O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
28
ketgan yerlarni o‘zlashtirish hisobiga 479 ga, yer
osti suv zahirasi mavjud bo‘lgan yer maydonlarni
o‘zlashtirish hisobiga 1 447 ga ishlab chiqarishga
kiritildi.
Yuqorida keltirilgan loyihalar asosida
2020-yilda foydalanishga kiritilgan maydonlarga
qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish bo‘yicha
chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Mazkur chora-
tadbirlar ishlashda Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va viloyatlar tumanlarining tuproq iqlim
sharoitlarini, shuningdek sug‘orish suvlarining
hajmini hisobga olgan holda, joylarda monitoring
o‘rganishlar olib borildi.
O‘tkazilgan yer monitoring tadqiqotlari
asosida
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
Qashqadaryo, Jizzax, Toshkent va Namangan
viloyatlari
misolida
qishloq
xo‘jaligida
foydalinishdan chiqib ketgan va yer osti zahirasi
mavjud bo‘lgan yerlarni o‘zlashtirishda 2020-yil
amalga oshirilgan ishlar va qishloq xo‘jaligi ekin
turlarini joylashtirishga erishildi. Misol uchun
Namangan viloyati, Pop tumani hududida faoliyat
ko‘rsatayotgan “NURAN UZ” MCHJ tumanida
2022-yilda jami 427 gektar yer o‘zlashtirilib,
jumladan, 1, 2, 3, 4, 6, 8, 10, 30, 31, 32, 34,
36, 38, 42, 44, 45, 43 raqamli konturlardagi
maydonda zamonaviy intensiv bog‘ barpo etish
uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy
qilindi. Shuningdek “NURAN UZ” MCHJ si
o‘zlashtirilgan maydonlarning 100 gektarida anor,
252 gektarida namatak dorivor o‘simligi, qolgan
75 gektarida shaftoli va gilos mevali daraxatlarini
ko‘chatlarini ekib, tomchilatib sug‘orish joriy
etgan xolda parvarish qilib kelmoqda.