Iroda nazariyasi va tadqiqoti to’g’risida tushuncha




Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/47
Sana25.11.2023
Hajmi1,23 Mb.
#105213
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
Bog'liq
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob

3. Iroda nazariyasi va tadqiqoti to’g’risida tushuncha 
Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo’lib, inson ongining moshiyatini 
kashf qilish jarayonidan boshlab, muayyan bilimlar to’planishi tufayli shaxsning 
irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan. XVII asrdayoq 
Gobbs va Spinozalar ta'kidlab o’tganlaridek, faollik manbai bemashsul sohaning 
paydo bo’lishi deb tushunish mumkin emas, chunki uni shaxsiy kuch-quvvatining 
shissiy intilishi bilan uzviylikda qaramoqlik lozim. Spinozaning fikricha, iroda 
bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday tasdiqiy munosabatning tug’ilishi 
irodani ilmiy nuqtai nazardan tushunishni shakllantirgan bo’lsa, ikkinchi bir 
tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi ham. V.Vundtning 
mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining sub'ekti tomonidan ichki 
faollik uniki ekanligini shis etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki 
affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U. Djemsning tan olishicha, 
irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo’lmaydigan birlamchi 
xususiyatga egadirlar. Har qanday g’oya dastlab dinamik tendensiyaga ega 


158 
bo’lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g’oyaning 
boshqasi ustidan ustuvorligini ta'minlashdan iboratdir.
Psixologiyada yetarli darajada qat'iy fikr qaror topgankim, iroda-bu 
insonning qo’yilgan maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan ongli faolligidir. Iroda 
tushunchasi moshiyatiga inson tomonidan maqsad qo’ya olish qobiliyati, o’z 
emosiyasini boshqarish, shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish kiritiladi. V. I. 
Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalar 
chiqaradi: 
a) iroda- bu shaxsning o’z faoliyatini va tashqi olamdagi o’zini o’zi 
boshqarilish shakllarini anglashning tavsifidir; 
b) iroda-insonning yaxlit ongining bir tomoni shisoblanib, u ongning barcha 
shakl va bosqichlariga taalluqlidir; 
v) iroda-bu amaliy ong, o’zgaruvchi va qayta quriluvchi olam, shaxsning 
o’zini ongli idora qilishlikdir; 
g) iroda-bu shaxsning xissiyoti va aql-zakovati bilan bog’liq bo’lgan 
xususiyatidir, ammo qaysidir harakatning motivi (turtkisi) shisoblanmaydi.
V.I.Selivanov irodaning psixologik jabshalarini yoritayotib, u shunday 
g’oyani ilgari suradi, insoning ongini jarayonlar, holatlar, xislatlarni o’zida 
mujassamlashtiruvchi yaxlit tizim sifatida tasavvur qilish mumkin. Shaxsning u 
yoki bu ongli harakati o’zining tuzilishiga ko’ra, u bir davrning o’zida ham aqliy, 
ham shissiy, ham irodaviy shisoblanadi. Tadqiqotchi V.A.Ivannikov esa irodani 
motivasiyaning ixtiyoriy shakli sifatida tushunadi, shuningdek, harakat 
ma'nosining o’zgarishi shisobiga uni tormozlovchi yoki qo’shimcha turtki 
yaratuvchi imkoniyat, yangi real motivlarni harakat bilan birlashtiruvchi yoinki 
vaziyatning tasavvur motivi tariqasida talqin qiladi. Irodaviy boshqariluv esa 
harakatni "ixtiyoriy boshqariluv ko’rinishlarining bittasi sifatida" tushuniladi, 
bunda boshqariluv motivasiyaning ixtiyoriy o’zgarish orqali amalga oshirilishi 
ta'kidlaniladi. 
Yuqoridagi mulohazalardan ko’rinib turibdiki, psixologiya fanida irodani 
tushunish, ta'riflash bo’yicha bir xil munosabat yaratilmaganiday, irodaviy 
sifatlarning ma'noviy asosini tashlil qilish yuzasidan ham umumiylik, umumiy 
qarashlar majmuasi mavjud emas. Jumladan, V.AKruteskiy o’z asarida irodaviy 
sifatlar tarkibiga sobitqadamlik, 
mustaqillik, qat'iyatlilik, 
sabr-toqatlilik, 
intizomlilik, dadillik, jasoratlilik va tirishqoqlikni kiritadi.
P.M.Yakobson bo’lsa, irodaning muhim sifatlarini mustaqillik, qat'iyatlilik, 
tirishqoqlik, o’zini uddalashga ajratadi. Insonda namoyon bo’ladigan irodaviy 
sifatlar sarasiga A. I. Shcherbakov mana bularni kiritadi: sobitqadamlik va 
tashabbuskorlik, tashkillashganlik va intizomlilik, urinchoqlik va tirishqoqlik
dadillik va qat'iyatlilik, chidamlilik va o’zini uddalashlik, botirlik va jasoratlik.
Lekin aksariyat ilmiy psixologik adabiyotlarda irodaviy sifatlar qatorida 
"ishonch" atamasi sanab o’tilmaydi. Shunga qaramasdan, ishonch iroda sifati 
tariqasida tadqiq etilishiga shaqlidir. Buning uchun A.I.Shcherbakov tadqiqotidan 
namuna keltirishning o’zi yetarlidir. Tadqiqotchining ta'kidlashicha, bir talabaga 
institutni qisqa vaqt ( fursat) ichida tugatish taklif qilingan, lekin sinaluvchi bu 


159 
ishni 
uddasidan 
chiqa 
olmaslikni 
oshkora 
bildirgan. 
Shundan 
so’ng 
eksperimentator talabada o’z kuchiga ishonch uyg’otishga maqsad qilib qo’ygan va 
unda irodaviy zo’r berish, qiyinchiliklarni yengish vositalarini shakllantirgan. 
Buning natijasida talaba o’z maqsadiga erishishga muharraf bo’lgan. Bunga 
o’xshash tajribalar boshqa tadqiqotchilar tomonidan ham o’tkazilganligi ilmiy 
adabiyotlarda uchraydi. Shuning uchun ham o’z kuchiga ishonch psixologik hodisa 
sifatida o’rganilishi ko’pchilikni qiziqtiradi, chunki kuchli irodaviy zo’r berish 
qanday omillar bilan hartlanganligini kashf qilish muhim ilmiy muammo 
shisoblanadi. Xuddi shu bois Hozirgi zamon psixologiyasining irodaga oid 
nazariyasi zaifligi tufayli irodaviy sifatlarni tasniflashning asosiy tamoyili 
(prinsipi) ishlab chiqilmagandir. Ushbu psixologik muammoni shal qilish 
maqsadida V. K. Kalin irodaviy sifatlarni tasniflashga (klassifikasiyalashga) qaror 
qiladi. Uning nuqtai nazaricha, bazal irodaviy sifatlar irodaviy jarayonlar asosida 
vujudga keladi, ammo bunda uning intellektual va axloqiy jabshalari ishtirok 
etmaydi. U bazal sifatlarni aniqlash uchun ongning quyidagicha namoyon 
bo’lishini tanlaydi: 
A) faollik darajasining ortishi; 
B) zarur bo’lgan faollik darajasini quvvatlash; 
V) faollik darajasining pasayishi.
Ana shulardan kelib chiqqan holda tadqiqotchi quyidagi sifatlarni mulohaza 
uchun tavsiya qiladi; g’ayratlilik, chidamlilik, vazminlik. Agarda bu jarayonda 
intellektual negiz ishtirok etmasa, shu narsani tushunib bo’lmaydi, qaysi shal 
qiluvchi qurilma shisobiga vaziyat basholanadi va harakatni kuchaytirish, 
quvvatlash, pasaytirish to’g’risidagi komanda beriladi. V.K.Kalin bazali tizimga 
kirmagan irodaviy sifatlarni ikkilamchi deb nomlaydi, chunki ularda bilimlar, 
ko’nikmalar, emosiya va intellektning paydo bo’lishi mujassalashadi. Muallif 
qat'iyatlikni ikkilamchilar qatoriga kiritadi, vasholanki uning fikricha, u o’ziga 
mashliyo qiladigan shis-tuyg’ularni yengishdan, shuningdek, rad etilgan 
variantlardan, ishonchsizlikni to’sishdan tashkil topadi. U tirishqoqlikni ham 
ikkilamchi sifatlar tarkibiga kiritadi, Chunki ularda ob'ektning to’planganligi 
ifodasi o’z aksini topgan, ravshan shayotiy qadr-qiymat mujassamlashgan. 
Chidamlilik tavsifida "qo’shimcha impulslar", "qo’shimcha irodaviy zo’r berish", 
"iroda kuchi", "sabr-toqat" jabshalari ifodasining o’rni mavjud.
Chidamlilikka turtkining xususiyatlari tirishqoqlik irodaviy sifatga mos 
tushish shollari uchraydi. Ye. P. Ilinning rang jadvalida tirishqoqlik sifati 
chidamlilikdan keyin joylashgan bo’lib, quyidagi ta'rifga ega: " Tirishqoqlik-
qiyinchilikka va muvaffaqiyatsizlikka qaramasdan, maqsadga erishish yo’lida 
uzluksiz ravishda intilishning paydo bo’lishidir". Tadqiqotchi D. N. Ushakovning 
mulohazasicha, "chidam" tushunchasi quyidagi ma'no anglatib keladi: 
1) 
aksil harakat qilmasdan, shikoyatsiz, shasratsiz shalokatli, mushkul, noxush 
holatlarni dildan kechiradi; 
2) 
aksil harakat qilmasdan, o’zgarishlarni kutgan tarzda taqdir shaziliga rozi 
bo’lish; 
3) 
biror holatga mubtalolik; 


160 
4) 
nima bilandir kelishish, biror ortiqcha kechinmaga parvo qilmasdan, 
og’irchilikni muruvvatkorona o’tkazish; 
5) 
imkon darajada amal qilishga ko’nikish; 
6) 
shoshqaloqlikka yo’l qo’ymaslik; 
7) 
paysalga solishga, kutishga imkoniyat yaratish; 
Shuni aloshida ta'kidlab o’tish joizki, tirishqoqlik, qat'iyatlik sifatlari bilan 
bir qatorda chidamlilikni irodaviy xislatlarning yetakchisi tariqasida tan olish, 
qiyinchiliklarga qaramasdan, harakatni davom ettirishga intilish tarzida tushunish 
muhim ahamiyat kasb etishi shak-shubshasiz.
Lekin 
og’riqqa 
chidash, 
bardoshlikka 
moyillik 
nuqtai 
nazardan 
yondashinilganda esa irodaning erkinligi ta'biri, irodaviy sohaning paydo bo’lishi 
va amalga oshishi moshiyati yuzasidan metodologik nuqsoniy talqin yuzaga kelishi 
mumkin. 
Tibbiyot psixologiyasida ma'lumki, inson tomonidan og’riqqa bardosh 
berish chidamlilik sifatining vujudga kelishi, kechishi jarayonining yorqin 
ifodasidir. Shayot va faoliyat tajribalari ko’rsatishicha, shaxs og’riqqa ko’nika 
olmaydi, chunki buning negizida boshqa mexanizmlar yotishi turgan gap.
Fiziologik me'yorlarga binoan shaxs og’riqni sezish, idrok va tasavvur 
qilishning murakkab jismoniy qurilmasiga ega. Shunga qaramasdan, og’riqni inson 
har xil shis qilishi, unga bardosh berishi, sabr-toqat bilan boshidan kechirishi 
mumkin, bunda individual tafovut aniq namoyon bo’ladi. Diqqatning og’riq 
sezgilariga to’planishi tufayli og’riq zarbi kuchayadi-bu psixofiziologik 
qonuniyatdir. Xuddi shu boisdan odam og’riq sezgilariga tobe bo’lib qolmasligi 
lozim, aks holda u bu noxush kechinma, ruhiy holat ta'sirida uzoq muddat qolib 
ketishi kuzatiladi. Og’riqni boshdan kechirish jarayonida nafaqat chidamlilik zarur, 
balki mushkul haroitlarda faollik ko’rsatish ko’nikmasi, qiyinchilikni yengish odati 
muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday xususiyatga ega bo’lgan insonlarda o’z 
shissiy a'zolarini, ularning harakatlarini idora qilish uquvi mavjuddir, aksincha 
nozik tabiatli, ichki intizomsiz, sabr-toqati zaif, mo’rt ruhiy kechinmali shaxslar 
chidamsizligini namoyish qiladilar.
Yuqorida bildirilgan mulohazalardan ko’rinib turibdiki, to shozirgacha 
psixologiya fanida asosiy, muhim irodaviy sifatlarni tasniflashning umumbirlik 
tamoyili mavjud emasligi tufayli aksariyat shollarda bir irodaviy xislat qo’shaloq 
atama bilan belgilanishi davom etib kelmoqda (masalan, mustaqillik va 
tashabbuskorlik, jur'at va dadillik, tirishqoqlik va qat'iyatlik, vazminlik va o’zini 
uddalash kabilar.
Psixologiyada irodani eksperimental o’rganishga oid qator ilmiy tadqiqotlar 
o’tkazilgan bo’lib, ularning ayrimlaridan namunalar keltirib o’tamiz.
Ko’pchilik tadqiqotchilar Ye. I. Ignatev qo’llangan metodikasi va uning 
natijalariga xayrishoshlik bildiradilar. Lekin muallifning o’zi uni basholashda juda 
eshtiyotkorlik bilan munosabatda bo’ladi. Uning mulohaza bildirishicha, ushbu 
metodika yetarli darajada ishonchli, irodaning tormozlashi paydo bo’lishini 
tadqiqot qilishda qoniqarli natijalar berishi mumkin, lekin undan "test" sifatida 
foydalanish ko’ngildagidek ko’rsatgichlarga olib kelmasligi eshtimoldan sholi 


161 
emas. Ushbu metodikaning moshiyati shundan iboratki, muskulning kuchli 
qisqarishidan keyin o’zining tinch holatiga qaytishdagi qarshiliklarini yengish 
xususiyatini tajribada tekshirishdir. Xuddi shu vaziyatda irodaviy zo’riqishni 
bartaraf etish namoyon bo’ladi. Muallifning ta'kidlashicha, zo’riqishdagi 
muskullarning qisqarishini bir lashza to’xtatib qolish irodaning hartli ko’rsatkichi 
tariqasida qabul qilish mumkin, chunki mazkur jarayonda inson o’z tana a'zolari 
muskulini ongli boshqarish o’quvi aks etadi. Ye.I.Ignatev tadqiqotida maksimal 
qisilishdan keyin irodaviy zo’riqishni (zo’r berishni) 5kg ortiq bo’lmagan oqirlikda 
pasaytirishga yo’l beriladi, uning taxminicha, bu kattalik (og’irlik) zo’riqish 
kuchini kamaytirmaydi va zo’r berishni vaqtincha to’xtatib qolishga ta'sirini 
o’tkazmaydi. Tadqiqotchi materiallarini tashlil qilishning ko’rsatishicha, muskul 
zo’r berishi 9-17 yoshdagi sinaluvchilarda 14 kgdan 40 kggacha og’irlikni tashkil 
qiladi, zo’r berishning 5kg kamayish doirasi maksimal holatga nisbatan 35,7 
prosentdan to 12, 5 prosent miqdorlarda mujassamlashadi.
Iroda sifatlarini tadqiqot qilishga intilgan V. I. Makarova test o’rnida 
gimnastik stoldan matga (gollandcha, inglizcha "mat"-polga yoziladigan matoga 
sakrashni tanlagan, chunonchi: oldingi 180 ? aylanish bilan old tomonga, orqaga. 
Tajriba davomida tomir urishi, tayyorgarlik vaqti, mimika, gavda holat, 
barmoqlarni bukish qayd qilib berilgan.
Shunday qilib, irodaviy sifatlarni aniqlash va basholash metodlari 
o’zlarining rang-barangligi bilan tavsiflanadi. Tadqiqotchilar o’z faoliyatlarida 
harakatlarning odatiy va qiyinlashtirilgan haroitlardagi xususiyatlari, ularning 
mashsuldorligi kabi hodisalarni qayd qilish imkoniyatiga ega bo’lganlar 
To’plangan ma'lumotlar taxlilining ko’rsatishicha, iroda motivlarda, maqsadlarda, 
o’zini o’zi basholashda, harakatlarda, faoliyatda o’z ifodasini topar ekan. Xuddi 
shu bois iroda- bu tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishni talab qiladigan 
qiliqlarni va harakatlarni inson tomonidan ongli boshqarishdir.

Download 1,23 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Iroda nazariyasi va tadqiqoti to’g’risida tushuncha

Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish