNI IMMITATSION OBYEKTLARINI QURISH, Simmetriya, 222, Тақвим ШХК 3, ШХК ишчи, dgu uchun, Объективка намунаси (5), 1-amaliy mashg’ulot Yorug’lik tezligi ), Sayfiddinov Muzaffar, 8 sinf o‘quvchilari uchun “Mening kelajakdagi kasbim” mavzusida (1)

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI
    TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI


    \


    ________________________________________________kafedrasi
    _________________________________________________fanidan

    MUSTAQIL ISH


    Bajardi: _______________________________________________


    Qabul qildi:_____________________________________________


    TOSHKENT 2023
    Temirbeton bino va inshootlarning asosiy konstruktiv elementlari.
    Reja:

    1. Binolarning asosiy konstruktiv elementlari

    2. Qurilish konstruksiyalariga qoʻyiladigan talablar

    3. Bino va inshoatlarga taʻsir etadigan yuklar va taʻsirlar

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar



    Temirbeton konstruksiyalar — temirbetonlai tayyorlangan elementlar va ularning birikmalari. Tayyorlanish usuliga koʻra, monolit (yaxlit), yigʻma va yigʻmakuyma xillari boʻladi. Temirbeton konstruksiyalar k. yangi paydo boʻlgan davrlarda (19-asr oxiri, 20-asr boshlari) monolit varianti kengtarkaldi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ham paydo boʻla boshladi. Endilikda qurilishni yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. siz tasavvur etib boʻlmaydi.
    Monolit Temirbeton konstruksiyalar k. poydevorlar, gidrotexnika va melioratsiya inshootlari, rezervuarlar, suv bosimi minoralari, bunker va silos minoralari qurishda ishlatiladi. Ayniqsa, zilzilabardosh imoratlarni qurishda juda qoʻl keladi, chunki poydevor, ustun, toʻsin va yopmalarning yaxlit holda ishlanishi binoning zilzila bardoshligini taʼminlaydi.
    Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ixtisoslashgan zdlarda, mexanizatsiyalashgan ochiq poligonlarda yoki qurilish maydonlarida tayyorlanadi va inshoot kuriladigan joyga tashib keltirilib, koʻtarish kranlari vositasida yigʻiladi (montaj qilinadi). Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. ning monolit konstruksiyalardan afzalligi shundaki, qolip tayyorlash uchun ketadigan mehnat va yogʻoch sarfi bir necha marta qisqaradi (Oʻzbekistonda yogʻoch kamligi uchun buning ahamiyati katta), qurilish muddati kamayadi va narxi ham ancha arzonlashadi, konstruksiyalarning sifati ortadi.
    Metall va yogʻoch konstruksiyalarga nisbatan yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. chidamliligi, olovbardoshligi hamda zanglashga chidamliligi bilan farqlanadi. Sanoat, uyjoy va fuqaro qurilishi uchun temirbeton qoziqlar, poydevor bloklari, ustunlar, toʻsinlar, ferma elementlari, tom, orayopma va devor panellari, kranosti toʻsinlari, zinapoya marshlari va maydonchalari, balkon va karniz plitalari, deraza va eshik oʻrni panellari, sarbasta (tepadon), deraza osti plitalari va boshqa ishlab chiqariladi. Sanoat binolarining 85% ini yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. tashkil etadi. Yoʻltransport qurilishi uchun temirbeton shpallar, koʻpriklarning yigʻma elementlari, yoʻlovchi va yuk tashish platformalari detallari, oqova suv quvurlari va ariqlari, avtomobil yoʻllariga toʻshaladigan yigʻma plitalar va boshqa ishlab chiqariladi.
    Gidrotexnika inshootlari uchun qobiq plitalar; qishloq xoʻjaligi qurilishi uchun ustunlar, toʻsinlar, turli xil plitalar, molxonalar hamda issiqxonalar, yem saqlanadigan transheyalar uchun kerakli detallar, quduqlar uchun xalkalar va boshqa ishlab chiqariladi. Bulardan tashqari bosim ostida yoki bosimsiz ishlaydigan temirbeton quvurlar, elektr va aloqa simlari uchun temirbeton ustunlar ham tayyorlanadi. Bunday mahsulotlarning aksariyati standart oʻlchamlarda bajariladi. Yigʻma Temirbeton konstruksiyalar k. uchun betonning mustahkamligi yuqori boʻlgan turlari (V20— V40)dan foydalaniladi. Temirbeton elementlarning choʻziladigan zonalariga qoʻyiladigan armaturalar oldindan zoʻriqtirilsa (tortib taranglashtirilsa), Temirbeton konstruksiyalar k. ning yoriqlar hosil boʻlishiga qarshiligi ortadi. Choʻzuvchi kuchlanishlar paydo boʻladigan konstruksiyalar (egiluvchan elementlar, quvurlar, rezervuarlar, minoralar va boshqalar) da oldindan zoʻriqtirilgan armaturali temirbetondan foydalanish yaxshi samara beradi. Krlipga quyilgan beton qorishmasi mexanizatsiyalashgan usulda zichlashtiriladi. Koʻpincha (ayniqsa, oldindan zoʻriqtirilgan konstruksiyalarni tayyorlashda) armaturaning oʻta mustahkam xillaridan, tez qotuvchan sementlardan foydalaniladi; betonning qotishini tezlashtirish uchun maxsus kameralarda bugʻlantiriladi. Yigʻmaquyma (monolit) Temirbeton konstruksiyalar k. yigʻma elementlarning kuyma beton bilan mustahkam birikmasi. Bunda barcha tarkibiy qismlar birgalikda ishlaydi, konstruksiyaga qoʻyiladigan yuk barcha elementlarga tekis taqsimlanadi; Temirbeton konstruksiyalar k. ning yaxlitligi taʼminlanadi. Temirbeton konstruksiyalar k. ning yuk koʻtarish imkoniyati boʻyicha hisoblash nazariyasi oʻzining rivojlanish jarayonida 3 asosiy davrni bosib oʻtdi. Birinchi — dastlabki davrda Temirbeton konstruksiyalar k. ni hisoblashda ruxsat etilgan kuchlanishlar nazariyasidan foydalanilgan. Bu nazariya materiallar qarshiligi fanining formulalariga asoslangan edi. Rivojlanishning ikkinchi davri A. F. Loleyt va A. A. Gvozdevning ilmiy ishlaridan boshlandi (1931). Bu ishlar asosida yaratilgan buzilish bosqichi nazariyasi 1938—55 yillarda qurilish meʼyorlarida asosiy qisoblash nazariyasi boʻlib keldi. Shu davr mobaynida Temirbeton konstruksiyalar k. larining mustahkamligi shu nazariya asosida hisoblanib kelindi.
    Rivojlanishning uchinchi davrida (1955-yildan) yangi usul — chegaraviy holatlar boʻyicha hisoblash usuli yaratildi. Bu usul hozirgi kunda ham qoʻllaniladi va davr talabiga moye ravishda yil sayin takomillashib boradi. Zamonaviy qurilish texnologiyasining muhim vazifalaridan biri temirbeton, shu jumladan, yengil Temirbeton konstruksiyalar k. yaratish va amalda joriy etishdan iborat.
    Binolarning asosiy konstruktiv elementlari. Har qaysi bino (inshoot) alohida konstruktiv elementlardan tashkil topgan.
    Bino- Har xil ishlab–chiqarish jarayonlarini bajarish uchun va odamlarni ishlashi va yashashi uchun moʻljallangan yer usti qurilmasiga bino deyiladi.
    Binolar funksional vazifalariga qarab fuqaro, shu jumladan, yashash uy–joy, jamoa va ishlab–chiqarish binolariga boʻlinadi.
    Inshoot – bu material va bashqalarni saqlash, ishlab–chiqarish jarayonlarini bajarish uchun muljallangan maxsus vazifadagi qurilmadir.
    Poydevor – bu yuklarni binodan uni asosiga, yaʼni gruntga uzatish va tarqatish uchun moʻljallangan binoning yer yuzidan pastga joylashgan qismidir.
    Devorlar imoratni tashqi atmosfera muhitdan toʻsish (tashqi devorlar) yoki imoratni alohida xonalar (ichki devorlar) ga boʻlish uchun xizmat qiladi.
    Alohida tayanchlarga yopma va tomlardan tushadigan yukni qabul qiladigan yoki tashqi devorlarni ushlab turadigan ustunlar kiradi.
    Yopmalar – bu oʻz ogʻirligi, odamlar, texnik asbob–uskunalar va shunga oʻxshashlardan tushadigan yuklarni qabul qiladigan va bino (inshoot) larni balandligi boʻyicha qavatlarga boʻladigan konstruksiyalarning gorizontal elementlaridir.
    Tom – bu oʻz ogʻirligi, qor va baʼzida shamol taʼsiridan tushadigan yukni qabul qiladigan hamda imoratni tashqi klimatik faktor va taʼsirlardan himoya qiladigan bino (inshoot) ning yuqorisidagi toʻsiqdir.
    Zinapoya – bu qavatlararo aloqa uchun xizmat qiladigan bino (inshoot)ning elementidir.
    Pardadevor – bu binoning ichki boʻshligʻini alohida xonalarga boʻlish uchun xizmat qiladigan va bevosita yopmalarga tayanadigan yupqa ichki devordir.
    Avtomobil yoʻllaridagi inshootlarning turlari. Avtomobil yoʻllari jumxuriyatimiz turmushida judayam muxim axamiyatga yega murakkab tutashib ketgan tarmoqlardan hisoblanadi. Ular bir-biri bilan, temir yoʻllar bilan chatishib, kerak boʻlgan joylarda kesishib irmoqlanib ketgan. Ular joylardagi sharoitlarga koʻra turli xil toʻsiqlar kesib oʻtishga toʻgʻri keladi. Daryolar katta ariq va ariqchalar, koʻlcha va dengiz qoʻltiqchalar, soylar, jarliklar, katta chuqurliklar, togʻlar va togʻlar tizimlari oʻzaro yoʻllar oʻtkazish zarur boʻlishi mumkin.
    Mana shu va shular kabi aytib oʻtilgan toʻsiqlardan xarakatni yoʻllararo xavfsiz, toʻsiqsiz oʻtkazish uchun quyidagi har xil turdagi sunʼiy inshootlar qurilishi kerak: koʻprik inshootlar, quvurlar, tunnellar, galereyalar, balkonlar, tirgak va qoplovchi devor va devorchalar
    Qurilish konstruksiyalari poʻlat, alyuminiy, beton, temirbeton, tosh, plastmassa gazmol va boshqalarlardan tayyorlanadi. Metall konstruksiyalardan har xil vazifani bajaruvchi katta oraliqli binolarning sinchi va tomlarida foydaniladi. Beton va temirbeton konstruksiyalar kam tanqisligi, yuqori mustahkamli, uzoqqa chidamliligi, olovbardoshligi, suv oʻtkazmasligi va har xil formadagi elementlarni tayyorlash mumkinligi, hamda foydalanish chiqimlarning kam talab qilganligi uchun qurilishda yetakchi oʻrinni egallaydi. Materiallarni toʻgʻri tanlash va ularni qoʻshishga konstruksiyalarning texnik – iqtisodiy koʻrsatkichlari, ularning ishonchliligi, uzoqqa chidamliligi va boshqalar bogʻliq boʻladi.
    Qurilish konstruksiyalariga qoʻyiladigan talablar. Bino (inshoot) larga quyidagi talablar qoʻyiladi:
    binolar mustahkam, bikir, ustivor, uzoqqa chidamli boʻlishi, sanitar–gigiyena, olovga qarshi, iqtisodiy va arxitektura talablarini qondirishi lozim.
    Loyihalash jarayonida konstruksiya va uni tayyorlash, saqlash, tashish paytida, shuningdek inshootni tiklash davrida taʼsir etadigan yuklarni eʼtiborga olish lozim boʻladi. Hisob ishlarida yuklarni meʼyoriy va hisobiy qiymatlaridan foydalaniladi. Konstruksiyadan oʻz meʼyorida foydalanish chogʻida meʼyor /8/ boʻyicha unga qoʻyilishi mumkin boʻlgan yuklarning maksimal qiymati meʼyoriy deb ataladi.
    Konstruksiyaga taʼsir etadigan yuklar doimiy yoki vaqtincha (muvaqqat) boʻladi. Konstruksiya yoki inshootning butun umri davomida unga taʼsir etib turadigan yuk doimiy yuk deyiladi.
    Muvaqqat yaʼni vaqtincha taʼsir etadigan yuklar uch turga boʻlinadi: uzoq muddat va qisqi muddat taʼsir etadigan hamda maxsus yuklar. Texnologik jarayonlarga bogʻliq boʻlgan taʼsirlar uzoq muddatli muvaqqat yuklarga kiradi. Maslan, elevatorga toʻldirilgan don yilning maʼlum muddati davomida konstruksiyaga bosim kuchi bilan taʼsir etadi, shamol, qor singari taʼsirlar qisqa muddatli yuklarga misol boʻla oladi. Zilzila va portlash kuchlari kabi taʼsirlar maxsus yuklarga kiradi.
    Muvaqqat yaʼni vaqtincha taʼsir etadigan yuklar uch turga boʻlinadi: uzoq muddat va qisqi muddat taʼsir etadigan hamda maxsus yuklar. Texnologik jarayonlarga bogʻliq boʻlgan taʼsirlar uzoq muddatli muvaqqat yuklarga kiradi. Maslan, elevatorga toʻldirilgan don yilning maʼlum muddati davomida konstruksiyaga bosim kuchi bilan taʼsir etadi, shamol, qor singari taʼsirlar qisqa muddatli yuklarga misol boʻla oladi. Zilzila va portlash kuchlari kabi taʼsirlar maxsus yuklarga kiradi.
    Konstruksiyaga taʼsir etadigan real yukni aniqlash uchun yuklarning qaysi turlarini qoʻshish mumkinligini bilish zarur. Bu muammo qurilish meʼyorlarida /7/ hal etilgan, yaʼni qanday hollarda qanday yuk va taʼsirlar qoʻshilishi mumkinligi belgilab qoʻyilgan.
    Birinchi guruh boʻyicha asosiy qoʻshimchalarga doimiy, uzoq muddatli va bitta qisqa muddatli yuklar kiradi. Qisqa muddatli yuklarni hisobga kiritishda qoʻshilmalar koeffitsiyenti s=0,9 olinadi. Yuklarning maxsus qoʻshilmalari doimiy, uzoq muddatli, qisqa muddatli va bitta maxsus yukdan tashkil topadi. Bunda qisqa muddatli yuklar s=0,8 koeffitsiyentiga koʻpaytiriladi, maxsus yuk esa toʻlaligicha olinadi.

    Dovul shamollari koʻpchilik muhandislik qurilmalarining vayron boʻlis higa sabab boʻladi. Bino va inshootlaming shakli - ularning balandligiga qarab aerodinamik samarasi har xil boʻladi. Bino tomi ikki nishabli boʻlsa, shamol keladigan tomoni koʻtarilishi mumkin. Binoning tomi yengil material bilan yopilganida esayotgan shamol kuchi uni ogʻirligidankoʻp kuch hosil qilib koʻtarib yuborishi mumkin. Binokor ustalar hamisha buni nazarda tutishlari lozim. Zilzila kuchi — zilzila paytida tebranishning binolarga taʻsiri. Zilzila koʻplab vayronalarga sabab boʻladi. Shu sababli zilzila boʻladigan hududlarda maxsus choralarni koʻrish kerak, qoMlanmaning oxirgi boblarida bu haqda toʻliq maʻlumot berilgan.


    Inshootga taʻsir etadigan har qanday tashqi kuchlar yuklar (nagruzkalar) deb ataladi. Yuklar taʻsir etish xarakteri, taʻsir etish koʻrinishi, taʻsir etish usuli, taʻsir etish joyiga qarab turli xillarga boʻlinadi (klassifikatsiyalanadi). 1. Yuklar qoʻyilish vaqtining davomiyligiga qarab Statik va dinamik yuklarga boʻlinadi. Statik yuklar inshoot yoki uning elementlariga shunchalik ohista qoʻyiladiki, natijada elementlarda hosil boʻladigan tezlanishlarning qiymatini hisobga olmasa boʻladigan darajada kichik boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, Statik yuklar taʻsirida inshootda tebranish yo uygʻonmaydi, yoki uygʻonsa ham juda kichik boʻladi. Dinamikyuklartaʻsirida inshoot va uning elementlarida tezianish uygʻonadi, bu esa oʻz navbatida tebranishlaming vujudga kelishiga sababchi boiadi. 2. Taʻsir etish koʻrinishiga qarab yuklar doimiy va muvaqqat (vaqtincha) boiishi mumkin. Muvaqqat yuklaming oʻzi oʻz navbatida, uzoq muddatli, qisqa muddatli va maxsus yuklarga boʻlinadi. Doimiy yuk inshootning xizmat qilish muddati mobaynida oʻz qiymati va yoʻnalishini o ʻzgartirmagan holda mutassil ta ʻsir etib turadi. Bunga inshootning xususiy ogirligi, tuproq va suv bosimi kabilar misol boʻla oladi. Uzoq muddatli muvaqqat yuklarga uzoq vaqt xizmat qiladigan turli jihozlar (masalan kutubxonalardagi kitoblar), omonat pardevorlar va boshq. kiradi. Qisqa muddatli muvaqqat yuklar toifasiga shamol, iqlimiy harorat taʻsiri, shuningdek qor, odamlar va mebellarning ogʻirligi kabilar kiradi. Zilzila va portiash taʻsirlari, gruntlaming notekis choʻkishi maxsus muvaqqat yuklarga kiradi. 3. Taʻsir etish usuliga koʻra yuklar birkarrali, takroriy-oʻzgaruvchan va harakatlanuvchan xillarga bolinadi.


    Binolar quyidagi koʻrsatkichlariga koʻra har xil kategoriyalarga boʻlinadi. Vazifasiga koʻra: 1. Fuqaro (turar-joy vajamoat) — kishilarning maishiy va jam oatchilik ehtiyojlariga moʻljallangan binolar. Turar-joy binolari — yashash uchun qurilgan uylar, yotoqxonalar, mehmonxonalar va b. Jamoat binolari — maʻmuriy, oʻquv, madaniy-maishiy, savdo, kommunal xoʻjalik, sport va boshqa turdagi binolar. 2. Sanoat binolari — biror sanoat mahsulotini ishlab chiqarishda m ehnat jarayonini amalga oshirish uchun moʻljallangan va ichiga ishlab chiqarish qurollari joylashtirilgan binolar (ustaxonalar, omborxonalar, garajlar, elektrostansiyalar, sex binolari va b.). 3. Qishloq xoʻjalik binolari — qishloq xoʻjaligi extiyojlarini qondirish uchun foydalaniladigan binolar (molxona, parrandaxona, issiqxonalar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saqlaydigan omborxonalar va b.) Devor materialiga koʻra: 1. Gʻisht devorli. 2. Tosh devorli. 3. Paxsa devorli. 4. Yogʻoch devorli va h. k. Koʻrinishi va oʻlchamiga koʻra: 1. Mayda elementlardan tuzilgan — gʻisht, sopol blok, mayda blok va h.k. 2. Yirik elementlardan tuzilgan — yirik bloklar, paneilar, hajmiy blok va h.k. Binolarning qavatlari soniga ko ʻra: 1. Kam qavatli — 1—2 qavatli. 2. 0 ʻrtacha qavatli — 3—5 qavatli. 3. Ko ʻp qavatli — 6—10 qavatli. 4. Juda baland — 11—25 qavat. 5. Osmonoʻp a r— 30 qavatdan baland. Umrboqiyligi boʻyicha: I. Xizmat davri 100-yildan ortiq. II. Xizmat davri 50 yildan 100-yilgacha. III. Xizmat davri 20 yildan 50 yilgacha. IV. Xizmat davri 5 yildan 20 yilgacha.





    Download 118.36 Kb.
      1   2




    Download 118.36 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti

    Download 118.36 Kb.