|
Xulosa, taklif va tavsiyalarBog'liq 3-2023-uzzamin.uzXulosa, taklif va tavsiyalar.
Gumusning
bu o‘zgarish dinamikasiga asosiy sabablardan biri
keyingi yillarda O‘zbekistondagi kam gumusli
tuproqlarda organik va mineral o‘g‘itlar yordamida
yuqori darajada hosil olish yo‘llari ishlab chiqildi
buning natijasida dehqonchilik ilmi ta’sirida
gumusi kam bo‘lgan tuproqlarda ham nisbatan
yuqori hosil yetishtirish texnologiyasi yaratildi.
Bu hodisa ayrim mutaxassislarni gumusga bo‘lgan
e’tiborini asossiz ravishda kamaytirib yubordi.
Bu holatlar tuproqni organik moddaga boyitishga
qaratilgan chora tadbirlarga e’tibor susayib
ketishiga olib keldi. Gumus kamayishining yana
bir sabablaridan biri tuproqqa kerakli o‘g‘itlar talab
darajasida berilmagan. O‘simlik tuproqdan organik
moddalarni, fosfor va kaliyni olib chiqib ketishi va
bu moddalarni o‘rni o‘z me’yorida qoplanmaganligi
ham asosiy sabablardan biridir. Samarali almashlab
va navbatlab ekishni joriy etilmaganligi, shu bilan
birga mineral o‘g‘itlar qo‘llashni agrokimyoviy
kartogrammalar asosida, tuproq sharoitlarini va
o‘simliklar talabini e’tiborga olgan holda tashkil
etilmasligi ham oziqa elementlar kamayishiga
sabab bo’lgan.
Hudud sug‘oriladigan tuproqlarining
gumus bilan ta’minlanganlik darajasiga ko‘ra
o‘rtacha va kam ta’minlanish darajalari ustunlik
qilib, tuproqlarining mexanik tarkibi asosan o‘rta,
og‘ir va yengil qumoqlardan iborat bo‘lib, fizik
loy (<0,01mm) zarrachalarining miqdori haydalma
qatlamda 23,9-49,3% oralig‘ida tebranadi. Do‘stlik
massivi sug‘oriladigan tuproqlarida asosan kuchsiz
sho‘rlangan, sho‘rlanmagan va o’rtacha sho‘rlangan
tuproqlar bilan bir qatorda, antropogen ikkilamchi
sho‘rlangan tuproqlar shakllangan. Sug‘oriladigan
tuproqlarining o‘rtacha bonitet balli 56,2 ni tashkil
qildi. Ball boniteti 2010-yilga nisbatan 5,2% ga,
2020-yilga nisbatan 3,4% ga oshganligi kuzatildi.
|
| |