|
Земля УзбекистанаBog'liq 3-2023-uzzamin.uzthem
Abstract.
Currently, a number of works are being carried out in our country to develop new methods using modern
technologies, improve the quality of work and use time efficiently. In particular, this article provides information on the
main causes of the deterioration of the abandoned irrigated lands and how to eliminate it.
Key words:
Monitoring, land management, land management project, circuit, groundwater, irrigated land, forest land,
implementation, drip irrigation.
A.R. Jurayev
Mustaqil izlanuvchi
R.N. Sharopov
Q.x.f.f.d, (PhD)., doktorant
“O‘zdavyerloyiha” DILI
Kirish.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra,
jahon bo‘yicha 271,432 mln ga, Markaziy Osiyo
mintaqasida esa 6,8 mln ga atrofida sug‘oriladigan
yerlar mavjud. Bu borada sug‘oriladigan yerlarning
hozirgi holati, unumdorligini saqlash, oshirish
va unda kechadigan salbiy jarayonlarning oldini
olish orqali samarali foydalanish va muhofazalash
muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi [3].
Dunyoda holati yomonlashib qishloq
xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan qishloq xo‘jalik
yerlaridan foydalanish kabi ustuvor yo‘nalishlarda
ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu
borada, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan ekin
yerlarida tabiiy va antropogen ta’sirlar tufayli
vujudga kelayotgan salbiy holatlarni aniqlash,
ularni tiklash va ishlab chiqarish qobiliyatini
oshirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga
alohida e’tibor qaratilmoqda.
Respublikamizda holati yomonlashib
qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan
yerlardan oqilona va samarali foydalanishga
qaratilgan keng miqyosli chora-tadbirlar amalga
|
| |