O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
75
2-rasm.
Barqaror rivojlanish omillari
aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va
dunyoqarashini kengaytirish” [1]
yuzasidan ham
muhim vazifalar belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2020-yil
28-dekabrdagi
PQ
4936-son
“2021-2023 yillarda O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish
infratuzilmasini
rivojlantirish
chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2021-yil 2-apreldagi
PQ-5048-son “Obod qishloq” va “Obod mahalla”
dasturini 2021-yilda amalga oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi
Qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2018-yil 20-oktyabrdagi 841-son
“2030 yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish
sohasidagi milliy maqsad
va vazifalarni amalga
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori
hamda ushbu sohaga tegishli boshqa huquqiy-
me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalarni
amalga oshirishda iqtisodiy
geografik tadqiqotlar
zaruriyati mavjud.
Barqarorlik murakkab va ko‘p qirrali
kompleks
yondashuvni
talab
qiladigan
jarayon. Barqarorlik ilmiy-texnikaviy jihatdan
resurslardan oqilona foydalanishni, infratuzilmani
rivojlantirishni, innovatsion texnologiyalardan
foydalanish, atrof-muhitni yaxshilashga o‘z
hissasini qo‘shishni nazarda tutadi. Keyingi
yillarda
“Qishloq
hududlarini
barqaror
rivojlantirish” tushunchasi
ilmiy adabiyotlarda
keng foydalanilmoqda. Bu atama odatda ijtimoiy-
iqtisodiy sohaning yetakchi yo‘nalishi sifatida
tushuniladi. Biroq, “barqaror qishloq taraqqiyoti”
mazmuni aniq emas, qishloq joylarini baholash va
muvaffaqiyatli modernizatsiya qilish mezonlari,
ko‘rsatkichlari hali to’liq aniqlanmagan va barqaror
rivojlanish mezonlarining ilmiy metodologiyasi
to‘liq shakllantirilmagan.
Qishloq
hududlarini
muvaffaqiyatli
modernizatsiya qilishga erishish boshqaruv,
ijtimoiy-iqtisodiy
va
ekologik
jihatlarni
birlashtirishni o‘z ichiga
oladi va bu bir qator
vazifalarni hal qilishga imkon beradi:
- mahalliy davlat hokimiyati organlarining
sifatini oshirish;
- ijobiy iqtisodiy dinamikani o‘rnatish;
- qishloq ijtimoiy sohasini rivojlantirish;
- ekologik nazorat va xavfsizlikni
ta’minlash;
- tabiiy resurslardan
samarali foydalanish
uchun energiya tejamkor texnologiyalarni joriy
etish (2-rasm).
Qishloqni
modernizatsiya
qilishning
asosiy resurs omili yuqori sifatli mehnat resurslari
hisoblanadi. Ularning malaka darajasi mavjudligidan
ko‘p jihatdan boshqa barcha resurslardan samarali
foydalanishga bog‘liq: yer, xom ashyo, moliyaviy
va boshqalar. Tabiiyki, aksariyat hollarda yetarlicha
e’tibor berilmagan inson omili hal qiluvchi omil
hisoblanadi. Hozirgi demografik vaziyatni hisobga
olgan holda qishloq joylari aholisining demografik
ko‘rsatkichlari doimiy tahlil qilib borilishi lozim.
Mehnat resurslarining katta qismi qishloq joylarida
to‘planishi va qishloq xo‘jaligida band bo‘lishi
ortiqcha mehnat resurslarining
shakllanishiga olib
keladi. Bu esa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini
intensiv rivojlantirish bilan bir qatorda qayta
ishlash va xizmat ko‘rsatish sohalarining hududiy
joylashtirish vazifalarini ham ko‘ndalang qilib
qo‘yadi.
Bosqichma-bosqich
qishloqni
rivojlantirishning maqsadli siyosati oziq-ovqat
ishlab chiqarish va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘lib,
shu
jumladan bir tomondan, xavfsizlik va
rag‘batlantirish
chora-tadbirlari
majmuasini
o‘z ichiga olsa, boshqa tomondan,
diversifikatsiyalangan, aralash qishloq iqtisodiyoti,
shuningdek,
tabiiy muhitning ekologik
xavfsizligini saqlash choralarini o‘z ichiga oladi.
Mehnat unumdorligi va intizomini oshirish,
qishloq aholisining bandlik sohalarini kengaytirish
(agroturizm, qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat