O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
74
K.Polanyi nazariyasiga ko‘ra, iqtisodiy
faoliyat inson va uning ijtimoiy aloqalariga bog‘liq.
Insonlarning hayot faoliyati davomida asosiy
rag‘batlantirishda moddiy egalik qilish istagi
emas, balki, imtiyozlar, ularning ijtimoiy mavqeini
kafolatlash, huquqlari va erkinliklarini ta’minlash
ham inobatga olinishi kerak. K.Polanyining fikricha,
erkinlik eng avvalo, moddiy ta’minlanganlik bilan
bog‘liq bo‘lib, aholiga turli darajadagi jamoat
tashkilotlarida faoliyat yuritish imkonini beradi.
Erkinlik sharti odamlarning o‘z harakatlari va
qarorlari uchun javobgar bo‘lishga tayyorligidan
dalolat beradi [3].
Ushbu fikrlarga asoslanib, qishloq
aholisining ijtimoiy resurslar, hayot tanloviga,
kasbiy, oilaviy va migratsiya harakatlariga ta’sir
qiluvchi sharoit va omillarni aniqlash muhim
ahamiyatga ega.
Qishloq taraqqiyotining o‘ziga xos hududiy
xususiyatlarini
tushunishga
A.V.Chayanov,
E.P.Tompson, J.Skott muhim hissa qo‘shgan
bo‘lib, qishloq aholisining an’anaviy turmush tarzi
va mehnatni hududiy tashkil etish usullarini tadqiq
qilishgan. J.Skott qishloq aholisi uchun oziq-
ovqat xavfsizligini ta’minlash mutlaq ustuvorlik
ekanligini ta’kidlaydi [10].
Qishloq joylarini o‘rganish jarayonida
M.Granovetterning
zaif
aloqalarning
mustahkamligi tushunchasidan foydalanish
maqsadga muvofiqdir, bunda mulkiy holati nisbatan
har xil bo‘lgan odamlarning ijtimoiy hayotini
yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar va
ular o‘rtasidagi individual o‘zaro munosabatlarning
uzviyligini ta’minlovchi xususiyatlar alohida
e’tiborga olinadi. Shu bilan birga, qarindoshlar
va do‘stlar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir doirasi yangi
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashish nuqtai
nazaridan salbiy bo‘lishi mumkin [8].
J.Fridman asarlaridagi “markaz” va
“chekka” hududlarni rivojlantirish muammolari
alohida o‘rin tutadi. Uning kontseptsiyasiga
ko‘ra “markaz-chekka” chizig’i bo‘ylab
nomutanosibliklarning sabablari notekis
iqtisodiy rivojlanish va hududiy (fazoviy) farqlar
hisoblanadi. Chekka hududlar uchun xos bo‘lgan
asosiy xususiyatlar sifatida quyidagilarni ta’kidlash
mumkin:
– qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan aholining
yuqori
ulushini saqlab qolinganligi;
– mahalliy tuzilmada bilim talab qiladigan
ishlab chiqarishlarning past darajadagi iqtisodiyot;
– zaif hududiy mehnat taqsimoti;
– an’anaviylikning hukmronligi, ijtimoiy
innovatsiyalarga sekin moslashish;
–
rivojlanishdagi
konservatizm,
resurslardan ekstensiv foydalanish [8].
Qishloq joylarini shahar bilan solishtirganda
katta tafovutni kuzatish mumkin, bular asosan
ijtimoiy sohalarda – xizmat ko‘rsatishning pastligi,
mahalliy
jamoalarning tuzilishi, muhandislik
infratuzilmasining zaif rivojlanishi, an’analarning
sezilarli ta’siri va tabiiy muhitning ta’siri bilan
izohlanadi. Qishloq joylarni rivojlanirish va mavjud
ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish hukumat
oldiga barqarorlik uchun strategiyalarni ishlab
chiqish va qator davlat dasturlarini amalga oshirish
vazifalarini qo‘yadi. Zamonaviy ilm-fanda qishloq
joylari muammolari va ko‘p funksiyaliligini tadqiq
qilishning aniq nazariy va uslubiy apparati mavjud
emas, shuning uchun qishloq aholisining barqaror
turmush tarzining ilmiy kontseptsiyalarini ishlab
chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi Bunday
tushunchalar barqaror rivojlanish strategiyalari
doirasida shakllantirilishi kerak.
Jahonda qishloq joylarni rivojlantirish,
qishloq aholisining
turmush tarzi va yashash
sharoitini belgilab beruvchi ishlab chiqarish va
ijtimoiy infrastruktura sohalarining hududiy
tashkil etilishiga qaratilgan muammolarga ustuvor
ahamiyat berilmoqda. Shuningdek, aholi soni
tez o‘sib borayotgan qishloq joylarda ijtimoiy
infrastruktura sohalari rivojlanishiga ta’sir etuvchi
omillarni baholash, hududlarda sog‘liqni saqlash,
ta’lim tizimi sifatini oshirish, aholining uy-joy,
tabiiy gaz, toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondirish hamda ushbu sohalar barqaror
rivojlanishining ilmiy asoslarini takomillashtirish
muhim hisoblanadi. Respublikamizda aholining
yashashi va mehnat qilishi uchun zarur bo‘lgan
turmush sharoitlarini yaxshilash, hududlarni
ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
yanada rivojlantirish
bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilib, muayyan
natijalarga erishilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining Farmonida “qishloq
aholi punktlarining me’moriy qiyofasini
tubdan yangilash, yo‘l-transport, muhandislik-
kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy
soha obyektlarini barpo etish va shu asosda
3/2023