O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
12
darajasi va bir qator suv-fizikaviy xossalari bilan
belgilanib, sug‘oriladigan tuproqlarning ishlab
chiqarish qobiliyati va mahsuldorligi ko‘p jihatdan
uning singdirish sig‘imi va
singdirilgan asoslar
(kationlar) tarkibiga bog‘liq. Tuproqlar
singdirish
kompleksidagi almashinuvchi kationlar tarkibiga
Ca
+
, Mg
++
, K
+
, Na
+
, NH
4
+
, Al
+++
, Fe
+++
va H
+
kiradi.
O‘zbekiston sharoitida tarqalgan tuproqlarda Ca
+
va
Mg
++
yetakchi o‘rinlarni egallaydi, qolgan kationlar
kam miqdorda uchraydi, ular 100 g. tuproqdagi mg-
ekv. miqdoriy ko‘rsatkichlarda ifodalanadi [1].
Tuproqning singdirish
kompleksida natriy
miqdorining 5% dan oshib ketishi, uning kimyoviy
va suv-fizikaviy xossalariga salbiy ta’sir ko‘rsatib,
tuproq unumdorligini pasaytiradi, 10% dan ortib
ketishi esa tuproqlarni sug‘orma dehqonchilikda
yaroqsiz bo‘lib qolishiga olib keladi [1]. Singdirish
kompleksida natriyning mavjudligi tuproqda
ishqoriy muhitni sodir etadi va tuproq eritmasida
o‘simliklar uchun
xavfli hisoblangan NaOH va
Na
2
CO
3
tuzlarini hosil bo‘lishiga olib keladi.
O‘zbekistonning tog‘oldi hududlaridagi
lyossimon yotqiziqlarda shakllangan qo‘riq to‘q
tusli bo‘z tuproqlar asosan bir xil mexanik tarkibga
mansub bo‘lgan o‘rta qumoqlardan, past tog‘larda
rivojlangan qo‘riq to‘q tusli bo‘z tuproqlar esa og‘ir
va o‘rta qumoq, ayrim hollarda yengil qumoqlardan
iborat bo‘ladi. Tuproq profilining o‘rta qismida
ancha zich bo‘lgan illyuvial gorizonti bilan ajralib
turadi [3].
Qo‘riq to‘q tusli bo‘z tuproqlar singdirish
sig‘imi nisbatan yuqori bo‘lib, 100 g. tuproqda
16-19 mg-ekv. gacha yetadi, pastki qatlamlari tomon
uning ko‘rsatkichlari kamayib boradi. Singdirilgan
asoslar tarkibida kalsiyning ulushi 75-90% ni,
magniy esa 8-16% ni tashkil qiladi. Singdirilgan
kalsiy miqdorining pastki
qatlamlar tomon kamayib
borishi, va aksincha, magniy miqdori ortib borgani
holda singdirish sig‘imiga nisbatan 45-55% gacha
yetadi.
B.V.Gorbunov va G.M.Konobeevaning [3]
e’tirofiga ko‘ra, qo‘riq tipik bo‘z tuproqlarga xos
bo‘lgan xarakterli xususiyatlardan biri shundaki,
ularning singdirish sig‘imi 100 g. tuproqda
7-15 mg-ekv. ni tashkil etadi. Singdirilgan kalsiyning
miqdori singdirilgan kationlar yig‘indisidan 50 dan
92% gacha oraliqda qayd qilinib, ayrim tuproq
ayirmalarida pastki gorizontlarda almashinadigan
magniy ulushi yuqori bo‘lib, singdirilgan asoslar
yig‘indisidan 50 dan 70% gacha bo‘lishi kuzatiladi.
Ushbu
holatni
R.Q.Qo‘ziyev
va
V.E.Sektimenkolar [5] tomonidan qo‘riq to‘q tusli
bo‘z tuproqlar kimyoviy va agronomik xossalariga
ko‘ra, tuproq paydo qiluvchi jinslarning birlamchi
kimyoviy tarkibi, talqon tuproqlar (melkozemlar)ni
yuvilishi, akkumulyatsiyasi, namlikni profil bo‘ylab
taqsimlanishi va to‘planishi, organik moddalarning
hosil bo‘lishi va parchalanishi, fizik-kimyoviy
nurashning tezligi va faolligi kabi omillarga uzviy
bog‘liq deb tavsif berilgan.
Bo‘z tuproqlar mintaqasi qo‘riq, lalmikor va
sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlarda olib borilgan
tadqiqotlarda lyosslardan hosil bo‘lgan tipik bo‘z
tuproqlar singdirish sig‘imi va singdirilgan asoslar
tarkibining ko‘pincha bir xilda bo‘lishi bilan ajralib
turishi aniqlangan [8].
Singdirish sig‘imi qadimdan sug‘oriladigan
tipik bo‘z tuproqlarning o‘rta va quyi qismlarida
singdirish sig‘imi ko‘rsatkichi qo‘riq va lalmikor
tipik bo‘z tuproqlar ko‘rsatkichlaridan sezilarli ortiq
bo‘ladi. Albatta,
bu sharoitda
ham gumusli yuqorigi qatlam
katta singdirish sig‘imiga ega, buning sababi
– organik birikmalarni, ular
ni tashkil
qiluvchi organik kolloidlarni katta miqdorda
singdirish qobiliyatining mahsuli hisoblanadi [8].
Bo‘z tuproqlarning yana bitta xarakterli xususiyati
– ularda singdiruvchi kompleks ishqorli yer
kationlari bilan to‘yingan bo‘ladi.
Bu tuproqlar kesmasida singdirilgan Ca
++
30-84% ni, Mg
++
12-57%,
Na
+
0,7-2,0% va nihoyat K
+
2-10% ni tashkil
qiladi [8].
Bu borada G‘.T.Parpiyev respublikamizning
bo‘z tuproqlari mintaqasida (Toshkent, Sirdaryo,
Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida)
“Bo‘z-voha tuproqlarining regional xususiyatlari
va ularning tuproq unumdorligi shakllanishidagi
roli” mazusida olib borgan tadqiqotlarida quyidagi
xulosalarga kelgan [G‘.T.Parpiev, 2021; 307-b.]:
► Bo‘z tuproqlar minataqasi avtomorf
tuproqlar sharoitida rivojlangan qo‘riq to‘q tusli
bo‘z tuproqlar kesmasida singdirilgan kalsiy
ulushining quyi
qatlamlar tomon kamayishi
va aksincha, magniy ulushining ortib borishi
qonuniyati “piramidasimon” ifodani aks ettirsa,
voha tuproqlari sharoitida esa, ushbu qonuniyat
doirasida nivelirlanish jarayoni shakllangan. Ya’ni,
0-2 metrlik qatlamda deyarli bir xil nisbatlarda
singdirilgan kalsiy ulushining
quyi qatlamlar tomon
3/2023