• Tadqiqot obyekti va uslublari.
  • Land of Uzbekistan Земля Узбекистана O‘ZBEKISTON ZAMINI
  • Key words:  takyr, crack, desert, water, silt, fraction, humanity, war, scientists, perpendicular. Sh.M. Isxoqova




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/98
    Sana30.05.2024
    Hajmi15,52 Mb.
    #257547
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   98
    Bog'liq
    3-2023-uzzamin.uz

    Key words:
     takyr, crack, desert, water, silt, fraction, humanity, war, scientists, perpendicular.
    Sh.M. Isxoqova
    Q.x.f.n., dotsent
    N.K. Atabayeva
    B.f.n., dotsent
    O‘zMU
    Kirish. 
    Tuproqshunoslikda taqirlarga 
    shunday ta’rif berilgan: taqir tuproqlar cho‘l 
    zonasidagi loyiqali zarrachalardan tashkil 
    topgan, yer beti o‘simliksiz yorilib-yorilib ketgan 
    poligonal bo‘lakchalardan iborat bo‘ladi. Bu 
    tuproqlar O‘rta Osiyo hududida Amudaryo va 
    Sirdaryoning qadimgi allyuvial tekisliklarida
    Qizilqum, Ustyurt, Devxona kabi qumliklar 
    orasidagi pasttekisliklarda katta maydonlarni 
    egallaydi.
    Tadqiqot obyekti va uslublari.
    Ye.I. 
    Lobova., 
    A.V. 
    Xabarovlarning 
    ma’lumotlariga ko‘ra Osiyo hududida taqir 
    tuproqlarning maydoni 11,1 mln.ga jumladan 
    O‘zbekistonda taqir va taqirli tuproqlar maydoni 
    1,8 mln. gektarni tashkil qiladi. Taqirlarning 
    kelib chiqishi to‘g‘risidagi ilk ma’lumotlarni 
    S.S. Neustruev va I.P. Gerasimovlar taqirlarni 
    yog‘in-sochin suvlarining atrofdagi do‘ng-
    qiyaliklaridan loyqa bilan oqib kelib past 
    3/2023
    Land of Uzbekistan
    Земля Узбекистана


    O‘ZBEKISTON ZAMINI
    4/2019
    17
    tekisliklarda yig‘ilib, loyqasi tinib va vaqtlar 
    o‘tishi bilan loyqa cho‘kib qolishi natijasida 
    hosil bo‘lgan tuproq deb ta’kidlaydilar. Taqir 
    tuproqlarning asosiy belgilari ularning profilini 
    o‘ziga xos tuzilishi bo‘lib, yuzasining qalinligi 
    2-5 sm bo‘lgan qattiq zich poligonal-yoriqli 
    qatqaloqdan iborat. Quruq holda u yirik kovakli, 
    juda mustahkam qovushmali va namlanganda 
    kuchli ko‘pchib, deyarli suvni o‘tkazmaydigan 
    bo‘lib qoladi [1].
    Taqirlar ham cho‘l zonasining o‘ziga 
    xos tabiiy hosilalaridan biridir. Taqirlar o‘simlik 
    o‘smaydigan, yuzasi turli yo‘nalishdagi tartibsiz 
    yoriqlar bilan parchalangan berch qatqaloqli 
    suvsiz gil tekisliklardir. Taqirlar Amudaryo
    Qashqadaryo, Zarafshon etaklaridagi, qumliklar 
    orasidagi qadimgi allyuval tekisliklarda, mayin 
    gilli pastliklarda, delyuviy bilan qoplangan 
    pastlik yerlarda katta maydonlarni egallab yotadi 
    [3].
    Taqirlar – asosan tabiiy pastliklarda hosil 
    bo‘lib, bunday joylarga bahorda qorning erishidan 
    hosil bo‘lgan, yomg‘irning loyqali suvlari kelib 
    to‘planadi. Suv bilan oqib kelgan o‘ta mayda loy 
    zarrachalari doimiy ravishda cho‘kmaga tushib, 
    tuproq yuzacidagi qalin loy qatlamini yana ham 
    qalinlashtira boradi. Yoki boshqacha aytganda, 
    taqirlar ikkita muhim xususiyatni o‘zida 
    mujassamlashtiradi. Birinchidan, u pastlikda 
    joylashgani uchun atrofdagi katta maydonlardagi 
    suvlar shu yerda to‘plana boshlaydi. Ikkinchidan, 
    taqirlar suv o‘tkazmaydigan qalin loy qatlami 
    bilan qoplangani uchun suvni qumga shimilib 
    ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
    Qadimda cho‘ponlar bunday yerlarning 
    o‘rtasidan chuqur qazib, o‘ziga xos hovuz hosil 
    qilishgan. Bu hovuzlardan yilqiboqarlar yuz 
    yillar davomida foydalanib kelishgan. Hovuzdagi 
    bahorda to‘plangan suv zahirasi to iyulgacha 
    yetgan, bu esa sahroda ko‘chib yurgan podalar 
    uchun chanqoqlarini qondirish imkoniyatini 
    bergan. Lekin, bu suv tezda qizib ketgani 
    yoki aynishi tufayli odamlar uchun iste’molga 
    yaroqsiz bo‘lgan. Hovuzga suv ichgani kelgan 
    hayvon podalari ularni loyqalatib, yana ko‘proq 
    ifloslantirgan. Shunga qaramay, butun sahro 
    jonzotlari ushbu hovuzga qarab intilgan. 
    Uning qirg‘oqlarida kichkina sahro biotsenozi 
    vujudga kelib, hovuzda suv qolmagan vaqtda 
    ham o‘simliklar suvni namiqqan tuproqdan 
    o‘zlashtirgan [2].
    Insoniyatning butun umri tuproq bilan 
    bog‘liq, tuproqsiz tabiat ham mavjud bo‘la olmas 
    edi. Shu bilan birga insoniyat o‘rtasida hosildor 
    yerlar uchun urushlar doimiy tarzda ro‘y berib 
    turgan.Tuproqning bunday qirg‘in barot janglarda 
    o‘ziga xos, hech kim sezmagan, lekin bilvosita 
    aloqasi ham bo‘lgan.
    Buyuk sohibqiron, Amir Temurning “loy 
    jangi”da qanday mag‘lub bo‘lgani, tarixdan 
    ma’lum, lekin shunday bo‘lsada, e’tiboringizga
    bir qisqa parchani havola qilmoqchiman.
    Tariximizdan ma’lumki, Amir Temur va 
    amir Husayn ibn Musallibaning Jeta Mo‘g‘uliston 
    xoni Ilyosxo‘jaga qarshi urushi, “Loy jangi” 
    nomi bilan ham mashhur bo‘lgan.
    Amir Temur va amir Husayn mo‘g‘ullar 
    istilosiga qarshi bosh ko‘tarib, 3 yil davom etgan 
    janglardan so‘ng, nihoyat 1364-y. oxirida ularni 
    Movarounnahr hududidan quvib chiqarishga 
    muvaffaq bo‘lishadi. Biroq, 1364-yilning 
    bahorida Ilyosxo‘ja Movarounnahrga katta 
    qo‘shin bilan yurish qiladi. Shunda Amir Temur 
    va amir Husayn Toshkent bilan Chinoz oralig‘ida, 
    Chirchiq daryosi bo‘yida unga qarshi lashkar 
    to‘playdi. Jang kuni to‘satdan shamol ko‘tarilib, 
    osmonni qora bulutlar qoplagan va misli 
    ko‘rilmagan darajada sel quyishni boshlagan. 
    Amir Temur qo‘shini jangga kirishgan. Oz 
    fursatda askarlarning kamon cho‘zmasi va 
    o‘qlarning pati ivib qolgan. Qo‘shin butunlay 
    shalabbo bo‘lgan. Markab (ot, tuya, miniladigan 
    hayvon)larning yurishga holi qolmagan, ular 
    tizzasigacha loyga botib qolgandi. Jang maydoni 
    loylanib, Amir Temur va amir Husayn qo‘shini 
    mushkul ahvolda qoladi, kiyim-kechak, qurol-
    yarog‘lar shu darajada namiqib ketadiki, 
    otliqning ham, piyodaning ham qimirlashga 
    majoli yetmaydi (shu bois bu jang tarixda Jangi 
    loy nomi bilan mashhur). Mo‘g‘ul askarlari 
    kapanak (namat chopon) va yomg‘irpo‘sh kiyib 
    panada jang boshlanishini kutib o‘tirgan. Sel 
    avjiga chiqqanda nogohon ular birvakayiga 
    yomg‘irpo‘sh va kapanaklarini yechib tashlab 
    Movarounnahr lashkariga qarshi jangga kirgan.
    Muniddin Natanziy: “Aksiga olib bu yer 

    Download 15,52 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   98




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Key words:  takyr, crack, desert, water, silt, fraction, humanity, war, scientists, perpendicular. Sh.M. Isxoqova

    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish