O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
18
shunaqa ediki, andak yog‘ingarchilikdan keyin
quturgan fil ham undan o‘tolmasdi”, - deb o‘sha
kundagi yomg‘irdan bo‘kkan tuproqlarni nazarda
tutgan va yoqqan kuchli yomg‘irni esa “Nuh
to‘foni”ga o‘xshatgan. O‘sha kuni ikki lashkar
janggohni butunlay tark etgach, tunni ba’zilar ot
ustida o‘tkazishdi, ba’zilar esa qattiq loygarchilik
tufayli, qayerga yetib bora olgan bo‘lsa o‘sha
yerda qoldi. Toshkent va Chinoz o‘rtasida sodir
bo‘lgan “Loy jangi”da amir Husaynning xiyonati
oqibatida Amir Temur qo‘shinlari mag‘lubiyatga
uchraydi. Jang tasvirlangan rasmlarda ham suvga
bo‘kkan tuproqlarni otlarning yag‘irinigacha
chiqib ketgani, tuyoqlarning loyga botib turgani
tasvirlangan. Tarixchilar ahamiyat bermagan,
suvga to‘yinishi tufayli bo‘kib qolgan va yurish
qiyin bo‘lgan loyga aylangan tuproqlar, balki
bu yerda ham qaysidir ma’noda jang nihoyasini
ta’minlagan bo‘lishi mumkindir, balki.
Vertisollar.
Vertisol (Vertere — lotin
tilidan olingan bo‘lib, doimiy tarzda o‘girib
turish) degan ma’noni bildiradi va ko‘pgina
mahalliy nomlariga ham ega. 1898-yillardayoq
Hindistonning ko‘pgina maydonlarini egallagan
quruq holatida ko‘rinishi chuqur darzlardan iborat
bo‘lgan qora tuproqlar olimlar diqqatini tortgan edi.
Rus tuproqshunoslari bunday tuproqlarga tropik
qora tuproqlar deb nom berishgan. Keyinchalik,
tadqiqotlarning ko‘rsatishicha darzli loy tuproqlar
gumusning kamligi, o‘ziga xos strukturaga ega
bo‘lgan va darzlarning chuqurligi bilan rus qora
tuproqlaridan juda katta farq qilishi aniqlandi.
Vertisollarning tarkibida juda ko‘p miqdorda
(30% dan ortiq) loy minerallari, namlanganda
bo‘kib, quriganda kichrayish xossasiga ega
bo‘lgan smektit mavjudligi bu holatga sabab
bo‘ladi. Bu tuproqlar quruq holatida 50 sm li
chuqurlikkacha bo‘lgan darzlar hosil bo‘ladi.
Vertisollarning hosil bo‘lishi faqat quruq
iqlimli mintaqalarga xos bo‘lib, yog‘ingarchilik
boshlanishi bilan bunday tuproq qovushqoq
va plastik bo‘lib qoladi. Bu tuproqlarning
yuzasi juda ham silliq bo‘lib qoladiki, gilgain
mikrorelefga ega bo‘lib, unda harakatlanish juda
qiyin bo‘lib qoladi. Vertisollarning eng muhim
fizik xususiyatlari suv o‘tkazuvchanligining juda
ham pastligi va quruq holatida o‘ta qattiqligi
hisoblanadi [3].
Ikkinchi jahon urushi harbiy harakatlari
Shimoliy Afrikaga, aniqrog‘i, Jazoirgacha
ham yetib borgani tarixdan ma’lum. Shimoliy
Afrikaning tuproqlari asosan vertisollardan iborat
bo‘lib, alohida – alohida huddudlar shaklida keng
maydon bo‘ylab tarqalgan. 1942-yil, oktabrning
oxiri, noyabr boshlarida italiya-nemis fashist
qo‘shinlari tekis, qup – quruq loyli tuproqlardan
iborat bo‘lgan yalanglikka joylashadi. Ularning
maqsadi feldmarshal Montgomeri boshchiligidagi
angliya qo‘shinlariga hujum uyushtirish edi.
Nemislarning og‘ir artilleriya, tanklar, hammasi
jangga tayyor turar edi. Jang oldidan yomg‘ir
yog‘a boshlaydi. Shunda toshdek qattiq tuproqlar,
o‘tib bo‘lmas botqoqqa aylana boshlaydi. Vertisol
tuproqlar yomg‘ir suvlaridan bo‘kib, yuqori
plastiklikka, oquvchanlikka ega bo‘lgani uchun
og‘ir yuklarni ko‘tara olmaydigan holatga o‘tadi
va harbiy texnika yura olmaydigan darajaga
keladi. Fashist qo‘shinlarining harbiy harakatlari
puchga chiqadi. Harbiy texnikani harakatga
keltirish uchun juda ko‘p kuch va mehnat, vaqt
sarflanadi. Britaniya feldmarshali bundan oqilona
foydalanadi va El – Alamaynda italiya nemis
qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi [1].
Yana ham qadimgi, Yevropadagi salb
yurishlari davridagi janglar xam tuproq ya’ni taqir
tuproqlar bilan bog‘liq. Bu janglar asosan, ustki
qoplami yirik – yirik darzlar bilan qoplangan,
mustahkam zichlashgan, namiqqan holatida
esa suvda o‘ta bo‘kuvchan tuproqlar tarqalgan
3/2023