|
Xulosa, taklif va tavsiyalarBog'liq 3-2023-uzzamin.uzXulosa, taklif va tavsiyalar.
1) Respublikaning bo‘z tuproqlar
mintaqasidagi kabi cho‘l mintaqa tuproqlari
singdirish sig‘imi va singdirilgan asoslar tarkibi,
uning yo‘nalishi va faollik darajasi bevosita
sug‘orishlar jarayoni va tuproqgruntga uzviy bog‘liq
ekanligi aniqlandi. Bu jarayonlar energiyaning
saqlanish va aylanish qonuniga bo‘ysunadi.
2)
Navoiy viloyati Konimex tumanidagi
o‘rganilgan qumli cho‘l, sur tusli qo‘ng‘ir va sur tusli
qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlar regional xususiyatlariga
ko‘ra, amalda sho‘rtoblashmagan (Na – <5%)
tuproqlar guruhiga mansub bo‘lib, o‘simliklarning
o‘sib rivojlanishiga salbiy ta’sir etmaydi.
3) O‘rganilgan cho‘l mintaqa
tuproqlari singdirish qobiliyatiga ko‘ra, qumli
cho‘l tuproqlarda “juda past” miqdor (5-10 mg-
ekv.), sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir va sur
tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarda esa “past”
(10-15 mg-ekv.) guruhlarga o‘tgan bo‘lib, kationlar
tarkibi va almashinishiga ko‘ra esa singdirish
sig‘imi ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Buning
asosiy sababi, sug‘orma dehqonchilikka tortilgan
ushbu hududlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini
yetishtirilishi bilan bevosita bog‘liq. Bunda
sug‘orishlar ta’siri tufayli o‘simliklar hayot faoliyati
uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlarning
(Sa
2+
, Mg
2+
, K
+
) tuproqda yuvilishidan ko‘proq
saqlanib qolinishi jarayoni (akkumulyatsiyasi)
faolroq davom etayotganligini ko‘rsatadi.
4)
Sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir
va sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlar regional
xususiyatlari jihatidan nisbatan unumdor tuproqlar
hisoblanadi. Bunday tuproqlarda hudud uchun mos
bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va
yetishtirish mumkin.
5) Mazkur tuproqlar unumdorligini
yanada oshirishda, ayniqsa, tuproq singdirish
sig‘imini ortishida qishloq xo‘jaligi ekinlaridan
dukkakli va moyli ekinlarni ilmiy asosda yetishtirish
ijobiy samaralar beradi.
|
| |