|
Tadqiqot obyekti va uslublariBog'liq 3-2023-uzzamin.uzTadqiqot obyekti va uslublari.
Sardoba suv
ombori toshqining sug‘oriladigan yerlar holatiga
ta’sirini va yerlarni qayta tiklash, Sirdaryo
viloyati Sardoba tumani suv omboridan 1,5-2 km
uzoqlikda joylashgan “Jasortali Oybek” va 10-
15 km “Temir yo‘l agro” fermer xo‘jaligi hamda
15-20 km uzoqlikda bo‘lgan Oqoltin tumanidagi
Bobur” SIUsidagi “Bekzafarlik chorvadorlar”
fermer xo‘jaligi tajriba dalalarida ilmiy tadqiqot
ishlari o‘tkazildi. Tadqiqot amaliyotida umum
qabul usullarida va bajarilgan.
Tadqiqot natijalari va ularning
muhokamasi.
Olib borilgan tadqiqot ishi
natijalarining ilmiy ahamiyati shundan iborat,
loyqa cho‘kindilari qalinligi 0-15, 15-30, >30
santimetrdan yuqori bo‘lgan sharoitda moyli
kungaboqar yetishtirish, sug‘orish tartiblari, sizot
suvlar sathi, uning minerallashganlik darajasi,
suv va tuz balanslari dinamikasi, moyli va yem-
xashak ekinlarini sug‘orish me’yori, tartibi hamda
mavsumiy suv-oziqa iste’moli ko‘rsatkichlari
tuproqqa loyqa qalinligi bo‘yicha turlicha ishlov
berish aniqlanganligi bilan izohlanadi.
Sirdaryo viloyati Sardoba suv toshqini
natijasida sug‘oriladigan yerlarning eko-
meliorativ holatini yaxshilash borasida olib
borilgan tadqiqotlar natijasida loyqa cho‘kindilari
qoplami qalinligi 0-15 sm bo‘lgan Oqoltin
tumani “Bekzafarlik chorvadorlar” fermer
xo‘jaligida amal davri boshida sug‘orish ishlarini
tashkil qilishda muhim hisoblangan tuproqning
cheklangan dala nam sig‘imini aniqlash ishlarida
o‘rtacha bir metr qatlamda 22,5 % ga teng bo‘ldi.
Sardoba tumanida joylashgan “Temir yo‘l agro”
fermer xo‘jaligi dalarida loyqa cho‘kindi qalinligi
15-30 sm qalinlikda olib borilgan tajriba
natijalarida tuproqning ChDNS o‘rtacha bir metr
qatlamda 22 % bo‘ldi. Sardoba suv omboriga
1,5-2 km uzoqlikda joylashgan “Jasoratli
Oybek” fermer xo‘jaligi dalalarida o‘rganilgan
dala tajribalarida tuproqning mexanikaviy
xossasi qum bo‘lgan sharoitida o‘rtacha 1-metr
qatlamda 20,1% ga teng bo‘lganligi aniqlandi
hamda kungaboqar o‘simligini vegetatsita davri
davomida keltirilgan ChDNS nisbatan sug‘orish
oldi tuproq namliklariga mos ravishda sug‘orish
agrotadbiri o‘tkazildi.
Suv toshqinidan keying loyqa cho‘kindi
qalinligi 0-15 sm, 15-30 sm va >30 smdan yuqori
bo‘lgan tajriba dalalarida moyli kungaboqar
o‘simligi xar bir sug‘orish oldi tuproq
na’munalari olinib, termostat tarozi usulida
aniqlandi va tuproqning Cheklangan dala nam
sig‘imiga nisbatan 70-70-65% sug‘orish oldi
tuproq namligi bo‘yicha, sug‘orishda tuproqning
hisobiy qatlami 0-70 sm ni hisobga olgan holda
sug‘orish suvlari hisobga olindi va sug‘orish
agrotadbiri o‘tkazildi. Tajriba ilib borilgan dalada
kungaboqar o‘simligini loyqa cho‘kindi qalinligi
0-15 sm bo‘lgan maydonlarda sug‘orishdan odin
namligi +-2% atrofida namlik ushlab turildi va
1-sug‘orish agrotadbiri o‘tkazildi. 2-sug‘orish
ishlari va undan keying sug‘orishlarda ham
+-2% tuproq namligiga mos ravishda sug‘orish
agrotadbiri o‘tkazildi. Kungaboqar o‘simligini
sug‘orish oldi tuproq namligi cheklangan dala
nam sig‘imiga nisbatan 70-70-65 % tartibda,
sug‘orishda 0-70 sm tuproqning hisobiy qatlami
bo‘yicha amalga oshirildi. 2021-2022-yillarda
olib borilgan tajriba natijalarida quyida natijalar
olingan.
Suv toshqini natijasida loyqa cho‘kindi
|
| |