• Tadqiqot obyekti va uslublari.
  • Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi.
  • Земля Узбекистана




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/98
    Sana30.05.2024
    Hajmi15,52 Mb.
    #257547
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98
    Bog'liq
    3-2023-uzzamin.uz

    O‘ZBEKISTON ZAMINI
    4/2019
    21
    Land of Uzbekistan
    Земля Узбекистана
    3/2023
    biz tomondan tabiiy yaylovlar o‘simliklarining 
    monitoringini yuritish va uning ahamiyatini 
    o‘rganish maqsadida ilmiy-amaliy tadqiqotlar 
    olib borildi. Jumladan:
    Tadqiqot obyekti va uslublari.
    Tadqiqot 
    obyekti sifatida Konimex tumani “Qizilqum” 
    hududi tabiiy yaylovlarida o‘rnatilgan monitoring 
    punktlari xizmat qiladi. Tadqiqot uslublari asosini 
    “Tabiiy yaylovlar o‘simliklarining monitoringini 
    o‘tkazish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha” 
    ilmiy-uslubiy qo‘llanmasi [2022; 65-b.] tashkil 
    etadi.
    Tadqiqot natijalari va ularning 
    muhokamasi.
    O‘zbekiston Respublikasining 
    “Yaylovlar 
    to‘g‘risida”gi 
    va 
    “Davlat 
    yer 
    kadastri 
    to‘g‘risida”gi 
    Qonunlari, 
    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    Prezidentining 
    2020-yil 
    7-sentyabrdagi 
    PF-6061-son 
    Farmoni, 2021-yil 24-fevraldagi PQ-5006-
    son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
    24-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 
    atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimini 
    takomillashtirish to‘g‘risida”gi 737-son hamda 
    2022-yil 14-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligiga 
    mo‘ljallangan yerlarda monitoring ishlarini 
    amalga oshirish, yerlarni muhofaza qilish va yer 
    tuzish faoliyatini tartibga soluvchi normativ-
    huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
    22-son 
    qarorlarining 
    ijrosi 
    yuzasidan 
    hukumatimiz tomonidan bir qator chora-tadbirlar 
    ishlab chiqilib, ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib 
    borilmoqda.
    Xususan, “O‘zdavyerloyiha” davlat 
    ilmiy-loyihalash instituti mutaxassis, olimlari 
    tomonidan yuqorida qayd qilingan qarorlar 
    asosida 
    2022-yilda 
    “Tabiiy 
    yaylovlar 
    o‘simliklarining monitoringini o‘tkazish 
    ishlarini amalga oshirish bo‘yicha” ilmiy-
    uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilib, shu asosda 
    tabiiy o‘simliklar monitoringiga bag‘ishlangan 
    tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi hududida 
    amalga oshirilmoqda.
    Bu 
    borada 
    “tabiiy 
    yaylovlar 
    o‘simliklarining monitoringi” tushunchasiga 
    to‘talsak.
    Tabiiy 
    yaylovlar 
    o‘simliklarining 
    monitoringi – tabiiy yaylovlar to‘g‘risidagi 
    miqdoriy va sifatga doir ma’lumotlar haqida 
    axborot to‘plash, ularning holatini baholash 
    va prognoz qilish, salbiy jarayonlarni aniqlash 
    hamda bartaraf etish maqsadida tabiiy yaylovlar 
    o‘simliklarining holati, tabiiy yaylovlardan 
    foydalanish natijasida yuzaga kelayotgan 
    o‘zgarishlar yuzasidan kuzatuvlar tizimi 
    hisoblanadi.
    “Tabiiy 
    yaylovlar 
    o‘simliklarining 
    monitoringi” da: “Yovvoyi holda o‘suvchi 
    yaylov o‘simliklari tabiiy yaylovlar monitoringi 
    kuzatishlarining obyektlari hisoblanadi va ular 
    ustidan kuzatishlar monitoring punktlarida, 
    shuningdek, o‘simlik dunyosi obyektlari davlat 
    kadastrini yuritish doirasida o‘tkaziladi” deb 
    belgilab qo‘yilgan.
    Ushbu qo‘llanmaga muvofiq, tadqiqotlar 
    jarayonida monitoring punktlari soni va ular 
    joylashgan joy, monitoring o‘tkazish bo‘yicha 
    ishlar usullari (dala tadqiqotlari metodikasi), 
    kuzatishlar parametrlari ro‘yxati va davriyligi, 
    shuningdek, ularni o‘tkazish muddatlari, 
    monitoring obyektlari to‘liq o‘rganiladi.
    Bu borada yaylov monitoring nuqtalari 
    2022-yilning bahor oylarida o‘tkazilgan 
    tadqiqotlar jarayonida o‘rnatib chiqildi hamda 
    har bir monitoring nuqtalari Navoiy viloyati 
    miqyosida jami 126 ta viloyatni yaylov 
    maydonlari xarakterlovchi monitoring punktlari 
    o‘rnatilib ularda tadqiqot ishlari olib borildi. 
    Bugungi kunda tabiiy yaylov monitoring 
    ishlarining birinchi bosqich dala tadqiqot ishlari 
    yakunlandi.
    Hudud to‘g‘risida qisqacha ma’lumot 
    “Qizilqum” hudud jami maydoni 331 ming 
    233 gektarni tashkil etadi va hudud asosan 
    cho‘llardan iborat. Hudud tabiiy yaylovlarida 
    monitoring ishlari birinchi bosqichi 2022 yilning 
    aprel-may oylarida, ikkinchi bosqichi esa 
    sentyabr-oktyabr oylarida olib borildi.
    Konimex tumani “Qizilqum” hududining 
    yer maydonini hisobga olgan holda ilmiy-uslubiy 
    qo‘llamaning 1-bob 13 xatboshiga asosan 
    (ya’ni cho‘l mintaqasi yaylovlari uchun – har 
    50 000-100 000 gektar maydonga bitta monitoring 
    punkti o‘rnatiladi va o‘lchamlari 2000×2000 metrni 
    tashkil etadi.) hududga 6 ta monitoring punkti 



    Download 15,52 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   98




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish