Земля Узбекистана




Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/98
Sana30.05.2024
Hajmi15,52 Mb.
#257547
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98
Bog'liq
3-2023-uzzamin.uz

Land of Uzbekistan
Земля Узбекистана


O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
9
O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlaridan 
yil bo‘yi foydalanish maqsadida tuproq-iqlim 
sharoitiga mos oraliq ekinlarni g‘o‘za bilan 
almashlab ekish fikrini birinchi bo‘lib, 1942-yilda 
V.S.Malchigin ilgari surdi.
O‘.P.Umurzoqov, 
A.J.Toshboyev, 
J.Rashidov, A.A.Toshboyev [1], D.U.Ismaylov 
[2] ning fikricha almashlab ekish, ekinlarni 
to‘g‘ri joylashtirish, tuproqlarni bir-biri bilan 
ixtisoslashtirilganda yerni fizik holati buzilmay, 
tuproq unumdorligi oshadi.
N.Yu. Abduraxmonov, Sh.S. Mansurov 
[3], M.M. Toshqo‘ziyev [4] larning tadqiqotlarida 
ta’kidlanishicha, almashlab va navbatlab ekish 
tizimlarini joriy etish, qishloq xo‘jalik ekinlarini 
to‘g‘ri joylashtirish orqali yer resurslaridan samarali 
foydalanish, tuproqlar unumdorligini saqlash va 
qayta tiklash imkoniyatlari yaratiladi.
Agroiqlimiy hududiylashtirish tuproq va 
iqlimning cheklovchi omillarini hisobga olgan 
holda, ma’lum bir hududning issiqlik, yorug‘lik 
va namlik resurslarini baholash asosida amalga 
oshiriladi. Sug‘oriladigan dehqonchilik sharoitida 
agrotuproqshunoslik hududiylashtirishda tuproqning 
paydo bo‘lishi xususiyatlari bilan birga sug‘orish 
davomiyligi, madaniylashganlik darajasi hamda
eroziya, ikkilamchi sho‘rlanish, sho‘rtoblanish va 
toshlilik kabi salbiy voqealarning namoyon bo‘lish 
darajalari ham hisobga olinadi. Sug‘oriladigan 
dehqonchilik sharoitida asosiy ekinlarni - paxta 
va kuzgi bug‘doyni joylashtirishda boshqa ekinlar 
bilan almashtirishni ta’minlash kerak, chunki ularni 
ekish tuproqda ko‘p miqdordagi organik moddalar 
yig‘ib, tuproqning fizik xususiyatlarini va uning 
mikrobiologik faoliyatini yaxshilaydi, natijada 
tuproq unumdorligini va hosildorlikni saqlash va 
oshirishni oshiradi, yerlardan samarali foydalanishni 
ta’minlaydi.
Respublikamizda ilmiy tadqiqotlar 
xulosalari asosida asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlarini 
qisqa almashlab ekish asosidagi respublikaning turli 
hududlari tuproq va meliorativ sharoitlariga mos 
ravishda joylashtirish tizimi ham ishlab chiqilgan.
Shu asosda qishloq xo‘jaligi ekinlarini optimal 
joylashtirish va almashlab ekish muammolarini hal 
etishning asosiy vazifalari belgilanadi.
Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan 
“Tuproq xossa-xususiyatlariga ko‘ra ekinlarni 
joylashtirish” dasturiy ta’minot va uning hisoblash 
algoritmlari bo‘yicha tanlangan hududlarning 
qishloq 
xo‘jaligi 
ekinlarini 
yetishtirishga 
yaroqliligini baholashda qo‘llanilishining iqtisodiy 
samaradorligi bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblar 
amalga oshirildi [5].
Toshkent viloyati Parkent tumani Zarkent 
massivi jami ekin maydoni 4,8 ming gektar hamda 
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani Malik massivi 
jami ekin maydoni 4,3 ming gektar bo‘lib, tanlangan 
hududning qishloq xo‘jaligi ekinlarini optimal 
joylashtirish bo‘yicha iqtisodiy samaradarligini 
aniqlashda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq 
xo‘jaligi vazirligining 2023-yil 6-martdagi 
45-son 
buyrug‘iga 
muvofiq 
tasdiqlangan 
“Yer tuzish, davlat yer kadastri va yerlarni 
monitoringi buyicha loyiha - qidiruv ishlariga 
vaqt me’yorlarining namunaviy to‘plami”dan 
foydalanilib, sarf xarajatlar aniqlandi.
Ekinlarni 
joylashtirish 
natijalari 
M: 1:10 000 masshtabdagi qishloq xo‘jalik elektron 
raqamli xaritalariga tushiriladi. Dastlabki hisob 
kitoblar bo‘yicha quyidagi natijalar olindi:
Respublika bo‘yicha jami 4,3 mln gektar 
qishloq xo‘jaligi ekin yerlari mavjud bo‘lib, 
mutaxassislar tomonidan ekinlar an’anaviy 
usulda joylashtirilganda 2020-yil kalkulyatsiyasi 
qo‘llanildi. Bunda har-bir mutaxassisi o‘rta hisobda 
1 ish kunida 75 gektar (konturlarning o‘rtacha 
maydoni 5-6 gektar bo‘lganda) jami maydon uchun 
2 720 nafar mutaxassis talab qilinadi.
Tadqiqot 
olib 
borilgan 
davrda 
kalkulyatsiya 1 odam oy uchun yetakchi muhandis
5 053 622 so‘m (O‘zdavyerloyiha davlat ilmiy 
loyihalash instituti ma’lumotlari).
Loyiha-qidiruv ishlarini amalga oshrish 
uchun talab etiladigan xarajatlarni aniqlashda 
quyidagi formuladan foydalaniladi.

Download 15,52 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   98




Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish