|
Economic efficiency of softwareBog'liq 3-2023-uzzamin.uzEconomic efficiency of software
“allocation of crops by soil features” in agricultural
production
Abstract.
This article shows the economic efficiency of the program "Placing crops according to soil properties" and
provides information on the optimal placement of potato crops in the Zarkent massif of the Parkent district of the Tashkent
region and the Malik massif of the Syrdarya district of the Syrdarya region.
Key words:
economic efficiency, productivity, optimal placement of crops, predecessor, software, database.
U.X. Niyazmetov
Q.x.f.n.
O‘zbekiston Respublikasi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
Sh.M. Bobomurodov
B.f.d., katta ilmiy xodim
Tuproqshunoslik va
agrokimyoviy
tadqiqotlar instituti
Z.A. Baxodirov
B.f.f.d.
Tuproqshunoslik va
agrokimyoviy tadqiqotlar
instituti
Kirish.
Dunyo aholisining doimiy o‘sishi,
uning ozuqaviy ehtiyojlari ortib borishi qishloq
xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis
va olimlarni chorva mollari uchun ozuqa yetishtirish
hamda sug‘oriladigan yerlar zaxirasining
cheklanganligi yuqori hosil beruvchi fermerlik
tizimiga o‘tish, yerdan foydalanish samaradorligini
oshirish imkonini beruvchi ilmiy asoslangan,
ekologik jihatdan xavfsiz va iqtisodiy jihatdan
foydali bo‘lgan texnologik usullarni yaratishga
majbur qiladi. Bu esa o‘z navbatida asosiy qishloq
xo‘jaligi ekinlarini to‘g‘ri joylashtirish masalalariga
ilmiy jihatdan yondoshish muammosi dolzarbligini
ko‘rsatadi.
Shuning uchun respublikamizning o‘ziga xos
geografik joylashuvi sababli qulay tuproq va iqlim
sharoitlaridan: apreldan oktyabr oyigacha o‘rtacha
harorat 2 300-2 500°C, oktyabrdan aprel oyigacha
o‘rtacha 1 200-1 400°C oralig‘ida bo‘lgan, sovuqsiz
davr davomiyligi 120-130 kun bo‘lgan sharoitdan
samarali foydalanish qishloq xo‘jaligi sohasi
mutaxassislari oldida turgan dolzarb vazifalaridan
biri bo‘lib, yer resurslaridan kuzgi-qish, qish va
erta bahor mavsumlarida ham samarali foydalanish
orqali barqaror va yuqori sifatli hosil olish muhim
hisoblanadi.
3/2023
|
| |