O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
38
2-rasm.
Farg‘ona viloyati Furqat tumani Do‘stlik massivi
sug‘oriladigan tuproqlarining mexanik tarkibini yillar
kesimida o‘zgarishi ( maydon, ga % hisobida)
3-rasm.
Farg‘ona viloyati Furqat tumani Do‘stlik massivi
sug‘oriladigan tuproqlarining gumus bilan ta’minlanishini
yillar kesimida o‘zgarishi
1701,2 gektardan iborat bo‘lgan bo‘lib, bundan
qumli tarkibli tuproqlar 28,0 gektar, qumloq
245,0 gektar, yengil qumoq 666,7 gektarni, o‘rta
qumoq 403,5 gektar, og‘ir qumoq 299,8 va loyli
58,2 gektarni tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkichlarni
foizlarda
ifodalasak
jami
sug‘oriladigan
maydonlarda tuproqlar 1,65% qumli, 14,4%
qumloq, 39,2% yengil, 23,72% o‘rta, 17,62% og‘ir
va 3,42% loyli mexanik tarkibga to‘g‘ri kelgan
(2-rasm).
2020-yil ma’lumotlariga ko‘ra Do‘stlik
massivi sug‘oriladigan maydoni 1929,6 gektarni
tashkil etib, bundan qumloq 124,9 ga, yengil qumoq
439,8 ga, o‘rta qumoq 953,7 ga, og‘ir qumoq
288,8 ga va 122,4 ga loyli tarkibli tuproqlardan
tashkil topgan. Bu ma’lumotlar asosida jami hudud
sug‘oriladigan tuproqlari 6,47% qumloq, 22,8%
yengil, 49,4% o‘rta, 15,0% og‘ir va 6,33% loyli
tuproqlardan tashkil topganligi aniqlangan. Hudud
tuproqlari 2023-yilda mexanik tarkibiga ko‘ra
quyidagicha taqsimlandi: qumloq 30,0 ga, yengil
qumoq 504,9 ga, o‘rta qumoq 621,6 ga, og‘ir qumoq
549,0 ga va 224,1 ga loyli tuproqlardan tashkil
topgan. Ushbu taqsimotdan kelib chiqib hududda
1,6% qumloq, 26,2% yengil qumoq, 32,2% o‘rta
qumoq, 28,4% og‘ir va 11,6% loyli tuproqlar bilan
qoplanganligi aniqlandi.
O‘rganilgan ma’lumotlar va olingan
natijalardan ko‘rinib turibdiki, Do‘stlik massivi
hududi sug‘oriladigan tuproqlarining mexanik
tarkibining yillar kesimida o‘zgarishiga turli xil
omillar ta’sir ko’rsatgan. Jumladan hudud tuproqlari
mexanik tarkibining bu holatda o‘zgarishiga asosiy
sabablaridan biri sug‘orish suvlari orqali kelgan
keltirilmalardir.
Hudud tuproqlarining gumus miqdori
yillar kesimida o‘rganilganda 2010-yilda jami
1701,2 gektar maydondan 1572,5 gektari ya’ni jami
sug‘oriladigan maydonlarning 92,4% qismi gumus
bilan 1% gacha bo‘lgan miqdorda ta’minlangan.
Hududning 128,7 gektar maydoni ya’ni jami
sug‘oriladigan tuproqlarning 7,6% qismi gumus
bilan 2% gacha ta’minlangan.
2020-yil ma’lumotlariga ko‘ra Do‘stlik
massivi sug‘oriladigan tuproqlari maydoni
1929,6 gektarni tashkil etib shundan
39,6 gektar ya’ni 2,06% tuproqlar gumus
bilan 1% gacha ta’minlangan. Hududning
1890,0 gektar maydoni ya’ni 97,94% qismi
gumus bilan 2% gacha ta’minlangan. 2023-yil
olingan tahlil natijalariga ko‘ra hududning jami
sug‘oriladigan maydoni 1929,6 gektarni tashkil
etib, shundan 552,9 gektar maydon ya’ni jami
sug‘oriladigan maydonlarning 28,65% qismi 1%
gacha, qolgan 1376,7 gektari ya’ni 71,35% qismi
2% gacha gumus bilan ta’minlanganligi aniqlandi
(3-rasm).
Natijalardan ko‘rinib turibdiki hududda
gumus miqdori 2010-yildan 2020-yilgacha
sezilarli darajada ko‘tarilgan, 2023-yilga kelib
gumus bilan 1% gacha ta’minlanish darajasiga
ega tuproqlar ko‘payganligini va 2% gacha gumus
bilan ta’minlangan tuproqlar avvalgi yilga nisbatan
kamayganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yuqoridagi natijalardan ko‘rinib turibdiku
hududda gumus miqdori 2010-yildan 2020-yilgacha
3/2023