O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
6
2-rasm.
Surxondaryo viloyati florasining toʻr tizimli
xaritasida indekslarning species richness (turlar
xilma-xilligi) va collection density (yigʻmalar zichligi)
koʻrsatkichlari
asosiy natijalari tarqoq holdagi bosma nashrlar
va gerbariy namunalari ko‘rinishida saqlanib
kelindi. Markaziy
Osiyo davlatlari uchun
ham bu vaziyat xos bo‘lib, o‘tgan asrning
90-yillarigacha odatiy holat bo‘lib kelgan.
2010-yildan keyin yuzaga kelgan va uzoq yillar
davomida saqlanayotgan vaziyat ijobiy tomonga
o‘zgara boshladi. Floristika va o‘simliklar
geografiyasi sohasidagi mavjud ilmiy adabiyotlar va
gerbariy namunalarini raqamli formatga o‘tkazish
borasidagi birinchi qadamlar aynan TASH fondi
bazasida amalga oshirildi. 2012–2013
yillardan
boshlangan ilk tajriba yiliga 20000 atrofidagi
namunalarni raqamlashtirish imkonini bergan.
2016–2017 yillarda ma’lumotlar bazasidagi axborot
ko‘lami 200000 dan ortgan bo‘lsada, raqamli
ko‘rinishga o‘tgan ma’lumotlar bazasi ilmiy
tadqiqot faoliyatiga kam jalb etib kelindi. Buning
bosh sabablaridan biri gerbariy yorliqlaridagi
ma’lumotlarni geobog‘lanmaganligi, ya’ni
yorliq ma’lumotlari asosida gerbariy namunalari
terilgan nuqtalarning
geografik koordinatalari
aniqlanmaganligi bo‘ldi. Shunga qaramay,
2012–2016 yillar oralig‘ida olib borilgan
tadqiqotlar bu sohani rivojlantirishda katta
ahamiyatga ega bo‘ldi. Aynan shu vaqt oralig‘ida
O‘zbekistonni botanik-geografik rayonlashtirish
xaritasi tuzildi (1-rasm) [12], O‘zbekiston
Milliy
florasini yaratishning ilmiy poydevori yaratilib
[6], viloyatlar kesimidagi davlat kadastrini
yuritish asoslari ishlab chiqildi [10,11,13,14,15]
va amaliyotga joriy etildi. Eng muhimi raqamli
formatga o‘tkazilgan ma’lumotlar platformasi
shakllantirilib, global miqyosdagi axborot bazasiga
joriy etishga zamin yaratildi.
Tadqiqotlarning
zamonaviy bosqichi
mamlakat florasining kadastrini yuritish, milliy
floraning yangi jildlarini yaratish barobarida
Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib flora turlarini to‘r
tizimli xaritalash tizimini amaliyotda qo‘llashga
o‘tish bilan tarixga muhrlanadi [7].
Hozirgi kunda o‘simliklar xilma-
xilligini o‘rganish va biohujjatlashtirishning
eng takomil usuli sifatida e’tirof etiladigan [9]
to‘r tizimli xaritalash
tadqiqotlari Surxondaryo
viloyati hududida olib borilmoqda [7]. Unga
ko‘ra, mamlakat hududi har biri 5x5 km bo‘lgan
19240
2 larga ajratilgan va turlar xilma-xilligi
(species richness, SR) va gerbariy yig‘malar zichligi
(collection density, CD) borasidagi ma’lumotlar
alohida kvadratlar kesimida akkumulyatsiya
qilinmoqda. Surxondaryo hududida 884
2
lar
ajratilgan bo‘lib, 2021–2022 yilda olib borilgan
tadqiqotlarning ilk ijobiy natijalari Tojibaev
va boshq. (2020) va Tojibaev va boshq. (2021)
ishlarida e’lon qilingan.
Surxondaryo viloyatida
olib borilayotgan
tadqiqotlar Markaziy Osiyoda flora tarkibini to‘r
tizimli xaritalashni navbatdagi sifat bosqichiga
olib chiqdi. Tadqiqot hududidagi barcha botanik-
geografik rayonlarning flora tarkibini shakllantirish
davom ettirilmoqda. Botanik-geografik rayonlar
kesimida asosiy taksonomik birliklar tarkibi,
tadqiqotlar uchun jalb etilgan namunalar soni
bo‘yicha ma’lumotlar bazaga kiritildi. Ayni
paytda
ushbu ma’lumotlar 40000 dan ortiq qatorni tashkil
etadi va geofazoviy jihatdan to‘r tizimli xaritaning
792 indekslarda, ya’ni tadqiqot hududining 89,54%
joylashgan (2-rasm).
Surxondaryo viloyatining davlat kadastr
ro‘yxatiga 106 oila, 652 turkumga mansub bo‘lgan
2151 tur kiritildi. Surxondaryo viloyati endemlari
va Qizil kitobga kiritilgan kamyob turlarni
bioiqlimiy modellashtirish bo‘yicha tadqiqotlar
olib borilmoqda. Joriy davrga nisbatan iqlim
ssenariylari bo‘yicha potensial tarqalishi mumkin
bo‘lgan maydonlari ortib borishi (jami
turlarning
35%) va qisqarib borishi (65%) kutilayotgan
turlarning ikki guruhi mavjudligi aniqlangan
3/2023