• Key words: soil, humus, fertility status, salinity level, mechanical composition, dynamics, qualitative assessment, quality score. O. Jabborov
  • M. Sodiqova 2-kurs magistrant D. Maxkamova B.f.f.d., dotsent O‘zMU Kirish.
  • State of fertility and dynamics of change in irrigated soils in Furkat district, salinity level




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/98
    Sana30.05.2024
    Hajmi15,52 Mb.
    #257547
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   98
    Bog'liq
    3-2023-uzzamin.uz

    State of fertility and dynamics of change in irrigated soils in Furkat district, salinity level
    Abstract.
     The cited article presents new data obtained on modern indicators of the productivity of irrigated soils, soil 
    properties and their quantitative indicators, and the dynamics of changes over the years.
    Key words:
    soil, humus, fertility status, salinity level, mechanical composition, dynamics, qualitative assessment, 
    quality score.
    O. Jabborov
    Q.x.f.f.d.
    “Tuproq tarkibi va repozitoriysi,
    sifati tahlil markazi”
    M. Sodiqova
    2-kurs magistrant
    D. Maxkamova
    B.f.f.d., dotsent
    O‘zMU
    Kirish.
    Respublikamizda sug‘oriladigan 
    tuproqlarga tegishli eng katta muammo sifatida 
    ularning sho‘rlanishini aytish mumkin, chunki 
    tuproq degradatsiyasiga tegishli boshqa muammolar 
    – kimyoviy ifloslanish, eroziya, qurg‘oqlanish yoki 
    botqoqlanish, oziqa moddalarning kamayishi, 
    insonning boshqa ta’sirlari sho‘rlanishning keltirgan 
    zararidan ortiq emas. Shu bois sug‘oriladigan 
    tuproqlarning meliorativ holatini o‘rganish, uni 
    yaxshilash uchun hukumat darajasida katta e’tibor 
    berilmoqda, aniq ishlar amalga oshirilmoqda. 
    E’tiborlisi shundaki, sug‘oriladigan dehqonchilikda 
    noto‘g‘ri sug‘orish, dehqonchilik madaniyatiga 
    amal qilmaslik, sizot suvlarining davriy ko‘tarilishi, 
    kollektor-drenaj tizimi faoliyati yuqori darajada 
    ishlashini ta’minlamaslik va boshqalar sho‘rlanish 
    muammosi yanada ortishiga sabab bo‘ladi [3,6,7].
    Ma’lumki, sug‘oriladigan tuproqlarda 
    suvda oson eruvchi tuzlar va ular zahiralarining 
    to‘planishi va ikkilamchi sho‘rlanish jarayonlarining 
    intensivlik darajasi grunt suvlarining chuqurligi 
    va minerallashganlik darajasi, tuproq eritmasi 
    konsentratsiyasi va sug‘orish suvlari sifatiga 
    uzviy bog‘liq bo‘lib, bu borada grunt suvlarining 
    holati yetakchi omil hisoblanadi. Grunt suvlari 
    yer yuzasiga qancha yaqin joylashsa va 
    minerallashganlik darajasi yuqori bo‘lsa va ko‘p 
    bug‘lansa, tuproqda tuz to‘planish va ikkilamchi 
    sho‘rlanish jarayonlari shunchalik jadal sodir 
    bo‘ladi. Grunt suvlarining holati esa hududning 
    (joyning) relefi, litologik-geomorfologik tuzilishi, 
    gidrogeologik sharoitlari hamda sug‘orish rejimi va 

    Download 15,52 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   98




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    State of fertility and dynamics of change in irrigated soils in Furkat district, salinity level

    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish