Земля Узбекистана




Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/98
Sana30.05.2024
Hajmi15,52 Mb.
#257547
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98
Bog'liq
3-2023-uzzamin.uz

O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
22
3/2023
Land of Uzbekistan
Земля Узбекистана
1-rasm.
119-monitoring punkti 2022-yil ma’lumotlari
2-rasm. 
119-monitoring punkti to‘g‘risidagi 2023-yil 
ma’lumotlari
o‘rnatilgan va ularning o‘lchamlari 400 gektarni 
tashkil etadi. Ushbu punktlarga qo‘llanmaning 
1-bob 16 xatboshiga asosan (ya’ni monitoring 
punktlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va 
viloyatlar bo‘yicha takrorlanmas tartib raqam 
(001 dan boshlanadi) bilan belgilanadi.) tartib 
raqamlar berildi.
Konimex tumani “Qizilqum” hududida 
o‘rnatilgan monitoring punktlari quyidagilar:
1) 119-monitoring punkti;
2) 120-monitoring punkti;
3) 121-monitoring punkti;
4) 122-monitoring punkti;
5) 123-monitoring punkti#
6) 124-monitoring punkti.
Jumladan, 119-monitoring punkti – ushbu 
monitoring punktining maydoni 400 gektar bo‘lib, 
2022-yilda dala tadqiqotlari jarayonida jami 11 
xildagi o‘simliklar mavjudligi aniqlandi. Ushbu 
o‘simliklar quyidagilar: iloq, qo‘ng‘irbosh, 
yaltirbosh, rang, partak, achchiqbuta, baliqko‘z, 
quyonsuyak, qandim, saksovul, shuvoq. Bundan 
tashqari, o‘simlik bilan qoplanish darajasi 
joyning o‘zida kuzatilganda 70% ni tashkil etishi 
aniqlandi. Biroq, aerokosmik sur’at orqali olingan 
ma’lumotlarda vegitatsiya indeksi (NDVI) 
bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 62% ni tashkil etdi. 
Bunda NDVIning eng yuqori ko‘rsatkichi 0,28 ni 
tashkil etib, aprel oyida kuzatildi. Eng minimal 
ko‘rsatkich esa -0,11 ni tashkil qilib, mart oyida 
kuzatildi (1-rasm).
2023-yilda monitoring punktida joyning 
o‘zida jami 10 turdagi o‘simliklar aniqlandi. 
Ular quyidagilar: quyonsuyak, qo‘ng‘irbosh, 
yaltirbosh, arpaxon, chitir, qizg‘aldoq, qandim, 
saksovul, shuvoq, qiltiq. O‘simlik bilan 
qoplanish darajasi joyning o‘zida kuzatilganda 
45% ni tashkil etishi aniqlandi. Vegitatsiya 
indeksi (NDVI) bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 37% 
ni tashkil etdi. Hamda NDVI ning eng yuqori 
ko‘rsatkichi (0,148) mart oyida kuzatildi, eng 
pastki ko‘rsatkich (0,076) may oyida kuzatildi 
(2-rasm).
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan 
kelib chiqgan holda 2022-2023-yillarni o‘zaro 
taqqoslasak, punktning o‘simlik bilan qoplanish 
darajasi 2023-yilda 25% ga pastlagan. Bundan 
tashqari, joydagi o‘simliklar turlari ham bir 
qancha farq qilmoqda. 2022-yilda jami 11 turdagi 
o‘simliklar aniqlangan bo‘lsa 2023-yilda ular
10 turni tashkil qilgan. Bunga sabab bu yilgi qish 
mavsumining avvalgi yilga nisbatan uzoq davom 
etganligi bilan bog‘liq deb izohlash mumkin. 
Shuningdek, iloq va rang o‘simliklari o‘simliklar 
kuzatilmagan bo‘lsada, biroq monitoring 
punktida chitir, qizg‘aldoq va qiltiq kabi bir 
nechta o‘simliklar aniqlandi.
O‘simlik bilan qoplanish darajasining 
pastlashi bilan bog‘liq holat aerokosmik sur’at 
(Landsat-8)dan olingan vegitatsiya indeksi 
(NDVI) qiymatlarida ham o‘z aksini topgan. 
Unga ko‘ra, 2022-yilda vegitatsiyaning eng 
yuqori ko‘rsatkichi aprel oyida kuzatilib, uning 
qiymati 0,28 ga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2023-yil 
bu ko‘rsatkich mart oyida 0,15 ni tashkil etgan. 
Bunda ular orasidagi farq 0,13 ga teng ekanligi 
qayd qilindi (3-rasm).
Bundan ko‘rinadi-ki, ushbu monitoring 
punktdagi o‘simliklarning qoplanish darajasi 
o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada pastlagan. 



Download 15,52 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   98




Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish