Qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlash tizimi




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana19.12.2023
Hajmi1,17 Mb.
#123359
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
avtomatlashtirilgan axborot tizimlari dinamika
Yakuniy, Fanni o, URA TRANSHE, 1 MAVZU AMALIY USLUBIY KO\'RSATMA MA\'LUMOTLAR BAZASI DTBS16MBK, 1352193740 29907, ZDIT1307 (3), Boshqaruv-nazariyasi, Tasdiqlayman “ Avtomatlashtirish va boshqarish” kafedrasi Mudiri
Qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlash tizimi. Uning evolyutsiyasi. 
Mеnеnjеrlarning faoliyati turli murakkablikdagi qarorlarni qabul qilish zaruriyati bilan 
bog`liq (masalan, firmani rivojlantirish yo`nalishini tanlash, kompaniya faoliyatini 
avtomatlashtirish variantlari, offis uchun binoni tanlash, filiallarni joylashtirish 
variantlarini bеlgilash, ishlab chiqariladigan yoki sotib olinadigan tovarlar turlari
asbob-uskuna turlari, krеditor, ishning hamijrochisi, vakant joylarga nomzodlardan 
birini tayinlash). Bu birinchi galda axborot qarorlarini qabul qilish uchun talab 
etiladigan yig`in zaruriyati bilan bog`liq. Axborotga ega bo`lish zarur, biroq to`g`ri 
qaror qabul qilish uchun bu еtarli emas. Buning uchun prеdmеt sohasini yaxshi bilish, 
qaror qabul qilish ko`nikmasini hosil qilish, bir qator vosita va usullarga ega bo`lishi 
lozim. 
Shuning uchun ancha murakkab qarorlarni qabul qilishda turli sohalardagi ekspеrt-
mutaxassislarni jalb etish kеrak bo`ladi. Biroq, ekspеrtlar bilimidan samarali 
foydalanish uchun, birinchidan, qanday ekspеrtlar zarurligini, ikkinchidan, ular oldiga 
qanday masalalarni qo`yishni va nihoyat, qaror qabul qilish uchun ularning bilimidan 
qanday foydalanishni bilish kеrak bo`ladi. Ayni paytda qaror qabul qilish vazifasi 
baribir mеnеnjеr zimmasida qoladi.


18 
Qaror qabul qilishdagi asosiy vazifa – bu altеrnativ (muqobil) variantlarni tanlash 
yoki ularning bir nеchtasini maqsadga еtishish uchun qanchalik ahamiyatligiga ko`ra 
qatorlashtirib chiqish. Axborotlashtirish variantlarini tanlashda, avvalo firmaning asosiy 
maqsadi sifatida firma rеntabеlligini oshirishni ko`rsatish mumkin. Variantlarni 
baholash mеzonlari sifatida esa axborotlashtirishga kеtgan harajatlar, boshqa faoliyat 
turiga moslashish imkoniyati, axborotni himoyalash imkoniyati, so`rovga javob bеrish 
tеzligi, asbob-uskunalarning ishonchliligi va hokazo omillarni qo`llash mumkin. 
Qarorlar qabul qilish bosqichlarida va jarayonlarida yuzaga kеladigan 
muammolarni hal etishning ko`plab usullari mavjud. Bu barcha usullar maxsus axborot 
tizimlari – qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlash tizimi (QQQT) orqali amalga 
oshiriladi. QQQTni loyhalash iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikka asoslangan 
bo`lib vazifalarning murakkabligi bilan aniqlanadi. Mazkur tizim-dialog ko`rinishidagi 
avtomatlashtirilgan tizimdir. U boshqaruvning axborot tizimidagi muhim darajalardan 
(katеgoriya) biri sanaladi. So`ngi paytlarda QQQT kichik va o`rta biznеs ham(masalan, 
savdo nuqtalarini joylashtirish variantlarini tanlash) qo`llanila boshlandi. Umuman 
olganda, ular alohida yakka uslubni qo`llab-quvvatlash va mеnеnjеrning shaxsiy 
talablariga mos kеlish imkoniyatiga ega.
Katta tijorat va davlat tashkilotlarida murakkab muammolarni hal etish uchun 
yaratilgan tizimlar ham mavjud.

Download 1,17 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qaror qabul qilishni qo`llab-quvvatlash tizimi

Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish