O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
32
tayyorlab olingan har ikki eritma aralashtirilib
xona haroratida sovutiladi, ularga yana
1000,0 sm
3 distirlangan suv quyiladi. Shu
tariqa N reaktivi tayyorlab olinadi. Pishirilgan
jarrohlik iplarini seritsindan tozalanganlik
darajasini aniqlash quyidagicha amalga oshiriladi:
vazni 0,5-1,0 g bo‘lgan ip namunasi harorati
20,0 °C dan 30,0°C gacha bo‘lgan distirlangan
suvda ivitib, qo‘lda siqib olingandan keyin uni
20,0-25,0 sm
3 N reaktiviga solinib 2,0-3,0 daq.
davomida aralashtirib turiladi. Keyin ip namunasi
reaktivdan chiqarib olinib oqin suvda yaxshilab
ishqalab yuviladi. Agar bunda ishlov berilgan ip
turli tovlanishdagi sariq rangga kirsa ipda seritsin
yo‘q bo‘ladi, ya’ni pishirish sifatli o‘tkazilgan
bo‘ladi. Agar ipda kirlashgan to‘q ko‘k rang
paydo bo‘lsa, pishirish sifatsiz o‘tkazilganligi
ma’lum bo‘ladi, bunda pishirish jarayoni qaytadan
o‘tkazish shart bo‘ladi.
Jarrohlik
iplarida
yog‘-mum
va
sovunningvazniy ulushini aniqlash. Tabiiy ipakdan
tayyorlangan jarrohlik iplaridagi yog‘-mum va
sovunning vazniy ulushini aniqlash uchun sinovlar
o‘tkazishda quyidagi apparat va reaktivlar kerak
bo‘ladi: Sokslet apparati; suv hammomi; quritish
qutisi; analitik tarozilar; byukslar; kolbalar;
laboratoriya sharoitida qo‘shimcha tozalangan
B-70 benzini; etil spirti.
Sinovlar quyidagicha o‘tkaziladi: oldindan
100 °C-dan 105°C-gacha haroratda quritib
olingan, 0,1mg-gacha aniqlikda tortib olingan
4,0-5,0 g ip namunasi benzinda xaydash uchun
Sokslet apparatiga joylashtiriladi. Namunani
ekstraksiyalash suv hammomida 1,5-2,0 soat
davomida amalga oshiriladi. Ekstraksiya
tugagandan keyin ip namunasini apparatdan chiqarib
olinadi va yengil siqiladi, haydalgan benzinni esa
kolbada bir oz bug‘latilgandan keyin byuksga
olib o‘tiladi, quritiladi va 0,1 mg-gacha aniqlikda
tortiladi. Benzinda estraksiyalangan ip namunasini
etil spirtda ekstraksiyalash davom ettiriladi.
Ekstraksiyalash yana Sokslet apparatida 3,0-3,5 soat
davom etadi va 7,0-8,0 marta qayta haydalgandan
keyin to‘xtatiladi. Qayta haydalgan etil spirtini bir
oz bug‘lantiril-gandan keyin kolbada byuksga olib
o‘tiladi va u yerda yakuniy bug‘lantiriladi. Olingan
qoldiq quritish qutisida 80,0 °C-dan 90,0 °C-gacha
haroratda 2,0 soat quritiladi, keyin sovutiladi va
0,1 mg-gacha aniqlikda tortiladi. Laboratoriya
sinovlari tugatilgandan keyin jarrohlik iplaridagi
yog‘-mum va sovunning vazniy ulushi quyidagi
formula orqali aniqlanadi:
bu yerda: m- quruq qoldiqning vazni, g. (m
ko‘rsatkich m_(1 )- m_2ayirma orqali aniqlanadi).
m_o-quruq namunani sinovgacha bo‘lgan vazni, g.
Yakuniy natija sifatida ikkita parallel tarzda
o‘tkazilgan sinovlarning o‘rtacha arifmetik
qiymati olinadi, hisoblashlar 0,01%-gacha
aniqlikda o‘tkaziladi va 0,1 %-gacha aniqlikgacha
yaxlitlanadi.
Asosiy qism. Institutning ishlab chiqarish
bazasida tabiiy ipakdan institut mutaxassislari
tomonidan takomillashtirilgan texnologiya asosida
jar-rohlik iplarining bir nechta assortimentlari ishlab
chiqarildi va yuqorida keltirilgan uslublar asosida
kimyoviy tahlildan o‘tkazildi. Jarrohlik iplari
ularning sifat ko‘rsatkichlarini keskin yaxshilash
maqsadida institut mutaxassislari tomonidan
ishlab chiqilgan yangi texnikaviy shartlar asosida,
takomillashtirilgan texnologiya (tajriba varianti) va
amaldagi texnologiya (nazorat varianti) bo‘yicha
jarrohlik iplarining namunalari ishlab chiqarildi.
Amaldagi GOST 396-84 Davlatlararo stan-darti
bo‘yicha tabiiy ipakdan eshilgan jarrohlik iplari
xom ipakning chiziqli zichligi 2,33 va 3,23 tex
bo‘lgan assortimentlaridan ishlab chiqa-riladi.
Amaldagi standartda keltirigan tuzilish bo‘yicha
ishlab chiqarilgan jarrohlik iplarining natijaviy
chiziqli zichliklari standart ko‘rsatkich-laridan
ancha ingichka bo‘lib, ularning uzilish yuklari ancha
past bo‘ladi. Shuning uchun, jarrohlik iplarining
assortimentlari bo‘yicha tuzilishlari o‘zgartirilgan,
bunda jarrohlik iplarining barcha assorti-mentlari
faqat chiziqli zichligi 2,33 tex bo‘lgan xom ipakdan
ishlab chiqariladi. Albatta, bunday o‘zgartirish
ishlab chiqarilayotgan jarrohlik iplarining sifat
ko‘r-satkichlarini ayniqsa uzuvchi kuch va
uzilishdagi cho‘zilishni keskin ko‘pa-yishiga olib
keladi. Chunki, jarrohlik iplarining uzuvchi kuchi
uni tashkil etuvchi xom ipak iplarining uzuvchi
kuchlari yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki,
amaldagi standartlarda sifat bo‘yicha xom ipakning
har xil assortimentlariga har xil talablar qo‘yilgan,
ipakning assortimenti qanchalik ingichkalashib
3/2023