|
Dizayner:
Axadov B.
SHOSHMАSLIK HАQIDА BАLLАDАBog'liq 3-2023-uzzamin.uzDizayner:
Axadov B.
SHOSHMАSLIK HАQIDА BАLLАDА
Zaminga shoshmasdan qadam qoʻy, boʻtam,
Shoshmasdan aylanar yernnng oʻzi ham.
Shoshmasdan nazar sol cheksiz samoga,
Shoshmay quloq tutgil kuyga, navoga.
Mozorlar yonidan shoshmasdan oʻtgin,
Yorni kutar boʻlsang shoshmasdan kutgin.
Gullarni uzishga shoshilma bir oz,
Koʻrgil, gʻunchalar ham shoshmay qilar noz.
А
vlod-ajdoding kim? Shoshmay fikr qil,
Shoshmay soʻz deginu shoshmay zikr qil.
Shoshqin daryoman deb vaqt-bevaqt toshma,
Ummon boʻlmoqlikka ayniqsa shoshma.
Hukm chiqarmoqqa shoshilmasang bas,
Shoshganda birdekdir kas bilan nokas.
Doʻst izlab har yonda shoshilma, qoʻzim,
Barchani doʻst atab shoshgan men oʻzim
...
Аbdulla Oripov
Oʻzbekiston
Qahramoni,
xalq shoiri
S
hoshmagin gʻanimdan olay deb qasos,
Shoshmaslikniig oʻzi zoʻr tiygʻu olmos.
А
xir, bobolar ham shoshmay deganlar:
Humoyun ovlaydi shoshmas merganlar.
А
fsus, umr oʻzi shoshar doimo,
Shul sabab nomini derlar: bevafo!
Biroq shunday hol bor, shunday fursat bor.
U fursat dastingdan ketsin ixtiyor.
U fursat belingni daf ’atan bogʻla,
Oʻzingni tirnoqli sher kabi chogʻla.
Unut gullarni ham, bulbullarni ham.
Ulfatu shaydoyi koʻngillarni ham.
Oting egarlangan, chaqmoq singari,
Shay boʻlgin u mahal, boqqil ilgari.
Eling madad soʻrab ingragani on,
Shoshilgin oʻsha payt, shoshilgin, oʻgʻlon
!
Document Outline - Страница 1
- Страница 2
- Страница 3
- Страница 4
|
| |