- sxema. Uch fazali elektr zanjirlarni oddiy qarshiliklar orqali




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana01.02.2024
Hajmi0,8 Mb.
#149995
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Sirojiddin Zaynobiddinov,

7- sxema. Uch fazali elektr zanjirlarni oddiy qarshiliklar orqali 
uchburchak ulash sxemasi. 
8-sxema. Uch fazali elektr mashinani uchburchak ulash orqali ishga 
tushirish sxemasi. 
Uch fazali elektr mashinalarini elektr tarmog`iga yulduz va uchburchak holda 
ulanish jarayonlarini ko`rib chiqsak. Bunday tur elektr mashinalarni yulduz hamda 


8
uchburchak ulanishlarida tok va kuchlanishlarning o`zgarishiga yuqorida ko`rilgan 
hamda keltirilgan formulalar va sxemalar tegishli xisoblanadi. 
Uch fazali elektr mashinalarni ishga tushurish paytida ishga tushirish tokining 
qiymati elektr tarmog`i quvvati bilan chegaralangandan yuqori bo`lmasligi talab 
etiladi. Aks holda kuchlanishning tushuvi katta qiymatga ega bo`lib, natijada bu 
elektr 
tarmog„iga ulanib ishlab turgan boshqa elektr mashinalarning to'xtab 
qolishiga olib kelishi ham mumkin bo`ladi. Bunga yo`l qo'ymaslik uchun katta 
quvvatli elektr mashinalarni ishga tushirishda ishga tushirish tokini kamaytirish 
uchun statorga beriluvchi kuchlanishni pasaytirish talab etiladi. Elektr mashinalarni 
ishga tushurish tokini kamaytirish quyidagi usullar orqali amalga oshirilishi mumkin: 
a) 
Silliq ishga tushurish orqali (Elektr mashinani kuchlanishini asta sekin 
belgilangan qiymatigacha ortirib borish orqali); 
b) 
reaktor, avtotransformator yoki aktiv qarshilik orqali ishga tushirish; 
c) 
Yulduzdan uchburchakka almashtirib ulash bilan ishga tushirish: 
Elektr mashinalarni elektr tarmog'iga bevosita ulab ishga tushirish eng keng 
tarqalgan usullardan hisoblanadi. Bu usulda ishga tushiriluvchi elektr mashina 
statoriga ulanuvchi ampermetrni nominal tokning
karrasiga tanlanadi. Stator 
chulg`amiga beriluvchi kuchlanishni pasaytirib, ishga tushirish toki kamaytirilganda 
elektr mashinaning aylantiruvchi momenti kuchlanishning kvadratiga proporsional 
ravishda kamayadi. Bunday usullardan faqat elektr mashinani salt ishlash rejimida 
yoki kichik yuklanishlar bilan ishga tushirishda foydalaniladi.[4] 
Normal ish rejimida elektr mashina uchburchak sxemasida ulanib, kichik 
yuklanish bilan ishga tushirilishga mo`ljallangan bo`lsa, u holda bunday elektr 
mashina statorini yulduz sxemasida ulab ishga tushirish mumkin bo`ladi. Ishga 
tushirish jarayoni tugagach, elektr mashina statori uchburchak sxemasiga 
o`tkaziladi. Bunday usulda elektr mashinalarni ishga tushirishda liniya va faza 
toklari orasidagi bog`lanishlar quyidagicha bo`lishini ko`rishimiz mumkin. 
Yulduz sxemasida liniya toki faza tokiga tengligidan ishga tushirilgan elektr 
mashina 
chulg„amidan o`tayotgan tok quyidagicha bo`ladi.

(13) 
Uchburchak sxemasida liniya toki bilan faza toki orasida 
√ bo`lganli sababli 
ishga tushirilayotgan elektr mashina chulg`amidan o`tayotgan tok quyidagicha 
bo`ladi. 



(14) 


9
Demak yuqoridagi formulalardan ko`rinib turibdiki yulduz sxemasida elektr 
mashinani ishga tushirish, uchburchak sxemasida ishga tushirishdan 
√ marta 
kichik bo`ladi. Shuning uchun elektr mashinalarni ishga tushirishni yulduz ulangan 
sxemadan uchburchak ulangan sxemaga o`tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Uch fazali elektr zanjirlari mavzusini fanlararo bog`lab o`qitishda dars 
jarayonida quyidagicha metodlardan foydalanishimiz mumkin. 

Download 0,8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- sxema. Uch fazali elektr zanjirlarni oddiy qarshiliklar orqali

Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish