Земля Узбекистана




Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/98
Sana30.05.2024
Hajmi15,52 Mb.
#257547
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98
Bog'liq
3-2023-uzzamin.uz

Land of Uzbekistan
Земля Узбекистана


O‘ZBEKISTON ZAMINI
4/2019
37
1-rasm.
 Farg‘ona viloyati Furqat tumani Do‘stlik massivi 
sug‘oriladigan tuproqlarining sho‘rlanish darajasini yillar 
kesimida o‘zgarishi
sug‘oriladigan maydonlari o‘zgarishsiz qolgan, 
ya’ni 1929,6 gektarni tashkil etgan. Jumladan, 
hududning sho‘rlanmagan tuproqlari 364,9 gektar 
maydonni qoplagan bo‘lib, jami sug‘oriladigan 
maydonlarning 18,9% ini tashkil etdi. Hududning 
kam sho‘rlangan tuproqlari 1094,2 gektar 
maydonini ya’ni 56,7 % ni tashkil etadi. O‘rtacha 
sho‘rlangan tuproqlar esa 447,0 gektarni qoplagan 
bo‘lib, massiv sug‘oriladigan hududining 23,1% 
ini tashkil eti (1-rasm).
Do‘stlik massivida sug‘oriladigan yerlardan 
samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 
ularning meliorativ holatini o‘rtacha deb hisoblash 
mumkin, ya’ni sho‘rlanish hududni to‘liq egallab 
olmagan.
Olib borilgan tadqiqot dinamikasiga ko‘ra 
hududda sho‘rlanish miqdorining ortishi global 
iqlim o‘zgarishi bilan hamda yerni noto‘g‘ri 
sug‘orish orqali tuproqlarning meliorativ holati 
yomonlashib bormoqda.
Sug‘oriladigan maydonlarga berilayotgan 
suv tarkibida ma’lum miqdorda tuzlar bo‘lib, 
vaqt o‘tishi bilan ular tuproqning ustki qismida 
yig‘iladi va buning natijasida hududda sho‘rlanish 
jarayonlari vujudga keladi, buning natijasida har xil 
darajada sho‘rlangan yer osti suvlarining kapillyar 
naychalar orqali tuproqning ustki qatlamiga 
ko‘tarilishi va bug‘lanishi natijasida ularning 
tarkibidagi tuzlar o‘simlik ildizi tarqalgan qatlamda 
yig‘iladi va tuproqlar holatini yomonlashtiradi. 
Hudud tuproqlarida sho‘rlanishni vujudga 
keltiruvchi yana bir sabablardan biri qurib qolgan 
ko‘l va suv havzalaridagi tuzlar shamol ta’sirida 
atrofdagi hududlarga tarqaladi va tuproqning 
ustki qatlamini sho‘rlantiradi. Tuzga chidamli 
o‘simliklarning vegetatsiya davri tugagach, uning 
qoldiqlari (poyasi, bargi, ildizi) chirishi natijasida 
ularning tarkibidagi tuz tuproqning ustki qatlamida 
yig‘ilib qoladi va tuproq sho‘rlanishining omiliga 
aylanadi.
Hozirgi 
vaqtda 
mamlakatimizda 
sug‘orildigan yerlarda asosiy sabablardan 
biri haroratning ortib borishi bu esa yer osti 
suvlar sathining ko‘tarilishiga, tuproq va uning 
qatlamlarida tuzlarning to‘planishi hamda 
o‘simliklarga ta’siri namoyon bo‘lmoqda. Tuproqda 
o‘simlik dunyosining kamayib borishi tuproqning 
ustki qatlamining ochilishiga sabab bo‘lib, buning 
natijasida quyosh nurlarining tik tushushiga olib 
kelmoqda.
Sug‘orish tizimida sug‘oriladigan 
suvlarning mineralizatsiya darajasi aniqlanmasdan 
sug‘orilishi yoki kollekter zovurlardan chiqadigan 
suvlar bilan sug‘orish natijasida ham tuproqlar 
sho‘rlanishiga olib kelishi mumkin.
Yana bir sabablaridan biri hudud 
tuproqlarida o‘g‘itlarni noto‘g‘ri qo‘llash natijasida 
tuproqlarning kimyoviy xossalarining buzilishi, 
yer osti suvlar sathining o‘zgarishi, biologik 
xossalarining yomonlashishi natijasida ham 
sho‘rlanish vujudga keladi.
Tuman 
hududidagi 
kollektor-zovur 
tarmoqlari va vertikal skvajinalar asosiy qismining 
ishdan chiqqanligi bois, grunt suvlarining sathi 
yer yuzasiga yaqin joylashgan maydonlar hajmi 
ortib bormoqda, sug‘orma dehqonchilikda bir 
qator muammolarni keltirib chiqarmoqda, natijada 
gidromorfizm jarayonlari kuchayib, tuproqda 
tuz to‘planish va ikkilamchi sho‘rlanish holatlari 
faollashib bormoqda.
Olingan ma’lumotlardan kelib chiqib 
tuproqlardan oqilona foydalanish va ularni oldini 
olish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini to‘g‘ri tanlash, 
yerga to‘g‘ri ishlov berish, sug‘orish tizimini 
to‘g‘ri amlaga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi 
hamda sug‘oriladigan yerlardan foydalanishda 
ilmiy yondashishni talab etadi.
Do‘stlik massivi hududining sug‘orildigan 
tuproqlarini mexanik tarkibining o‘zgarish 
dinamikasini yillar kesimida tahlil qiladigan 
bo‘lsak, ushbu yillar oralig‘ida hudud tuproqlarining 
mexanik tarkibi sezilarli darajada o‘zgargan.
Hudud sug‘oriladigan tuproqlari 2010-yilda 

Download 15,52 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   98




Download 15,52 Mb.
Pdf ko'rish