Tabiatni muhofaza qilish yutuqlari hamda kamchiliklari




Download 20.69 Kb.
bet3/4
Sana03.03.2024
Hajmi20.69 Kb.
#165981
1   2   3   4
Bog'liq
MI#4 O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti yutuq va kamchiliklar
Amanov ustozga savollar, 21-ОБЩЕЕ ПОНЯТИЕ О ПАМЯТИ, 5-topshiriq, ATL 1-mustaqil ish Xolboyev Muhammad, Ingliz tili gramatikasidan universal qo`llanma 281220095903, Ingliz tili grammatikasi. G\'apparov M, Qosimova R 040320224159, Destination A2, Эслатма, TASVIRIY FAOLIYAT MASHG\'ULOTLARINI LOYIHALASHTIRISH (1), 1-mustaqil ish dinshunoslik, Quadratic collection, To\'lqino Azizbek 5-m ish P P, To\'lqinov Azizbek boshqaruv 2- amaliy ish, mapleda dasturlash
Tabiatni muhofaza qilish yutuqlari hamda kamchiliklari

Ekologiya nima o‘zi va nima uchun biz XXI asrda uning ham nazariy, ham amaliy echimini topishga harakat qilib qoldik? Nima uchun ushbu muammo deyarli ko‘pgina ta’lim bosqichlarida, madaniy hordiq chiqarayotgan joylarda, xalqaro uchrashuvlarda va hattoki, biznes-shoularda ham qizg‘in muhrokama mavzusiga aylanib qoldi. Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga; oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi togʻ jinslari, relyef, tuproqlarga bogʻliq. Bu tabiiy omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.
Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi, undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmirning hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.


Xulosa
Ekologik madaniyatni shakllantirish tizimi to‘liq amalga oshirilmasa, yoshlarni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish sohasidagi dunyoqarashlari tor, bilimi sayoz bo‘lishiga olib keladi hamda beriladigan asosiy ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.


Download 20.69 Kb.
1   2   3   4




Download 20.69 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tabiatni muhofaza qilish yutuqlari hamda kamchiliklari

Download 20.69 Kb.