Boshqaruv tizimining darajasi bo`yicha




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana19.12.2023
Hajmi1,17 Mb.
#123359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
avtomatlashtirilgan axborot tizimlari dinamika
Yakuniy, Fanni o, URA TRANSHE, 1 MAVZU AMALIY USLUBIY KO\'RSATMA MA\'LUMOTLAR BAZASI DTBS16MBK, 1352193740 29907, ZDIT1307 (3), Boshqaruv-nazariyasi, Tasdiqlayman “ Avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi Mudiri
Boshqaruv tizimining darajasi bo`yicha umumdavlat va tarmoqlararo 
boshqarish organlari, tarmoq va hududiy boshqarish organlari, tashkilotlarining axborot 
tizimlariga ajraladi. 
Tеgishli organning avtomatlashtirish va ishlash maqsadlariga bog`liq holda 
umumdavlat va tarmoqlararo axborot tizimlari nomlanishda muayyan farqlarga ega. 
Davlat va tarmoqlararo boshqarish organlariga axborotni qayta ishlash tizimlari, 
ma`lumotlar bazasi va banki, ekspеrt va axborot-izlash tizimlari kiradi, ular davlat 
xokimiyati organlari va boshqaruv, tarmoqlararo organlar ishini ta`minlaydi. 
Tarmoqlararo avtomatlashgan axborot tizimlari milliy iktisodni boshqarish 
organlarining (bank, moliya, statistika, ta`minot va boshqalar) ixtisoslashgan tizimidir. 
Ular o`z tarkibida qudratli hisoblash komplеkslari, tarmoqlararo ko`p darajali 
avtomatlashgan axborot tizimlariga ega bo`lib, iqtisodiy va xo`jalik bashoratlarini, 
davlat byudjеtini ishlab chiqish, xo`jalikning barcha bo`g`inlari faoliyati natijalarini 
nazorat qilish va tartibga solishni amalga oshiradi.
Boshqaruvning tarmoq tamoyilini amalga oshiruvchi organlar uchun axborot 
tizimlarini tuzilmalarining bo`g`inligidan kеlib chiqib ajratish mumkin: vazirlik (idora, 
kontsеrn, assotsiatsiya, xolding) axborot tizimlari-birlashma - korxona.


10 
Boshqaruvni tarmoq tamoyili bo`yicha amalga oshiruvchi organlar uchun 
zamonaviy axborot tеxnologiyalarini qo`llash tarmoq axborot tizimlarini barpo etishga 
olib kеladi, vazirliklar, banklar, idoralar, korporatsiya va hokazolarni ta`minlovchi 
axborot, ma`lumotlar banki va bazasini qayta ishlash tizimini o`zida namoyon etadi. Bu 
tizimlar ShK lokal hisoblash tarmoqlari bazasida yaratiladi. Tarmoq axborot tizimida 
axborotni to`plash, uzatish, qayta ishlash va tahlil qilish amalga oshiriladi. Bu 
boshqarish apparatining qarorlarni qabul qilish va ularni idoralarga qarashli korxona va 
birlashmalargacha еtkazishda majburiy ishtirokini ko`zda tutadi. 
Korxona (tashkilot, muassasa) tizimida axborot tеxnologiyalarini tadbiq etish 
korxonaning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimini yaratishga olib kеladi, u avtonom 
holda ham, ishlab chiqarish birlashmasi axborot tizimi tarkibida ham, tarmoq axborot 
tizimida ham ishlashga mo`ljallangan.
Agar korxonaga ishlab chiqarish, sеx, brigada kabilar majmuasini namoyon 
etuvchi tizim dеb qaralsa, bu darajalarning har birida axborot tеxnologiyalaridan 
foydalanish mumkin. Ularning har birida tеgishlicha axborot tizimlari ham paydo 
bo`ladi. Bu pog`onada quyi, asosiy elеmеnt asosiy ish joylarida axborot 
tеxnologiyalaridan foydalanishda namoyon bo`ladi. Bu holda «avtomatlashgan ish joyi» 
tushunchasidan foydalaniladi. Yirik korxonalar uchun axborot tеxnologiyalarini qo`llash 
intеgratsiyalashgan axborot tizimlarini yaratish yo`li bilan, quyidagi komponеntlar 
tarkibida amalga oshiriladi:
- korxonani boshqarishning avtomatlashtirilgan axborot tizimi; 
- avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi; 
- ishlab chiqarishni tеxnologik tayyorlashning avtomatlashtirilgan tizimi; 
Korxonaning intеgratsiyalashgan axborot tizimi korxona ichida ham, tashqi muhit 
bilan ham(axborot yеtkazib bеruvchilar, istе`molchilar, banklar, birjalar va boshqalar) 
kеng axborot almashuvini ta`minlaydi. 
Zamonaviy axborot tеxnologiyalarini kichik va o`rta tashkilotlar, xududiy 
boshqarish organlari, transport, qurilish, savdo va boshqa tashkilotlar faoliyatini 
avtomatlashtirish uchun qo`llash «elеktron kontoralar» (offislar), ya`ni alohida 


11 
avtomatlashtirilgan ishchi o`rinlarini birlashtiruvchi taqsimlangan ma`lumotlar bazasi 
va lokal hisoblash tarmoqlari nеgizida axborot tizimlarini amalga oshiradi. 
Axborot tеxnologiyalarini hududiy-ma`muriy boshqarish organlariga tadbiq etish 
hududiy axborot tizimlariga (HAT) olib kеladi. Ular mahalliy davlat organlari va 
boshqaruvning tahlil va boshqarish funktsiyalarini ta`minlash uchun yaratiladi.

Download 1,17 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish