|
Ilmiy tadqiqot faoliyatiga tayyorgarlik asoslari
|
bet | 7/12 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 254 Kb. | | #150254 |
Bog'liq Nazariy metodologik dastur Sh. Mamatbekov2.1.Ilmiy tadqiqot faoliyatiga tayyorgarlik asoslari
Ilmiy axborot turlari, manbalari, izlab topish, ular bilan ishlash va uzatish.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi va metodikalari turlari. Ilmiy tadqiqot ishlarini o‘rganish tartibi, adabiyotlar tahlili, nazariy masalalarni qo‘yilishi, hulosasi, amaliy natijalarni qayd etish usullari. Doktorlik dissertatsiyasiga qo‘yiladigan talablar, uni ustida ishlash tartibi, mavzu tanlash va asoslash. Dissertatsiya tuzilmasi, mavzuni dolzarbligi, yangiligi va amaliy ahamiyatini asoslash, maqsad va vazifalarini qo‘yish, tadqiqot metodlarini tanlash, ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirish. Dissertatsiyani tayyorlash va himoya qilish.
2.2. Аvtomatik boshqarish nazariyasi asoslari.
Аvtomatik boshqarish nazariyasining asosiy tushinchalari: boshqaruv maqsadlari va tamoyillari. Dinamik tizimlar. Boshqaruv obʼektlarining matematik ifodasi: holatlar fazosi, uzatish funktsiyalari, struktura sxemalari. Boshqarish nazariyasining asosiy masalalari: stabillashtirish, kuzatish, dasturiy boshqaruv, optimal boshqaruv, ekstremal rostlash. Boshqaruv tizimlarining sinflanishi. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari. Аvtomatik va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini tahlil va sintez qilishga nisbatan yondashuvlar.
Аvtomatik boshqaruv tizimlarining strukturalari: ochiq tizimlar, teskari aloqali tizimlar, kombinatsiyalashgan tizimlar. Аvtomatik boshqaruv tizimlarining dinamik va statik tavsiflari: oʼtish va vazn funktsiyalari va ularning bogʼliqligi, chastota tavsiflari. Аsosiy dinamik boʼgʼinlar (zvenolar) va ularning tavsiflari.
2.3. Optimallashtirish masalalari va usullari
Matematik dasturlashtirish masalasining qoʼyilishi. Matematik dasturlashtirish masalalarining sinflanishi. Maqsadli funktsiya.
Chiziqli dasturlashtirish masalasining qoʼyilishi. Chiziqli dasturlashtirish masalalarining optimal yechimlari. Simpleks–usul.
Matematik dasturlashtirishning nochiziqli masalalarining zaruriy optimallik shartlari. Lokal va global ekstrimum. Kun-Takkerning zaruriy shartlari. Lagranjning koʼpaytiruvchilar usuli va shartli ekstrimum masalasi.
Qabariq funktsiyalar va ularning xususiyatlari. Qabariq dasturlashtirish masalasining qoʼyilishi. Optimal yechimlarning sodda xususiyatlari. Kun-Takker teoremasi va uning geometrik interpretatsiyasi. Chiziqli dasturlashtirish.
|
| |