• O‘zbekistonning botanik-geografik rayonlashtirish xaritasi
  • Tadqiqot natijalari va ularning




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/98
    Sana30.05.2024
    Hajmi15,52 Mb.
    #257547
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98
    Bog'liq
    3-2023-uzzamin.uz

    Tadqiqot natijalari va ularning 
    muhokamasi. 
    Zamonaviy floristika va o‘simliklar 
    geografiyasidagi BD zaminida gerbariy turadi. 
    Index Herbariorum (http://sweetgum.nybg.
    org/science/ih/) ma’lumotlariga ko‘ra hozirda 
    3392 ta rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan ilmiy gerbariy 
    fondlari bo‘lib, ularda XVI asrning ikkinchi 
    yarmidan boshlab to‘plangan 400 mln. ga yaqin 
    namunalar saqlanadi. Gerbariy namunalarining 
    to‘rtdan bir qismi raqamlashtirilgan bo‘lib, yirik 
    gerbariy fondlarining veb-saytlari, GBIF (www.
    gbif.org) va 2003-yildan beri Xitoyda faoliyat 
    yuritayotgan NSII (http://nsii.org.cn/2017/home-
    en.php) kabi bazalarida saqlanadi. O‘zbekiston 
    Milliy gerbariysi (TASH) dunyodagi yеtakchi 
    30 yirik gerbariy fondlari qatoridan o‘rin oladi va 
    1831-yildan boshlab to‘plangan 1.5 mln. dan ortiq 
    namunalarni saqlab kelayotgan yirik ilmiy obyekt 
    hisoblanadi. Markaziy Osiyoda keng ko‘lamli 
    botanik tadqiqotlar, jumladan raqamli formatga 
    asoslangan yangi avlod izlanishlarining zaminida 
    aynan O‘zbekiston Milliy gerbariysi turadi. Jahon 
    miqyosidagi bunday yirik gerbariy kolleksiyasining 
    mavjudligi O‘zbekistonda o‘simliklar xilma-
    xilligini keng ko‘lamli tadqiq etish, jumladan, 
    flora tarkibini to‘r tizimli xaritalash, O‘zbekiston 
    florasining yangi nashrlarini tayyorlash va chop 
    etish, kamyob va endem o‘simlik turlarini iqlim 
    o‘zgarishining mavjud ssenariylari bo‘yicha 
    kelajakda tarqalishini modellashtirish, kamyoblik 
    maqomlarini xalqaro talablar asosida baholash 
    kabi zamonaviy tadqiqotlarni olib borish imkonini 
    beradi.
    BD davrigacha olib borilgan tadqiqotlarning 
    1-rasm.
    O‘zbekistonning botanik-geografik rayonlashtirish 
    xaritasi
    I Togʻli Oʻrta Osiyo Provinsiyasi: I-1 Gʻarbiy Tyanshan 
    (I-1-a Ugom-Piskom, I-1-b Gʻarbiy Chotqol (Chimyon), 
    I-1-c Arashon, I-1-d Qurama (Ohangaron), I-1-e Chorkesar, 
    I-1-f Toshkent oldi), I-2 Fargʻona (I-2-a Janubiy Chotqol), 
    I-3 Fargʻona-Oloy (I-3-a Gʻarbiy Oloy, I-3-b Sharqiy Oloy), 
    I-4 Nurota (I-4-a Nurota, I-4-b Oqtov, I-4-c Nurota qoldiq 
    togʻlari), I-5 Kuhiston (I-5-a Shimoliy Turkiston, I-5-b 
    Morguzar, I-5-c Urgut, I-5-d Ziyovuddin-Zirabuloq), I-6 
    Gʻarbiy Hisor (I-6-a Qashqadaryo, I-6-b Torqopchigʻay, 
    I-6-c Boysun, I-6-d Koʻhitang, I-6-e Surxon-Sherobod), I-7 
    Hisor-Darvoz (I-7-a Sangardak-Toʻpalang), I-8 Panj (I-8-a 
    Bobotogʻ). II Turon Provinsiyasi: II-1 Markaziy Fargʻona 
    (II-1-a Qayroqqum-Yozyovon, II-1-b Sharqiy Fargʻona), 
    II-2 Oʻrta Sirdaryo (II-2-a Chinoz, II-2-b Mirzachoʻl), II-3 
    Qizilqum (II-3-a Qizilqum, II-3-b Qizilqum qoldiq togʻlari), 
    II-4 Buxoro (II-4-a Oʻrta Zarafshon, II-4-b Quyi Zarafshon, 
    II-4-c Qarshi-Qarnobchoʻl), II-5 Qoraqum (II-5-a Shimoliy-
    Sharqiy Qoraqum), II-6 Janubiy Orol (II-6-a Xorazm, II-6-b 
    Amudaryo deltasi), II-7 Orol (II-7-a Orol), II-8 Ustyurt (II-
    8-a Shimoliy Ustyurt, II-8-b Janubiy Ustyurt).

    Download 15,52 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   98




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish