• Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi.
  • Земля Узбекистана




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/98
    Sana30.05.2024
    Hajmi15,52 Mb.
    #257547
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98
    Bog'liq
    3-2023-uzzamin.uz

    Land of Uzbekistan
    Земля Узбекистана


    O‘ZBEKISTON ZAMINI
    4/2019
    73
    kommunal xizmat ko‘rsatish sifatini AKTdan 
    foydalanib oshirish, xizmat ko‘rsatish sohasida 
    aholi bandligini oshirish, qishloq mehnat bozorini 
    samarali rivojlantirish asosida aholini ish bilan 
    bandligini oshirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda 
    ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda [9, 11].
    Jahonda qishloq joylar aholisining 
    turmush tarzini belgilovchi ishlab chiqarish va 
    ijtimoiy infrastruktura obyektlarining yaratilishi 
    aholi sonining o‘sishidan bir necha barobar 
    ortda qolishi kuzatilmoqda. Qishloq joylarda 
    iqtisodiy rivojlanishning shaharlardan sezilarli 
    ortda qolishi tufayli aholining shaharlarga 
    rejalashtirilmagan holda, ommaviy ko‘chib ketishi 
    jarayoni tezlashmoqda. Bu esa o‘z navbatida aholi 
    joylashishidagi inqiroziy nomutanosiblikni keltirib 
    chiqarmoqda. Shu bois, xalqaro hamjamiyatning 
    2030-yilgacha barqaror rivojlanish dasturida 
    “qishloq infrastrukturasi, qishloq xo‘jaligi 
    tadqiqotlari, qishloqlarning ishlab chiqarish va 
    ijtimoiy infrastruktura salohiyatini rivojlantirish” 
    [6] vazifalari belgilangan. Mazkur vazifalar, 
    qishloq joylarda ijtimoiy infrastrukturaning 
    hududiy tarkibini takomillashtirish bilan bog‘liq 
    iqtisodiy geografik tadqiqotlarni taqozo etadi.
    Tadqiqot natijalari va ularning 
    muhokamasi. 
    Qishloq joylari muhim ijtimoiy-
    iqtisodiy va ekologik-demografik tizim bo‘lib, 
    qishloqlarning jadal rivojlanishi mamlakatning 
    oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda asos 
    vazifasini bajarmoqda, o‘z navbatida rivojlangan 
    qishloq joylari urbanizatsiya, globallashuv va 
    boshqa zamonaviy tendensiyalarning salbiy 
    oqibatlarini kamaytirishga ham xizmat qiladi. 
    Qishloq aholisi, aholi punktlari va u 
    bilan bog‘liq ijtimoiy geografik muammolarini 
    o‘rganishning nazariy-uslubiy asoslari xorijlik 
    olimlar Vidal de La Blash, V. Kristaller, 
    A.Leshlarning ishlarida keltirilgan. Shuningdek, 
    MDH mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy
    geografiyasi 
    vakillari 
    N.N.Baranskiy, 
    Yu.G.Saushkin, S.A.Kovalyovlar tomonidan 
    o‘rganilgan. 
    Qishloq 
    joylarda 
    ijtimoiy 
    infrastrukturaning hududiy tashkil etilishi 
    muammolari bo‘yicha ilmiy izlanishlar 
    V.A.Maksimov, A.I.Alekseyev, A.A.Tkachenko, 
    I.A.Abramov, L.A.Merkushevalar tomonidan 
    olib borildi. O‘zbekistonda esa qishloq joylar 
    va uning iqtisodiy-ijtimoiy geografik jihatlari 
    dastlab R.Valiyeva, E.Tashbekov, G.R.Asanov, 
    O.B. Mirzayev, A.S.Soliyev, A.A.Qayumovlar 
    tomonidan o‘rganilgan bo‘lsa, keyinchalik 
    Z.N.Tojiyeva, Yu.I.Ahmadaliyev, M.I.Nazarov, 
    R.Y.Mahamadaliyev, J.P.Musayev, A.U.Sattorov, 
    Sh.B.Qurbonov, M.Atajonovlar tomonidan tadqiq 
    etilgan [2, 4, 7].
    Qishloq joylarining asosiy xususiyatlari 
    va qishloq turmush tarzi sotsiologiya klassiklari - 
    F.Tyonnis, E.Dyurkgeym, M.Veberlar tomonidan 
    ham o‘rganilgan va tahlil qilingan. Biroq, bugungi 
    kunda ham qishloqlarning ijtimoiy-iqtisodiy 
    dinamikasini o‘rganish bilan bog‘liq bahsli 
    masalalar mavjud. Jamiyat barqarorligi va ularning 
    ko‘p funksiyaliligini ta’minlashda qishloqlarning 
    hissasi shubhasiz beqiyosdir (1-rasm).
    1-rasm.

    Download 15,52 Mb.
    1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   98




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish