• Key words: natural silk, surgical threads, twisted, sericin, fatty-wax substances, quality, chemical analysis, residual substance. Sh.Dadajonov
  • Land of Uzbekistan Земля Узбекистана O‘ZBEKISTON ZAMINI
  • Determination of some quality indicators of surgical threads from natural silk




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/98
    Sana30.05.2024
    Hajmi15,52 Mb.
    #257547
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98
    Bog'liq
    3-2023-uzzamin.uz

    Determination of some quality indicators of surgical threads from natural silk
    Abstract.
     This article presents the results of laboratory tests carried out in the testing laboratory of the institute to 
    determine one of the main indicators of the quality of surgical sutures - the residual content of sericin and fatty-wax 
    substances in twisted surgical sutures worked in from natural silk. Methods for determining the residual content of sericin 
    and fatty-wax substances by chemical analysis are also given. Determination of physical and mechanical parameters in 
    the testing laboratory of the institute, are given by the traditional method on standard laboratory instruments. The residual 
    content of fatty-wax substances was determined by chemical analysis methods in the chemical laboratory of the institute. 
    The obtained test results are compared with the indicators of the current standards and the quality of the produced surgical 
    sutures is evaluated.
    Key words:
     natural silk, surgical threads, twisted, sericin, fatty-wax substances, quality, chemical analysis, residual 
    substance.
    Sh.Dadajonov
    T.f.n., katta ilmiy xodim
    Sh.X. Muxammadrasulov
    T.f.f.d., katta ilmiy xodim
    G.D. Zokirov
    Ilmiy xodim
    O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti
    3/2023
    Land of Uzbekistan
    Земля Узбекистана


    O‘ZBEKISTON ZAMINI
    4/2019
    31
    Kirish.
    Tabiiy ipakdan zamonaviy 
    texnologiyalarda jarrohlik iplari eshish va 
    o‘rish usullarida ishlab chiqariladi. Har ikkala 
    usulda ishlab chiqarilgan jarrohlik iplari sifat 
    ko‘rsatkichlari bo‘yicha amaldagi standartlar 
    talablariga to‘liq javob berishi kerak. Agar ishlab 
    chiqarilgan jarrohlik iplari bitta ko‘rsatkich 
    bo‘yicha standart talabiga javob bermasa, bunday 
    jarrohlik iplari iste’molchilarga yuborilmaydi. 
    Shuning uchun ishlab chiqarilgan jarrohlik 
    iplarining sifat ko‘rsatkichlarini sinovlari juda 
    qattiq nazorat qilinadi. Tabiiy ipakdan ishlab 
    chiqarilgan jarrohlik iplarining sifat ko‘rsatkichlari 
    ichida eng asosiylaridan biri ulardagi seritsin 
    va moy-mum moddalarining qoldiq miqdorlari 
    bo‘lib, ular kimyoviy tahlil yo‘li bilan aniqlanadi.
    Tabiiy ipakdan ishlab chiqarilgan tayyor 
    mahsulotlardan seritsin (ipak yelimi) va yog‘-mum 
    moddalari, tayyor mahsulotlarni pishirish yo‘li bilan
    chiqarib yuboriladi. Tabiiy ipakni pishirishning 
    eng keng tarqalgan usuli kimyoviy usul bo‘lib, 
    bunda ipak mahsulotlariga soda-sovun eritmasida 
    qaynatish, yuvish va chayqash jarayonlarida ishlov 
    beriladi. Ko‘p xollarda pishirish jarayonining 
    intensifkatsiyalash maqsadida qaynatish eritmasiga 
    turli xildagi sirtqi faol qo‘shimchalar qo‘shiladi. 
    Amaldagi standartlarning talablariga binoan 
    tayyor ipak mahsulotlaridan seritsin va yog‘-mum 
    moddalarining ma’lum qismi chiqarib yuboriladi. 
    Amaliyotda tabiiy ipak mahsulotlaridan seritsin 
    va yog‘-mum moddalarini qaynatib pishirish 
    yo‘li bilan chiqarib yuborish jarayoni ipakni 
    yelimsizlantirish va yog‘sizlantirish jarayoni deb 
    ataladi.
    Tabiiy ipakdan ishlab chiqarilgan jarrohlik 
    iplarini yelimsizlantirish va yog‘sizlantirish 
    jarayonida, amaldagi standartlar talabi bo‘yicha 
    ulardagi seritsin butunlay chiqarib yuborilishi 
    kerak, qoldiq yog‘-mum va sovunning umumiy 
    miqdori 1,7% dan ortmasligi kerak.Tabiiy ipakdan 
    ishlab chiqarilgan jarrohlik iplaridagi qoldiq 
    seritsin, yog‘-mum va sovun moddalarini aniqlash 
    amaldagi standartda keltirilgan usulublarda barcha 
    talablarga rioya qilgan holda aniqlanishi va 
    pishirilish sifati o‘ta talabchanlik bilan baholanishi 
    kerak. Standart talabiga javob bermagan jarrohlik 
    iplarining partiyasi buyutmachilarga yuborilmaydi. 
    Jarrohlik iplarining kimyoviy tahlili uchun amaldagi 
    standartlarda belgilangan laboratoriya jihozlari 
    va kimyoviy moddalar ishlatilishi lozim, ularni 
    o‘zboshimchalik bilan boshqa jihoz yoki kimyoviy 
    moddalarga almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
    Tabiiy ipakdan ishlab chiqarilgan jarrohlik iplarini 
    kimyoviy tahlilidan tashqari ularni fizik-mexanik 
    ko‘rsatkichlari amaldagi standartlar uslublari 
    bo‘yicha, amaldagi GOST 396-84 Davlatlararo 
    standartida keltirilgan talablar bo‘yicha laboratoriya 
    sinovlaridan o‘tkaziladi. Buyurtmachilarga barcha 
    sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan jarrohlik iplari 
    amaldagi standartlar talablari asosida o‘ralgan 
    o‘ramlarda yuboriladi. Jarrohlik iplarining saqlash 
    muddati, ular laboratoriya sinovlaridan o‘tkazilgan 
    kundan boshlab 5 yil qilib belgilangan.

    Download 15,52 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   98




    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Determination of some quality indicators of surgical threads from natural silk

    Download 15,52 Mb.
    Pdf ko'rish