|
Ўзбкистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
|
bet | 2/12 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 254 Kb. | | #150254 |
Bog'liq Nazariy metodologik dastur Sh. MamatbekovFakulteti va kafedrasi: Texnologik jarayonlar boshqaruvi va kompyuter tizimlari fakulteti, “Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish” kafedrasi
Dissertatsiya ishi mavzusi: “Sanoat korxonalarida havo tarkibidagi chang miqdorini nazorat qilishning takomillashtirilgan intellektual tizimlari”
Ilmiy rahbari: t.f.d., prof. A. A. Abdukadirov
Kutilayotgan natija: Havo tarkibidagi chang miqdorini monitoring va nazorat qilish hamda boshqarish uchun muxandislik yondashuvi va modeli ishlab chiqiladi. Bilimlar bazasiga tayanib ishlaydigan intellektual tizimining algoritmi tuziladi.
I. Falsafa doktori (PhD) izlanuvchisining ilmiy ishi mavzusi va mazmuni
“Sanoat korxonalarida chang miqdorini nazorat qilishning takomillashtirilgan intellektual tizimlari”
Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki hozirgi davrda respublikamizda sifatli va raqobatbardosh maxsulotga talab ortib boryapti. Bu o‘z navbatida sanoat korxonalarida ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifatiga ta’sir etuvchi omillarga e’tibor berishni talab etadi. Shunday omillardan biri bu - bino va inshootlardagi havoning sifatidir. Sanoat korxonalaridagi havo tarkibidagi chang miqdorini nazorat qilish ushbu soxada tadqiqotlar olib borish va shu asnoda sifatli maxsulot ishlab chiqarish masalalarini yechishni talab qiladi va bu yechilishi kerak bo‘lgan juda muhim muammolardan biri hisoblanadi.
Tadqiqotning maqsadi Havo tarkibidagi chang miqdorini nazorat qilish qurilmasini ishlab chiqish va boshqaruv algoritmlarini takomillashtirishdan iborat
Tadqiqotning vazifalari:
Havo tarkibidagi chang miqdorini nazorat qilish va boshqarish nazariyasi va amaliyotining hozirgi holatini tahlil qilish va ularni yanada rivojlantirish va takomillashtirish tendensiyalarini aniqlash;
Havo tarkibidagi chang miqdorini nazorat qilish vositalarini kompyutеrda bashoratli modеllashtirish usullari xususiyatlarini o‘rganish;
Boshqaruv tizimida qo‘llaniladigan qurilmalarning fizik-texnik effektlari va ularning tavsiflarini tadqiq qilish va baholash;
|
| |