Ўзбектстон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Namangan muhandislik-pedagogika instituti
Elektrotexnika va energetika kafedrasi
Elektrotexnika fanidan amaliy
mashg‘ulotlar bo‘yicha talabalar mustaqil ishi uchun masalalar va topshiriqlar
(Metodik qo‘llanma)
Noenergetik ta’lim yo‘nalishlari talabalari va o‘qituvchilari uchun
NAMANGAN -2015
Dadamirzaev G‘. Elektrotexnika fanidan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha masalalar to‘plami. Metodik qo‘lanma. Namangan. NamMPI, 2015 y. 45 bet
Metodik qo‘llanma bakalavriat noelektroenergetik ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun tayyorlangan.
Metodik qo‘llanmaning ahamiyatli tomoni shundan iboratki, undagi barcha masalalar didaktik materiallar (sxema va chizmalar)ga asoslanib tuzilgan bo‘lib, masalaning shartini ular bo‘yicha berilgan elektr parametrlari asosida talabaning o‘zi tuzadi va yechadi. Har bir masalaga (sxemaga) 4-5 ta topshiriq aniq va lo‘nda holda qo‘yilgan. Ular soddadan murakkabga o‘tib boradi. Har bir mavzu uchun 2-3 tadan masala tuzilgan bo‘lib, ular Davlat ta’lim standarti talablariga to‘la javob beradi.
Metodik qo‘llanmadan talabalarning auditoriyadagi va undan tashqaridagi mustaqil ishlarini tashkil qilish uchun samarali foydalanish mumkin, deb hisoblaymiz.
Masalalarning yechimlari metodik qo‘llanma oxirida tushuntirishlarsiz berib qo‘yildi. Talaba sxema asosida masala shartini shakllantira olsa va to‘la tushunsagina yechimlar ma’nosini yoza oladi. Demak, har bir sxema-masala talabada tegishli mavzu bo‘yicha yetarli bilim, malaka va ko‘nikma shakllanishiga xizmat qiladi.
-
Tuzuvchilar:
|
dots. G‘.Dadamirzaev
|
|
ass. F.Sharipov
|
Taqrizchi:
|
dots. M.Murodov
|
Metodik qo‘llanma “Elektrotexnika va energetika” kafedrasining 2015 yil ________dagi __-sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va institut o‘quv-metodik kengashida tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.
Metodik qo‘llanma institut o‘quv-metodik kengashining 2015 yil __ __________dagi _-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan va foydalanishga tavsiya etilgan.
|