|
Земля УзбекистанаBog'liq 3-2023-uzzamin.uzXulosa va takliflar.
Mamlakatimiz boshqa
Markaziy Osiyo davlatlari kabi okeanlardan
olis masofada joylashgan. Bu esa o‘z navbatida
qishloq xo‘jalik sohasiga bo‘lgan talabni ortishiga
olib keladi va qishloq xo‘jalik yerlarini doimiy
ravishda kuzatib borishni taqoza etadi. Qishloq
xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana
shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi.
Yer bozori rivojlangan davlatlarda barcha
mulkchilikni, xususan yer mulkdorlarining
huquqlarini himoya qiluvchi qonunlar qabul
qilinmoqda. Ushbu qonunlar asosida yerlarni erkin
tarzda sotish va sotib olish mumkin. Masalan,
AQSHda hozirda fermer xo‘jaliklari jami qishloq
xo‘jaligi yerlarining asosiy qismiga xususiy mulk
sifatida mulkdor hisoblanishadi. Bugungi kunda
dunyo yer fondining tarkibiga doimiy ravishda ikki
qarama-qarshi jarayonlar ta’sir ko‘rsatmoqda.
Birinchisi – insoniyat tomonidan turmush
kechirish uchun va qishloq xo‘jaligida foydalanish
maqsadlarida yangi yerlarni o‘zlashtirishdir
(tashlandiq yerlarni o‘zlashtirish, melioratsiya,
suvini qochirish, yerlarni yumshatish, dengiz va
okeanlar qirg‘oqlarini o‘zlashtirish).
Ikkinchisi – yerlar meliorativ holatining
buzilishi, eroziya, qurg‘oqchilikning kuchayishi,
sanoat va transport qurilishlari, foydali
qazilmalarning ochiq tarzda o‘zlashtirilishi, yer
osti suvlarining ta’siri, sho‘rlanishning kuchayishi
natijasida qishloq xo‘jaligi yerlarining oborotdan
chiqarilishi.
Yuqoridagi jarayonlarning ikkinchisi
yildan-yilga jadallashib bormoqda. Shuning uchun
dunyo yer fondining asosiy muammosi – qishloq
xo‘jaligi yerlarining degradatsiyasi bo‘lmoqda.
Buning natijasida aholi jon boshiga to‘g‘ri
keladigan ishlov beriladigan yerlarning hajmi
sezilarli darajada qisqarib bormoqda, ulardan
foydalanish “yuki” esa doimiy ravishda ortib
bormoqda. Aholi jon boshiga eng kam haydaladigan
yerlar to‘g‘ri keladigan mamlakatlar – Xitoy
(0,09 gektar) va Misr (0,05 gektar) hisoblanadi.
Ko‘plab mamlakatlarda yer fondini saqlab qolish
va ularning tarkibini yaxshilash bo‘yicha chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu masalalar
global va hududiy jihatdan BMT, YUNESKO,
FAO (BMTning Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat
tashkiloti) va boshqa xalqaro tashkilotlar tomonidan
tartibga solinmoqda. So‘nggi
10 yilliklar davomida amalga oshirilayotgan
yer munosabatlarining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki,
yer munosabatlari jarayonlarida bo‘ladigan har
qanday ishlarni amalga oshirishning aniq va ilmiy
asoslangan mexanizmlarini ishlab chiqish bugungi
kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lmoqda.
Yer resurslarining xususiylashtirilishi
yerlardan erkin foydalanishni, ijtimoiy himoya
va mustaqil faoliyatni ta’minlaydi, yerlarni
sotish va sotib olish, avloddan-avlodga qoldirish,
ijaraga berish, shuningdek qanday ekin ekishni
tanlash imkonini beradi. Tabiiyki, bu borada
turli mamlakatlarda turlicha cheklovlar va
tartiblar o‘rnatilgandir. Yer resurslaridan
3/2023
|
| |