O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
5
Kirish.
Yuksak o‘simlik turlarining
hozirgi xilma-xilligi borasida turli fikrlar mavjud.
Bir qarashda oddiy
tuyulgan bu masalani javobi
ancha mushkul. Rasmiy manbalarda chop etilgan
ma’lumotlarda bu ko‘rsatkich 342000 dan
450000 gacha o‘zgarib turadi. Fan uchun ma’lum
bo‘lgan turlarning uchdan ikki qismi tropik
mintaqalarda qayd etilgan bo‘lsa,
uchdan bir qismi
yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turlar hisoblanadi
[4,5].
Tadqiqot obyekti va uslublari.
Keyingi
yillarda atrof-muhit muhofazasiga bo‘lgan
katta e’tibor dunyoda mavjud bo‘lgan biologik
xilma-xillikni o‘rganish,
muhofaza etish
barobarida yirik hajmli ma’lumotlar bazasini
shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojni ham oshirdi.
Tabiiy resurslarga bo‘lgan talabni ortishi ularni
yil sayin kamayishiga ham olib kelmoqda. Bu
holat esa ma’lumotlar ko‘lamini tizimlashtirish va
boshqarish zarurligini ko‘rsatdi. O‘tgan
asrning
60 yillaridan boshlab “big data, BD” tushunchasi
kirib keldi [3].
Biologik xilma-xillik kontekstida BD
biologik turlarning tarqalishini boshqarishni
ta’minlaydigan texnik–siyosiy vosita yoki biologik
xilma-xillik obyektlari bo‘yicha raqamlashtirilgan
ma’lumotlarni intensiv ravishda to‘planishini
anglatadi [1]. Hozirgi kunga kelib BD biologik
xilma-xillik yo‘nalishidagi fanlarda markaziy o‘rin
egallaydi va uning asosida biologik turlarning fazo
va makonda tarqalishi turadi.