*zbekiston respublikasi




Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/47
Sana25.11.2023
Hajmi1,23 Mb.
#105213
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob

VIII BOB 
IRODA 
 
1. Iroda to’g’risida tushuncha 
Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo’nalishda tashkil qilish, 
muammolar yechimini egallash yuzasidan ma'lum bir qarorga kelish, uni amalga 
oshirish jarayonida qiyinchiliklarni yengish harakatlar yordami bilan ro’yobga 
chiqadi. Turli eshtiyojlar (shaxsiy, jamoaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma'naviy) 
tufayli vujudga keladigan, maqsadga yo’nalganlik xususiyatini kasb etadigan 
shaxsning faolligi o’zining tuzilishi, shakli rang- barang bo’lgan harakatlar, xatti -
harakatlar va sa'i -harakatlar yordami bilan tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga 
muvofiq kelmaganligi sababli qayta quradi, takomillashtiradi, ezgu niyatga xizmat 
qildirishga bo’ysundiriladi. Eshtiyoj, motiv, qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan
mayllar negizidan kelib chiqadigan barcha ko’rinishdagi harakatlar o’zlarining 
yuzaga kelishiga binoan ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi.
Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki yetarli darajada 
anglanmagan istak, xoshish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki 
ta'sirida paydo bo’lishi natijasida ro’yobga chiqariladi. Mazkur istak va uning 
boshqa shakllari impulsiv (lotincha impulsus ixtiyorsiz qo’zg’olish ma'nosini 
anglatadi) xususiyatiga ega bo’lib, inson tomonidan anglanilmaganligi uchun 
ma'lum ob'ektga qaratish yuzasidan rejalashtirilmagan, shatto ko’zda tutilmagan 
bo’ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda yuzaga keladigan sarosimalik affekti, 
dashshat, shayajonlanish, ajablanish, shubshalanish va shunga o’xshash boshqa 
moshiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz turkumdagilarga yorqin 
misoldir. Undagi atamalar ma'nosi, aks etish imkoniyati bundan oldingi shissiyot 
to’g’risidagi ma'lumotlarda keng ko’lamda bayon qilingan.
Boshqa kategoriyada taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, 
ular maqsad ko’zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta'minlovchi 
operasiyalar, usullar va vositalarni shaxs o’z miyasida tasavvur qilishni, 
samaradorligini taxminan basholashni taqozo etadi. o’zining moshiyati bilan 
tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy harakatlarning aloshida guruhini irodaviy harakatlar 
deb ataluvchi turkum tashkil qiladi.


146 
Psixologik ma'lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta'rif berish 
mumkin: "Maqsadga erishish yo’lida uchraydigan qarama-qarshiliklarni bartaraf 
qilish jarayonida zo’r berish bilan uyg’unlashgan, muayyan maqsadga 
yo’naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi".
Shaxsning irodaviy faoliyati o’z oldiga qo’ygan anglangan maqsadlarni 
bajarishdan, amalga oshirishdan iborat sodda shakldagi harakatlarning 
majmuasidan iborat emas. Zo’r berishni taqozo etmaydigan ish harakati (masalan, 
shkafdan choynak olish, sochiqni qoziqqa ilish va hokazolar) bilan irodaviy 
faoliyat tarkiblari o’rtasida keskin tafovut mavjud. Irodaviy faoliyat o’ziga xos 
xususiyatga ega bo’lib, uning moshiyati shundan iboratki, bunda shaxs o’z oldiga 
qo’ygan va unga muhim ahamiyat kasb etuvchi maqsadlariga o’zi uchun kamroq 
qiymatga molik xatti-harakat motivlarini bo’ysundiradi. Ustivor (etakchi) motivlar 
qo’shimcha ko’makchi motivlarni muayyan yo’nalishga safarbar qilib, umumiy 
maqsadga xizmat qildiradi.
Shaxs faolligining har xil ko’rishlari mavjud bo’lib, ular funksional 
tomondan bir-biridan farqlanadi, lekin iroda inson faolligining aloshida o’ziga xos 
shaklidan iboratligi ajralib turadi. Iroda insonning o’z xatti-harakatlarini (xulq-
atvorini) o’zi boshqarishini, u yoki bu xususiyatli intilish va istaklarini 
tormozlashni talab qiladi, binobarin, u anglanilgan turlicha harakatlar tizimi 
mujassam bo’lishini nazarda tutadi. Irodaviy faoliyat moshiyati shunda ko’zga 
tashlanadiki, bunda shaxs o’zini o’zi boshqaradi, o’zini qo’lga oladi, o’zining 
xususiy ixtiyorsiz impulsiv tomonlarini nazorat etadi, shatto zarurat tug’ilsa, u 
holda ularni tamoman yo’qotadi ham. Irodaning paydo bo’lishi bosh omili-inson 
tomonidan faoliyatning turli tarkiblarining irodaviy harakatlarning tizimli tarzda 
tatbiq etilishi bunday ish-harakatlarda ong bilan mujassamlashuvchi shaxsning 
faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng qo’lamda anglanilgan va ruhiy 
jarayonlarni amalga oshirish xususiyati bo’yicha irodaviy zo’r berishni talab 
qiladigan aqliy amallarni taqozo etadi. Bunday aqliy amallar favquloddagi 
vaziyatni basholash, kelgusida amalga oshirishga mo’ljallangan harakatlar uchun 
vositalar va operasiyalar tanlash, maqsad ko’zlash va unga erishishning usullarini 
saralash, ularni tatbiq etish uchun muayyan qaror qabul qilish kabilar bo’lib 
shisoblanadi. Ushbu amallarning barchasi irodaviy faoliyatning operasional tomoni 
deb basholanadi.
Shuni aloshida ta'kidlash joizki, ba'zi psixologik holatlarda, vaziyatlarda 
irodaviy faoliyat insonning butun shayot yo’lini aniqlab beradigan, uning ijtimoiy 
psixologik qiyofasini (siymosini) namoyon qiladigan va ma'naviy-axloqiy 
qadriyatini ro’yobga chiqarishga yordam beradigan qarorga kelish bilan 
uyg’unlashadi. Shuning uchun bunday irodaviy harakatlarni amalga oshirish 
jarayonida shaxs ongli harakat qiluvchi sub'ekt tariqasida ham ularning 
kashfiyotchisi, ham bir davrning o’zida ijrochisi (bajaruvchi) bo’lib ishtirok etadi. 
Mazkur holatda shaxs o’zida to’kis mujassamlangan qarashlari tizimiga (dinamik 
stereotipiga), iymon-e'tiqodga, ishonch va dunyoqarashiga, qadriyatiga, shayotiy 
munosabatlari majmuasiga, aql-zakovatiga, ma'naviyatiga asoslangan holda ongli 
yo’l tutadi. Shaxsning umr (shayot) yo’lida qadriy xususiyat kasb etuvchi 


147 
javobgarlik shissi irodaviy harakatlarni tatbiq qilishda uning miyasiga 
mujassamlashgan, anglanilgan barcha ijtimoiy psixologik hartlangan fazilatlar 
(qarash, e'tiqod, qadriyat, ma'naviyat va hokazolar) sog’lom fikr, ustuvor (yuksak 
tuyg’u) shissiyot tariqasida faollashadi, mustashkamlanadi hamda basholash
qarorga kelish, tanlash, ijro etish (bajarish) jarayonlariga ta'sir qilib, umumiy 
hamkorlik tizimida o’z izini qoldiradi. Javobgarlik shissi shaxs ma'naviyati, 
ruhiyati, qadriyati namoyon bo’lishi, kechishi, takomillashishi bosqichlarining 
boshqaruvchisi, ongli turtkisi, sifatining ko’taruvchisi funksiyasini bajaradi.
