O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
36
me’yorlari, joyning zovurlashtirilganlik darajasi,
sug‘oriladigan ekinlar
turiga qarab yil davomida,
ayniqsa vegetatsiya davrida sezilarli o‘zgarib
turadi [1,2,4,5,8,9].
Tuproq hosil bo‘lish jarayonida, ayniqsa
vodiy sug‘oriladigan tuproqlari sharoitida maqbul
yer osti suvlari rejimi va balansini shakllantirishda,
grunt suvlarining roli ayniqsa katta bo‘lib,
sho‘rlangan tuproqlarning hosil bo‘lishida har
tomonlama ta’sir ko‘rsatadi,
muayyan bir sharoitda
tuproqdagi asosiy tuz manbai bo‘lib xizmat qilsa,
ikkinchi bir sharoitda erigan tuzlarni o‘zida
to‘plash va o‘z oqimi bilan sug‘orilayotgan va
sho‘ri yuvilayotgan maydonlar xududidan chiqarib
yuborish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqot obyekti.
Tadqiqotlar olib
borilgan tajriba maydoni janub va sharq tomondan
O‘zbekiston tumani bilan, shimol tomondan
Dang‘ara tumani hamda Tojikiston Respublikasi
bilan, g‘arb tomondan esa
Beshariq tumanlari bilan
chegaradosh bo‘lgan Farg‘ona viloyati Furqat
tumani hududi tuproqlari hisoblanadi [6].
Izlanishlar Furqat tumani sug‘oriladigan
qishloq xo‘jaligi yer maydonlari tuproqlarining
xossalari va ularning sifat ko‘rsatkichlari
hamda
hozirgi meliorativ-ekologik holatini o‘rganishga
qaratilgan.
Tadqiqot uslublari.
Hudud tuproq
xaritalari ma’lumotlarini qiyosiy geografk,tuproq-
kartografk,
laboratoriya, kameral-analitik tahlil
qilish va natijalarini umumlashtirish tadqiqot
uslublarini tashkil qiladi. Dala, kameral va
kartografk ishlarisobiq Davyergeodezkadastr
qo‘mitasi hamdaTuproqshunoslik
va agrokimyo
ilmiy tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan
uslublar, kimyoviy tahlil ishlari umumiy qabul
qilingan usullar asosida amalga oshirilgan.