• O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish tadbirlari
  • O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari. Reja




    Download 20.69 Kb.
    bet1/4
    Sana03.03.2024
    Hajmi20.69 Kb.
    #165981
      1   2   3   4
    Bog'liq
    MI#4 O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklar
    Amanov ustozga savollar, 21-ОБЩЕЕ ПОНЯТИЕ О ПАМЯТИ, 5-topshiriq, ATL 1-mustaqil ish Xolboyev Muhammad, Ingliz tili gramatikasidan universal qo`llanma 281220095903, Ingliz tili grammatikasi. G\'apparov M, Qosimova R 040320224159, Destination A2, Эслатма, TASVIRIY FAOLIYAT MASHG\'ULOTLARINI LOYIHALASHTIRISH (1), 1-mustaqil ish dinshunoslik, Quadratic collection, To\'lqino Azizbek 5-m ish P P, To\'lqinov Azizbek boshqaruv 2- amaliy ish

    O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari.
    Reja:

    1. O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish tadbirlari

    2. Tabiatni muhofaza qilishning yo’nalishlari

    3. Tabiatni muhofaza qilish yutuqlari hamda kamchiliklari



    1. O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish tadbirlari

    Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab, Tabiatni muhofaza qilishq.ga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1992 y. 9 dek.), "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993 y. 6 may), "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida" (1994 y. 23 sent.; 2002 y. 12 dek.da yangi tahrirdagi), "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1996 y. 27 dek.), "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" va "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" (1997 y. 26 dek.), "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" (2000 y. 15 dek.), "Oʻrmon toʻgʻrisida" (1999 y. 15 aprel), "Chiqindilar toʻgʻrisida" (2000 y. 5 aprel)gi qonunlardir.
    Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni muhofaza qilishq.ga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11bobi 50moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar", deb koʻrsatilgan. 55-moddasida "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir", deyilgan. Mamlakatimizda "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" tashkil qilingan (1996 y. 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; Tabiatni muhofaza qilishq. faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilishq. hamda resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish.
    Oʻzbekiston Tabiatni muhofaza qilishq. sogʻasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab chikildi. 1993 y. mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta Osiyodagi 5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari boʻyicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sogʻlom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir.
    Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va hayvonlar qoʻriklanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye, vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilishq. haqidagi bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, ekologik madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishq.da katta ahamiyatga ega. Tabiatni, uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus va oliy yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida oʻqitilmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan amaldagi qonuncliilik, huquqni qo‘llash va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan “2017-2021- yiilarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ayniqsa, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida daviat organlarining faoliyatini yanada rivoilantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslaridan foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashning daviat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa nonnativ hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish daviat qo‘mitasi, daviat boshqaruvi mahalliy idoralari amalga oshiradilar. Ular bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslami idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid. ya'ni ma’lum bir tabiiy resursni idora etuvchi organlarga bo‘linadi. Yana bir muhim vazifalardan biri bu chet davlatlar bilan ekologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki ekologik muammolami hal qilish uchun chetdan investitsiyalarolib kirish shuningdek, chet daviatlarda olib borilayotgan ekologik muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralami o‘rganib chiqib, o‘zimizda bizga moslarini tanlab amalga oshirish bugungi kunning talabi hisoblanadi.


    1. Download 20.69 Kb.
      1   2   3   4




    Download 20.69 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklari. Reja

    Download 20.69 Kb.