Insoniyatning ijtimoiy tarixiy taraqqiyotining yirik namoyandalari ijodiy 
faoliyatiga taalluqli ma'lumotlar, qarorga kelish namunalari ularning ijtimoiy 
psixologik qiyofalarini aks ettirish imkoniyatiga egadir. Masalan, buyuk sarkarda 
Amir Temur Ko’ragoniyning "Kuch adolatdadir" degan shikmati, Alisher 
Navoiyning "Zanjirband sher-engaman der" shitobi, Cho’lponning "Xalq 
dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir" chaqirig’i javobgarlikni yuksak shis etgan 
holda xalqining xoshish irodasini ifoda qilib, qat'iy irodaviy xatti-harakatlarini 
amalga oshirganlar, shu bilan birga ular o’zlarining ma'naviy, qadriy, ruhiy 
qiyofalarini chuqur va ko’pyoqlama ochib berishga muharraf bo’lganlar. Ijtimoiy 
tarixiy sashifalarimizda, yaqin o’tmishimizda va istiqlol davrida ko’plab 
vatandoshlarimiz 
irodaviy 
xatti-harakatlarining 
namunaviy 
ko’rinishlarini 
namoyish qilganlar, bular rasmiy manbalarda va badiiy adabiyotlarda keng 
ko’lamda yoritilgan.
Yuqoridagi mulohazalardan tashqari, irodaviy faoliyatning o’ziga xos 
psixologik xususiyatlari ham mavjuddir va ular muayyan tavsiflarga asoslanib 
talqin qilinadi. Irodaviy faoliyatni yoki aloshida iroda aktini (latincha actus harakat 
degan ma'noni anglatadi amalga oshirishishning xususiyatlaridan biri-bu 
bajarilayotgan harakatlarning erkin ekanligini shaxs tomonidan anglash (bunday 
qilsa ham bo’ladi yoki unday qilsa ham) iboratligidir. Ushbu jarayonda shaxs 
shech bir narsani uddasidan chiqmaydigan yoki vaziyatga to’la-to’kis tobelik 
qiladigan, qolaversa yuzaga kelgan haroit talablariga so’zsiz, zaruriy 
bo’ysunadigan kechinmalar shukm surmaydi. Shuning uchun shaxs tomonidan 
qarorga kelishning erkinligi, mustaqilligi bilan uyg’unlashgan kechinmalar shukm 
surishi mumkin, xolos. Mazkur qarorga kelishdagi erkinlik shissi insonning o’z 
niyatlari bilan harakatlari ro’yobga chiqishiga nisbatan mas'uliyat yoki javobgarlik 
tuyg’usining kechishi bilan izchillik kasb etadi.
Yuqoridagi mulohazalarni durustroq anglash uchun ba'zi bir psixologiya 
olamidagi hodisalarga murojaat qilish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda 
psixologiya fanining namoyandalarini keskin ravishda ikki qutbga ajratgan holda 
tashlil va talqin qilishning umri tugadi, lekin g’oyalar, nazariyalar o’rtasida 
qarama-qarshiliklar mavjud emas degan ibora fan olamidan siqib chiqarilishini 
bildirmaydi, albatta. Iroda erkinligi to’g’risidagi g’oyat bashsli psixologik 
muammo sanaladi, chunonchi ushbu nazariya tarafdorlarining fikricha, inson 
tomonidan amalga oshiriladigan ruhiy harakatlar (aktlar) biron bir sababiy 
bog’liqlikka ega emaslar, ular avtonomdirlar, lekin bular o’z xoshishlaridan boshqa 
shech bir narsaga bo’ysunmaydilar. Mulohazadan ko’rinib turibdiki, irodaviy 


148 
erkinlik shaxsdan tashqari shukm surishi, u boshqa ruhiy holatlar, hodisalar, 
voqeliklar bilan go’yoki sababiy bog’lanishga ega emasdir. Insonning ijtimoiy 
tarixiy taraqqiyoti davridagi barcha harakatlari to’la anglanilgan yoki yetarli 
darajada anglangan darajada ekanligidan qat'i nazar ular ob'ektiv jishatdan 
psixikaning boshqa shakllari bilan izchil bog’lanishda bo’lib kelgan.
Xuddi shu boisdan shaxsning irodaviy harakatlari nima uchun aynan 
shunday amalga oshirilganligini aniqlash darajasi yuqori bo’lmasa-da, lekin biz 
ularni tushuntira berish imkoniyatiga egamiz. Ilmiy ma'lumotlarga qaraganda, 
shaxsning irodaviy harakati tamomila determinizmga (latincha determinure 
sababiy bog’liqlik yoki hartlanganlik degan ma'noni bildiradi), binobarin, sababiy 
bog’lanish qonuniga bevosita bo’ysunadi. Iroda shaxsning psixologik qiyofasi, 
uning ijtimoiy shayoti va faoliyati haroitida turli axborotlar natijasi sifatida yuzaga 
kelgan motivlarning xususiyati va maqsadi bilan uyg’unlashgandir. Shuningdek, 
irodaviy faoliyatning bevosita motivi (sababchisi, turtkisi) tariqasida harakatlar 
tizimini vujudga keltiruvchi, ularni tartibga soluvchi rang-barang vaziyatlar 
haroitlar namoyon bo’ladi. Shuni unutmaslik joizki, shaxsning irodaviy faoliyati 
ob'ektiv jishatdan boshqa kategoriyalar bilan bog’langandir, biroq bundan iroda 
psixologik jishatdan ro’yobga chiqishiga inson mas'uliyatiga kirmagan, undan 
tashqari noma'lum majburiy zaruriyat degan xulosa kelib chiqmasligi lozim.
Irodaviy faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan tashkil 
topgandir; 1) irodaviy harakatlarni shaxs hamisha ularning sub'ekti sifatida amalga 
oshiradi; 2) irodaviy akt, harakat shaxs to’la-to’kis mas'ullikni zimmasiga olgan 
ish, amal sifatida ichdan (ichki dunyosida) kechiriladi; 3) irodaviy faoliyat tufayli 
inson ko’p jishatdan o’zini o’zi shaxs sifatida anglaydi; 4) irodaviy faoliyat sababli 
shaxs o’z shayot yo’li va taqdirini o’zi belgilashini tushunib yetadi va hokazo. Shu 
bilan birga irodaning faollashtiruvchi va jilovlab turuvchi (tormoz qiluvchi) 
funksiyalari birgalikda (hamkorlikda) shukm sursagina, faqat shundagina 
shaxsning o’z maqsadiga erishish yo’lidagi to’siqlarni yengishni kafolatlashi 
mumkin. Psixologiya fanida iroda nisbatan indeterministik qarash ham mavjud 
bo’lib, bunda psixik faoliyat biror narsa bilan belgilab bo’lmaydigan, ongsiz 
ravishda kechadigan dastlabki faollikka tobe shisoblanadi. AqShlik psixolog 
U.Jems fikricha, shech narsaga bog’liqligi yo’q irodaviy shukm yetakchi rol 
o’ynaydi. Aslida esa shaxsning ish amallari, harakatlari shayoti va faoliyatida 
ob'ektiv ravishda belgilanadi. o’z ichiga irodaviy harakatlarni mujassamlashtirgan 
motivlar shaxsning Hozirgi davridan va o’tmishidan joy egallagan tashqi ta'sirlar 
natijasi sifatida insonni psixik rivojlanish jarayonida, uning borliq hodisalariga 
nisbatan faol munosabatida yuzaga chiqadi, asta-sekin tarkib topadi. Irodaviy 
harakatlarning sababiy bog’langanligi omili muayyan faoliyat usuli shaxsga 
majburan berilganini, shaxsiy xulq-atvori uchun javobgar emasligini, taqdiri azal 
deb tushuntirish shuquqiga ega ekanligini anglatmaydi.
Irodaviy faoliyatni shaxs uning batamom oqibatlari uchun sub'ekt sifatida 
amalga oshiradi. Faoliyat uchun ob'ektning o’ziga mas'ul shisoblanadi, vasholanki 
uning maqsadi doirasidan tashqari chiqadi. Sub'ekt muruvvat ko’rsatarkan, 
boshqacha tarzda yordam uyushtiradi, muammolarni shal qilishga ko’maklashadi.


149 
Shaxslar o’zlarining faoliyati uchun mas'uliyatni boshqa birovga yuklashga 
moyilligiga binoan, ular sezilarli ravishda bir-birlaridan tafovutlanadilar. Insonning 
shaxsiy faoliyati natijalari uchun mas'uliyatni tashqi kuchlarda va haroitlarda qayd 
qilish, shuningdek, shaxsiy kuch va g’ayratiga, qobiliyatiga moyillikni 
aniqlaydigan mezonlar nazorat lokusi (latincha lotus o’rnashgan joy va fransuzcha 
conlrole-tekshirish degan ma'no anglatadi) deb ataladi. Ma'lumki, o’z xulq-atvori 
va o’z faoliyati sabablarini tashqi omillardan deb tushunishga moyil odamlar 
mavjud.
Psixologiya fanida nazoratni lokallashtirish deganda shaxsning individual 
faoliyati natijalari uchun mas'uliyatni tashqi kuchlarda va haroitlarda qayd qilishni, 
shuningdek, ularning kuch-g’ayratiga, qobiliyatiga moyilligini belgilaydigan 
sifatlar majmuasi tushuniladi. Nazoratni lokallashtirish tashqi (eksternal) hamda 
ichki internal turlariga ajratiladi. Nazoratni tashqi lokallashtirishga ba'zi misollarni 
keltiramiz: Xodim ishga, talaba darsga kech qolsa, bu hodisani turlicha bashonalar 
bilan izoshlashga harakat qiladi. 1) avtobus o’z vaqtida kelmadi, 2) yo’lovchilar 
ko’p bo’lganligi uchun avtobusga chiqa olmadim, 3) avtobus juda sekin harakat 
qiladi, 4) transport buzilib qoladi, 5) ko’chada yo’l harakati fojiasi yuz bergani 
tufayli ushlanib qoldik va hokazo. Psixologik tadqiqotlar natijalarining 
ko’rsatishicha, nazoratning eksternal lokallik turining namoyon bo’lishi shaxsning
muayyan nuqsonlari va illatlariga bevosita bog’liqdir, chunonchi insonning 
mas'uliyatsizligi, o’z imkoniyatiga ishonmasligi, shadiksirashi, xavfsirashi, shaxsiy 
niyatini ro’yobga chiqarishni paysalga solishi va boshqalar. Mabodo shaxs o’z 
xulq-atvori oqibati uchun mas'uliyatni o’z zimmasiga olsa, o’z qilmish-
qidirmishlarini shaxsiy xususiyatidan deb tushunsa, bunday psixologik voqelik 
nazoratning internal (ichki) lokallashuvi mavjud ekanligini bildiradi. Nazoratning 
ichki lokallashtirishiga xos insonlar maqsadga erishish yo’lida mas'uliyat yoki 
javobgarlik shis etadilar, o’zini o’zi tashlillash imkoniyatiga egadirlar. Ijtimoiy 
tarbiya jarayonida shaxsda lokallashtirishning har ikkala (eksternal, internal) turini 
shakllantirish tufayli uning mustashkam shaxsiy fazilatiga aylantirish mumkin. 
Irodaning o’ziga xos ko’rinishlari shaxsning tavakkalchilik vaziyatidagi 
xatti-harakatida ro’yobga chiqadi. o’ziga mashliyo qiluvchi maqsadga erishish 
yo’lida xavf-xatar, yo’qotish daxshati, muvaffaqiyatsizlik unsuri bilan ham 
hamoshang, ogosh dadil harakat tavakkalchilik deyiladi. Tavakkalchilik 
jarayonidagi noxushlik kutilmasi muvaffaqiyatsizlik eshtimoli bilan noqulay 
oqibatlar darajasi uyg’unlashuvi mezoni orqali o’lchanadi. Tavakkalchilikda 
muvaffaqiyat bilan muvaffaqiyatsizlik kutilmasi eshtimoli yotadi, yutuqqa erishish 
shaxsda xush kayfiyatni vujudga keltirsa, mag’lublik esa noxushlik holatining bosh 
omili shisoblanadi. o’z- o’zidan ma'lumki, yutuq (g’oliblik) quvonch nashidasini 
uyg’otsa, omadsizlik jazo, moddiy va ma'naviy yo’qotishni ro’yobga chiqaradi. 
Lekin shunga qaramasdan, insonlar tavakkal qilish harakatidan shech mashal voz 
kechmagan xosh u kundalik shayot muammosiga aloqador voqelik, xosh murakkab 
mehnat, xosh harbiy yurishlar bo’lishiga qaramay, shuning uchun tavakkalchilik 
insoniyat dunyosining ijtimoiy tarixiy taraqqiyoti davrining qaror qabul qilish 


150 
namunasi, mashsuli sifatida shaxsning shayoti va faoliyatida to shozirgacha 
ishtirok etib kelmoqda.
Psixologik manbalarda ko’rsatilishicha, tavakkalchilik harakatini amalga 
oshirishning o’zaro uyg’unlashgan ikkita sababi mavjudligi qayd qilib o’tiladi. 
qarorga kelishning birinchi sababi-bu yutuqqa umidvorlik muvaffaqiyatga 
erishilganda kutilishi eshtimol qiymatning mag’lubga oqibati ko’rsatgichidan 
yuksakroq bo’lishiga ishonchdir. Ushbu voqelik vaziyatni tavakkalchilik deb 
atalib, 
muvaffaqiyat 
motivasiyasining 
muvaffaqiyatsizlikdan 
qutilish 
motivasiyasidan yaqqolroq namoyon bo’lishida o’z ifodasini topadi. Shu boisdan 
tavakkalchilik inson uchun qaror qabul qilishda muhim ahamiyat kasb etadigan 
ruhiy hodisa shisoblanib, u yoki bu tarzdagi harakatni amalga oshirib, o’z xulq-
atvorini namoyish qiladi. Deshqon kechikib yerga urug’ qadashga tavakkal qilgan 
bo’lsa, shosil pishib yetilishi xavfi tug’iladi, lekin agrotexnika vositalaridan jadal 
sur'atda foydalansa, asosiy mablag’ni sarf qilib qo’yish tashvishi uyg’onadi. 
Irodaviy qaror qabul qilib tavakkalchilikdagi uning mardligi, tashabbuskorligi, 
qat'iyatligi mehnatda yutuqqa erishishni ta'minlaydi. Ammo bunday qarorga kelish 
gosh o’zini oqlaydi, gosho mutlaqo oqlamasligi ham mumkin. Bu borada 
harakatning xavfli yoki xavfsiz yo’lini tatbiq etish, tavakkalchilikning g’oyaviy, 
ma'naviy yuksakligi, qarorning oqilonaligi baxtli tasodif sari yetaklashi mumkin.
Ba'zan tavakkalchining qobiliyati, qat'iyligi, malakaligi, shisob-kitobning 
to’g’ri qilganligi unga omad keltiradi. Tavakkalchilikning ikkinchi sababi xatti-
harakatning xavfli yo’lini afzal bilgan xulq-atvorda ko’zga tashlanadi. Bu voqelik 
shaxsning vaziyatosti faolligi deb nomlanib, insonning vaziyat talablaridan 
ustuvorlikka erishishida, undan (vaziyatdan) yuksakroq maqsad qo’ya olishda 
namoyon bo’ladi. Tavakkalchilikning bu turi "vaziyatusti" yoki "xolisonalik" deb 
atalib, tavakkalchilik uchun tavakkalchilikka yo’l qo’yishni anglatadi hamda 
tavakkalchilikning tavakkalchiligi atamasini keltirib chiqaradi. Shaxsdagi 
tavakkalchilikni riskometr deb ataluvchi maxsus asbobda o’lchab ko’rish mumkin. 
Bu asbob yordamida psixologik tajribada insonlarda muvaffaq bo’lish eshtimoli 
mavjud xolisonalik tavakkalchilikka moyillik, ularning shaqiqiy xavf ostida 
irodaviy harakatlarini oldindan aytib berish (bashorat qilish) imkoniyati vujudga 
keladi.

Download 1,23 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish