• Annotatsiya.
  • Monitoring of natural plants and its significance Abstract.
  • O.O‘. Davronov Q.x.f.f.d. “O‘zdavyerloyiha” DILI Kirish.
  • Земля Узбекистана




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/98
    Sana30.05.2024
    Hajmi15,52 Mb.
    #257547
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98
    Bog'liq
    3-2023-uzzamin.uz

    Land of Uzbekistan
    Земля Узбекистана
    3/2023


    O‘ZBEKISTON ZAMINI
    4/2019
    20
    3/2023
    Land of Uzbekistan
    Земля Узбекистана
    TABIIY YAYLOVLAR O‘SIMLIKLARINING MONITORINGINI YURITISH VA UNING 
    AHAMIYATI
    UO‘K:631.1:528.8:004(575.146)(043.3)
    Annotatsiya.
    Maqolada tabiiy yaylovlar monitoringini yuritish usullari va afzalliklari oʼrganilgan Navoiy viloyati 
    Konimex tumani “Qizilqum” hududidagi tabiiy yaylov oʼsimliklarining monitoring natijalari orqali asoslab berilgan.
    Мониторинг естественных пастушных растений и его значение 
    Аннотация. 
    В статье обоснованы методы и преимущества мониторинга естественных пастбищ на осно-
    ве результатов мониторинга естественных пастбищных растений в районе «Кызылкум» Конимехского района 
    Навоийской области.
    Monitoring of natural plants and its significance
    Abstract.
     The article highlights the methods and advantages of monitoring natural pastures based on the results of 
    monitoring of natural pasture plants in the "Kyzylkum" area of Konimeh district of Navoi region.
    O.O‘. Davronov 
    Q.x.f.f.d.
    “O‘zdavyerloyiha” DILI
    Kirish.
    Dunyo miqyosida yaylovlar 
    maydoni qariyb 2 mlrd gektar bo‘lib, bu ko‘rsatkich 
    Yer shari quruqlik qismining 26% ni tashkil 
    etadi. Respublikamizdagi yaylovlar maydoni 
    21 mln 100 ming gektarni tashkil etib, uning 
    asosiy ulushi cho‘l yaylovlariga to‘g‘ri keladi. 
    Hozirda ushbu yaylov yerlari bir qismi turli 
    darajadagi degradatsiyaga uchragan va holati 
    yomonlashgan. Shu sababli masofadan zondlash 
    orqali yaylov yerlarida kechayotgan jarayonlarini 
    o‘rganish, yaylov yerlari mahsuldorligini oshirish 
    va ulardan samarali foydalanish bugungi kunning 
    dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
    Jahonda masofadan zondlash orqali 
    yaylov yerlaridagi turli omillar ta’sirida yuzaga 
    kelayotgan o‘zgarishlarni aniqlashga qaratilgan 
    ustuvor yo‘nalishlarda ilmiy-amaliy tadqiqot 
    ishlari olib borilmoqda. Bu borada yaylov 
    yerlarining elektron raqamli klassifikatorini 
    ishlab chiqish va degradatsiyaga uchragan yaylov 
    yerlari raqamli shartli belgilarini yaratish, cho‘l 
    yaylov yerlarida o‘simliklar bilan qoplanganligi 
    darajasini, o‘rtacha hosildorligini aniqlash hamda 
    yaylov yerlari monitoringini yuqori aniqlikda 
    yuritishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga 
    ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
    Xususan, O‘zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “…
    Mamlakatimizda yaylovlarni muhofaza qilish
    ulardan oqilona foydalanishni ta’minlash, 
    shuningdek, kavrak yetishtirishni yanada 
    rivojlantirish hamda yaylovlarda resurs tejovchi 
    texnologiyalarni keng qo‘llash” PF-24-son 
    Farmonida muhim strategik vazifalar belgilab 
    berilgan. Shu sababli mamlakatimiz qishloq 
    xo‘jaligini yanada rivojlantirishda masofadan 
    zondlash orqali yaylov yerlari monitoringini 
    yuritish usulini takomillashtirish muhim 
    ahamiyat kasb etadi.
    Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, 



    Download 15,52 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   98




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish