|
Земля УзбекистанаBog'liq 3-2023-uzzamin.uzTadqiqot
natijalari
va
ularning
muhokamasi.
Navoiy viloyati Konimex tumani
“Madaniyat” nomli massivi hududida olib borilgan
tadqiqotlarda biz tomondan o‘rganilgan qumli
cho‘l, sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir va sur tusli
qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlari o‘ziga xos xususiyatlari
bilan aniq ajralib turadi.
Masalan, qumli cho‘l tuproqlarda
singdirilgan asoslar yig‘indisi chimli qatlamida
(≈0-5 sm da) 100 g. tuproqda 8,10-9,53 mg-ekv.
ni (7-9-kesmalar), 0-125 sm lik tuproq profilida
esa 8,10-11,07 mg-ekv. ni tashkil etadi. Ushbu
holat sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda
(1-3-kesmalar, 0-165 sm lik qatlamida) 100 g.
tuproqda 10,28-11,69 mg-ekv. ni, sug‘oriladigan
sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi tuproqlarda (4-6-kesmalar
0-2 m lik qatlamida) esa 100 g. tuproqda
11,08-14,67 mg-ekv. ni tashkil etishi aniqlandi
(1-jadval). Demak, ushbu holat birinchidan mazkur
tuproqlarning sug‘orishlar davriyligi, ikkinchidan
mazkur tuproqlarda kechayotgan biogeokimyoviy
jarayonlarning faollashganligi bilan bevosita bog‘liq
deb izohlanadi. Buning yaqqol isboti sifatida,
singdirilgan asoslar yig‘indisiga nisbatan Ca yoki
Mg ulushining foiz hisobidagi ko‘rsatkichlarini
keltirish o‘rinli.
Misol uchun, singdirilgan Ca ning ulushi
qo‘riq qumli cho‘l tuproqlarda 61,89-69,85%
oralig‘ida qayd qilingan bo‘lsa, mos ravishda
sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlarda –
57,52-66,43% ni, sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-
o‘tloqi tuproqlarda esa – 49,56-65,24% ni tashkil
etishi aniqlandi. Yanada chuqurroq tahil qiladigan
bo‘lsak, sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar
haydov va haydov osti qatlamlarida 57,52-66,43%,
eskidan sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir-o‘tloqi
tuproqlarda esa 49,56-57,94% atrofida ekanligi
aniqlandi (Jadval).
Sug‘orishlar tasirida, ya’ni gidromorfizm
jarayoni tufayli tuproq singdirish sig‘imidan
kalsiyning siqib chiqarilishi hisobiga Mg ulushini
ortayotganligi aniqlandi. Masalan, sug‘orishlarga
qadar qo‘riq qumli cho‘l tuproqlarda Mg ulushi
≈0-1,5 m lik tuproq qatlamida 29,41-37,33% ni
tashkil etgan bo‘lsa, sug‘orishlarga tortilganda
keyin sug‘oriladigan sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar
sharoitida uning ulushi 32,77-41,59% atrofida qayd
|
| |